Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Mavzu yuzasidan topshiriqlar



Download 2,36 Mb.
bet41/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Mavzu yuzasidan topshiriqlar



  1. O’zbekiston Respublikasi hududlarida mahalliy budjetlarni dotatsiya va subvensiyadan chiqarish Davlat dasturi va ularning ijrosi yakunlari to’g’risida ma’lumot tayyorlang.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlashga oid ma’ruzalari asosida taqdimot tayyorlang.

  3. Budjetlararo munosabatlar samarali faoliyatini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi hukumati qaysi xorijiy davlat modelini asos qilgani ma’qul, deb hisoblaysiz, shu haqida esse yozing.



8-MAVZU. BYUDJET TASNIFI


MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

8.1.

Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati

8.2.

Byudjet tasnifining turlari

8.3.

O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tasnifi bilan qiyoslash



Tayanch so’z va iboralar: Byudjet tasnifi; to’liqlilik; yagonalik; o’zaro muvofiqlik; budjet tizimining yagonaligi; davlat budjeti daromadlarining tasnifi; davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.


8.1. Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati

O’zbekistonda keyingi yillarda islohotlar natijasida byudjet jarayonida yuzaga kelayotgan o’zgarishlar Davlat byudjetida moliyaviy resurslar oqimini tartibga solish, moliyaviy mablag’larni yagona hukumat organiga markazlashtirish, davlat moliyasining holati bo’yicha tezkor axborot olish, daromadlar va xarajatlarni kassali rejalashtirish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni boshqarish, narxlar monitoringini yaxshilash, byudjet takchilligini tartiblash, byudjet tasnifi tizimini takomillashtirish masalalari dolzarb bo’lib bormoqda.


Davlat byudjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, ya’ni byudjet jarayonining barcha bosqichlarini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday tizimlardan biri- bu byudjet tasnifidir. “Byudjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim - byudjet tasnifidir. Byudjet tasnifi turli darajadagi byudjet ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, byudjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.
Byudjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:

  • to’liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;

  • yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagona bo’lishi shart;

  • o’zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo’llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi shart.

Byudjet tasnifi mazmuniga ko’ra ko’p qirrali kategoriyadir. Byudjet tasnifi, davlat va mintaqaviy mablag’lar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtiruvchi yagona tizimning ajralmas qismidir. Byudjet tasnifi mablag’larni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni shakllantirishga imkon yaratadi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifidan byudjetning maqsadli va manzilli xarajatlari va daromadlarining aniq manbalari byudjet jamg’armasini hosil qilish va ishlatish funktsiyasini bajaradi.
Byudjet tasnifi quyidagi masalalarni hal qilishga yordam beradi:

  • Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini belgilaydi hamda barcha byudjet jarayonini nazorat qiladi;

  • byudjet tizimi birligi tamoyilini amalga oshirish mexanizmini shakllantiradi;

  • byudjet tizimidagi barcha ma’lumotlarni taqqoslash va baholash uchun jamlaydi.

Tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etiladi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy (www.mf.uz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi) veb-saytida joylashtiriladi va yangilab boriladi.
«2000-yilning birinchi 10 kunligiga qadar, Federal hukumatining Byudjet va Menejment idorasi (OMB) dasturning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashda va byudjetlashtirish jarayonida resurslarni taqsimlashga yordam berishda, hukumat orqali har tomonlama ijro baholashga qattiq urg’u beradi. Bu natijalar mamlakatda yaratilgan www.peformance.gov sahifasida onlayn tizimida joylashtirilgan. Davlat va mahalliy hokimiyat ham byudjet jarayonlarida dastur ma’lumotlaridan juda keng foydalanishgan. 1900-yilning boshida bo’lgan o’zgarishlar bunday natijalarga sabab bo’lgan. Byudjetlashtirish juda uzoq yo’lni bosib o’tgan.
Byudjet tayyorlanish bosqichida, xarajatlar bilan bog’liq muhim qarorlar bir vaqtning o’zida daromadlarni yig’ish bilan bog’liq bo’lgan qarorlar bilan birga amalga oshirildi. Byudjetlashdagi bu ikki asosiy ahamiyatli axborotlar dastur va resurslar axboroti deb yuritiladi. Dastur axboroti hukumat amalga oshiradigan vazifalarga asoslangan axborotlardan iborat. Resurs axboroti esa bu vazifalarni bajarishda kerak bo’ladigan va kiritiladigan axborotlardan iborat. Bu axborotlarga dollarlar, qulayliklar, jihozlar, etkazib berishlar va xodimlarni o’z ichiga oladi va bular byudjetlashtirish tizimini tashkil etgan xususiyatlari hisoblanadi. Dastur axborotidan foydalanish esa asta-sekin byudjetlashtirishning ajralmas qismi sifatida paydo bo’lgan. Bu ikki axborotga bog’liq bo’lgan muhim bahs-munozaralardan biri shuki, agar byudjetlashtirish resurslarni taqsimlashda muhim jarayon bo’lishi kuzatilganda, bu ikki axborot bir-biridan ajralmagan holda hisobga olinishi kerak. Byudjet mavjud resurslarga asoslangan hokimiyatning ijrosiga bog’liqligi nazarda tutiladi. Byudjetlashtirish islohotlari tarixi shuni ko’rsatadiki, bunday byudjet tizimini yaratishda ancha harakatlar amalga oshirilgan»1.
Byudjet Kodeksida byudjet tizimi tamoyillari aniqlangan: yagonalik; muvofiqlik, byudjetlarning balansliligi va o’zaro bog’liqligi; daromadlarni prognoz qilish va xarajatlarni rejalashtirilishi; byudjet mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadliligi; byudjetlarning mustaqilligi; byudjet mablag’laridan foydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; ochiqlik; byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi.
«Byudjetlashtirish xarajatlarni boshqarishga, resurslardan foydalanishga va kelajakdagi taqsimlash qarorlarini rejalashtirishga diqqatni qaratish kerak. Biz rejalashtirish orqali kelajakda o’zimizning maqsadimizga erishishimizda bajarishimiz kerak bo’ladigan vazifalarni aniqlab olamiz. Vaqt davomida yuqoridagi uch ta’kidning rivojlanishi ketma- ket bo’lgan paytda bo’lsada, ular ma’lum bir vaqt uchun qat’iy doimiy bo’lmagan rejalashtirish va boshqarish bosqichlari dastur axborotidan ko’proq foydalanishni talab qilar edi. Bu bosqichlarning mashhurlik davrida vujudga kelgan noaniq farqlar bo’lishiga qaramasdan, rejalashtirish bilan dastur axborotidan foydalanish birlashishi XX asr boshlarida allaqachon himoyalangan edi.
Federal byudjet tizimi yaratilishidan oldin, byudjetlash dastur natijalariga erishish uchun resurslarni joylashtirish vositasi sifatida qo’llab-quvvatlanib kelingan. Bu tizim asosiy tarafdorlari Prezident Taft4 va iqtisodiyot va samaradorlik 1912 Taft Komissiyasi bo’lgan. Komissiya o’zining ma’ruzalaridan birida shuni ta’kidlaydiki, rahbarlar o’zining vazifalariga ma’suyatli yondoshishi uchun donolik bilan ish olib borish maqsadida, ular har doim o’zlarining bayonotlarida natijaga ta’sir qiladigan sifat va miqdor ko’rsatkichlarini taqdim etishi kerak.5 Rahbarlar natijalarning sifati va miqdorini narx birliklari va samaradorlik birliklari tomonidan aniqlay oladigan bo’lishi kerak (urg’u berilgan). Shunga qaramasdan, bu erda tejamkorlik tarafidan yorqin bir manfaat bor ediki, dollarni tejab qolishda, yana ishlatilgan resurslarni davr mobaynida eng samarali yo’lda qaytib kelishi ham ularni qiziqtirgan.6

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish