Toifa
|
Modda va kichik modda
|
Element
|
xx
|
xx
|
xxx
|
Iqtisodiy xarajatlar tasnifi toifalar, moddalar va kichik moddalar kodlarini o’z ichiga olgan 7 raqamdan iborat.
toifa – 2 ta raqam;
modda – 1 ta raqam;
kichik modda – 1 ta raqam;
element – 3 ta raqam.
Misol uchun:41 00 000 “Ishchilar mehnatiga haq to’lash” toifasi mehnat qonunchiligiga muvofiq budjet tashkilotlari ishchilariga bajargan (bajarilayotgan) ishiga pul yoki natura ko’rinishda taqdirlash lozim bo’lgan xarajatlarni aks ettiradi. Mazkur toifaga ijtimoiy sug’urta dasturiga ishchilar nomidan ish beruvchilarning amalga oshiradigan “Ish haqi” (41 10 000) va “Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar” (41 20 000) moddalari kiradi.
41 10 000 “Ish haqi” moddasi ish beruvchi tomonidan davlat xizmatchilariga beriladigan barcha to’lovlarni o’z ichiga oladi va unga 41 11 000 “Pul shaklidagi ish haqi” kichik moddasi ham kiradi.
41 11 000 “Pul shaklidagi ish haqi” kichik moddasi quyidagi elementlardan iborat: 41 11 100 “Asosiy ish haqi”, 41 11 200 “Ish haqiga ustama va qo’shimcha to’lovlar”, 41 11 210 “Umumta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirishning Direktor jamg’armasi mablag’lari”, 41 11 220 “Tibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustama va qo’shimchalar”.
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishmanbalari tasnifi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi ularni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlanishidan iborat.
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi quyidagilardan tashkil topadi:
Bo’lim – davlat budjeti taqchilligini uni moliyalashtirish manbalari bo’yicha guruhlanishidan iborat.
Paragraf – davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish turlari bo’yicha guruhlashdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, budjet amaliyotida amalga oshirilayotgan tadbirlar amaldagi budjet tasnifini ham takomillashtirishni taqozo etadi. G’aznachilik tizimi samarali faoliyat qilishi uchun budjet daromadlari va xarajatlarining mukammal ishlab chiqilgan funktsional va iqtisodiy tasnifi bo’lishi lozim. Davlat mablag’lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini bank tizimidan G’aznachilikka o’tkazilishi bilan barcha operatsiyalar yagona G’aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettiriladi. Bunda konsolidatsiyalashgan budjetni ijro etishda, davlat moliyasi bilan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni o’z vaqtida va aniq hisobini yuritishda G’aznachilikning hisob-kitob schyotlari budjet daromadlari va xarajatlarining tasniflash tizimiga mos kelishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, G’aznachilikning ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar budjet tasnifiga asosan guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |