Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi



Download 2,36 Mb.
bet49/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

9.2. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi


Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlash­gan pul fondi bo‘lgan davlat byudjetini va davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalarini majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig‘imlar turlari­ning yig‘indisiga soliq tizimi deb ataladi.
2008 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-“Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari” nomli moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi (9.1-rasm):
Barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga va byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhlanadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar;

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar;

  3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

  4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona bojlari va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridagidek, mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlar­ni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi (QQSda). Yalpi tushumdan olina­digan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlar jumlasiga kiradi.






9.1-rasm. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi1


Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini ham kiritish mumkin.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy jihatdan to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to‘lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga ustama ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni - muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini tahlil qilish mumkin. Masalan. AQSh da to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining byudjet daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotganidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi.
Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi (9.2-rasm).
Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni - mudofaa, milliy havfsizlikni ta’minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli bo‘lishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish