16.3-jadval
2012-2015 yillarda sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari tarmog‘ini maqbullashtirish chora-tadbirlari1
№
|
Maqbullashtirish bo‘yicha tadbirlar
|
Amaldagi tarmoq
|
Maqbullashtirilgandan so‘ng
|
Buziladigan muassasalar
|
Bushatiladigan binolar2
|
Muassasalar soni
|
Binolar soni
|
Muassasalar soni
|
Binolar soni
|
1
|
Yagona hudud doirasida muvofiqlashtirish yo‘li orqali tuman (shahar) muassasalar tarmog‘ini maqbullashtirish
|
376
|
4011
|
234
|
2921
|
142
|
1090
|
2
|
Silga qarshi kurashish muassasalarini maqbullashtirish
|
91
|
152
|
46
|
76
|
45
|
76
|
2.1
|
Tuman muassasalarini
|
67
|
111
|
24
|
39
|
43
|
72
|
2.2
|
Viloyat muassasalarini
|
24
|
41
|
22
|
37
|
2
|
4
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
467
|
4163
|
280
|
2997
|
187
|
1166
|
16.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublikamizda bugungi kunda 467 ta muassasani maqbullashtirish orqali ularning sonini 2012-2015 yillar davomida 280 taga qisqartirish rejalashtirilgan, shuningdek, ular tasarrufidagi 4163 ta binoni buzish (187 tasini) va bushatish (1166 tasini) orqali sog‘liqni saqlash sog‘liqni saqlash tizimiga davlat budjeti xarajatlarini maqsadli ishlatilishini va uning samaradorligini oshishiga, o‘z navbatida maqbullashtirish orqali tejalgan mablag‘lar tarmoqni moddiy texnik bazasini yaxshilashga va mablag‘larni zarur sohalarga yo‘naltirishni ta’minlaydi.
16.4-jadval
2012-2015 yillarda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimidagi statsionarlarda o‘rinlar fondini maqbulashtirish chora-tadbirlari1
№
|
Maqbullashtirish bo‘yicha tadbirlar
|
Amaldagi soni
|
Maqbullashtirilgandan so‘ng
|
Qisqartirish
|
Jami o‘rinlar
|
foizda
|
1
|
Yagona hudud doirasida bo‘limlarni muvofiqlashtirish yo‘li bilan tuman (shahar) statsionar muassasalari o‘rinlar fondini maqbullashtirish
|
69398
|
56166
|
13232
|
19,1
|
2
|
Viloyat darajasidagi o‘rinlar fondini maqbullashtirish,
shu jumladan yo‘li bilan:
|
37982
|
35455
|
2527
|
6,7
|
2.1
|
viloyat ixtisoslashtirilgan shifoxonalarida o‘rinlar fondini maqbullashtirish
|
37284
|
35455
|
1829
|
4,9
|
2.2
|
o‘z-o‘zini moliyalashtirish va qoplash ga o‘tkazish orqali
|
698
|
-
|
698
|
100,0
|
3
|
Silga qarshi muassasalarida o‘rinlar fondini tarkibiy qayta tashkil etish
|
9965
|
8135
|
1830
|
18,4
|
3.1
|
tuman bo‘yicha
|
4418
|
2978
|
1440
|
32,6
|
3.2
|
viloyat bo‘yicha
|
5547
|
5157
|
390
|
7,0
|
4
|
Respublika darajasidagi o‘rinlar fondi bo‘yicha
|
9774
|
9414
|
360
|
3,7
|
4.1
|
Ulardan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari klinikalari o‘rinlar fondi bo‘yicha
|
3941
|
3581
|
360
|
9,1
|
|
Jami Respublika bo‘yicha
|
127119
|
109170
|
17949
|
14,1
|
Yurtimizda o‘tgan davr mobaynida sog‘liqni saqlash sohasida 14 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmon va qarorlari hamda Hukumatning 100 ga yaqin qarori qabul qilindi. Ushbu qaror va qonunlar asosida respublikamizda sog‘liqni saqlash, shu jumladan, oliy tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlashni isloh qilish bosqichlari:
1990-1998 yillar – sog‘liqni saqlashning milliy modelini rivojlantirishga asoslarini shakllantirish bosqichi;
1998-2003 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni – sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha ilk Davlat dasturini amalga oshirish bosqichi;
2003-2007 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni - sog‘liqni saqlash tizimida ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatini tashkil etish bosqichi;
2007-2011 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-sonli Farmoni va 2 oktyabrdagi PQ-700 sonli Qarori - sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirish bosqichi.
2011 va keyingi yillar davomida sogliqni saqlash tizimini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning moddiy-tehnik ta’minotini yahshilash.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi doirasida Jahon banki investitsiyalari jalb qilingan holda, 1998-2011 yillarda “Salomatlik-1” va “Salomatlik-2” loyihalari doirasida yurtimizdagi 3192 ta QVP umumiy qiymati 76 million dollar bo‘lgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi.
“Salomatlik-2” loyihasi doirasida 570 ta stomatologik asbob-uskuna QVP va ko‘p tarmoqli poliklinikalarga etkazildi. Qishloq aholisini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minotini yaxshilash maqsadida 811 ta QVPda ijtimoiy dorixonalar tashkil qilindi, 1056 ta QVPga GSM standartidagi statsionar telefon o‘rnatildi va QVPlarining aloqa tizimi bilan ta’minoti 97,7 foizga etdi.
Manzilli dasturga asosan, 2010 yilda 345 ta QVP 3,2 milliard so‘m homiylar va budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlandi, 2011 yilda 343 ta QVP da 4,6 milliard so‘m mablag‘ hisobidan ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qishloq joylardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini tadbiq qilish natijasida QVPlarini moliyalashtirish 3 barobar oshdi, natijada 2011 yilda 2009 yilga nisbatan QVPga aholi qatnovi 1 kishiga nisbatan 3,9 dan 4,6 ga oshdi.
2011 yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Interkontinental” mexmonxonasida “O‘zbekiston da bolalarni ijtimoiy ximoya qilish tizimini boshkarishni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida ikki kunlik xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumni o‘tqazishdan ko‘zlangan maqsad – bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi boshqaruvining davlat strategiyasini xamda O‘zbekiston da bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash choralarini ishlab chiqish yuzasidan davlat, jamoatchilik hamda qonun chiqaruvchi organlarning faoliyatini kuchaytirishni takomillashtirishdan iborat. O’tgan davr mobaynida yurtimizda bolalar hayoti va salomatligini muxofaza qilish borasida qo‘lami va ahamiyati jihatidan juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Alohida e’tibor 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va fertil yoshdagi ayollar salomatligiga va ularda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarga qaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi. Muruvvat uylari, mahsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlanib, ta’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish tizimi tobora takomillashmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda. 2010 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘zbek milliy tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) tashkiloti tomonidan 2011 yilda O‘zbekiston 161 ta davlat orasida bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha o‘nta etakchi davlat safidan o‘rin egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |