Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-jadval «Sog’lom ona va bola yili» Davlat Dasturini moliyalashtirish manbalari1



Download 2,36 Mb.
bet57/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

10.3-jadval
«Sog’lom ona va bola yili» Davlat Dasturini moliyalashtirish manbalari1



Davlat dasturini moliyalashtirish manbalari

mlrd.so’m

mln.AQSh dollarida

1.

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari

4281,0

3,0

2.

Bajaruvchilar va homiylar mablag’lari

1062,8

3,0

3.

Tijorat banklari kreditlari

1911,4

-

4

Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag’lari va grantlar

228,1

188,0




Jami

7483,3

194,0



Davlat byudjetining xarajatlar qismida yana bir xarajat guruhi mavjudki, u ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugunga kelib, har bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi raqobat asosida rivojlanmoqda. Raqobatbardosh bo’lish uchun sanoat mahsulotlariini mahalliylashtirish zarur, aholini muqim yashashini ta’minlash, ya’ni istiqomat qiladigan hududida o’zi va oila a’zolariga etarli bo’lgan daromad manbalariga ega bo’lishi uchun ish o’rinlari lozim. Hayotda shunday holatlar ham mavjudki, yangi ish o’rinlarini ta’minlash yoki raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqish, yoki xizmat ko’rsatish muassasalarini tashkil etish uchun alohida hududning moliyaviy imkoniyatlari etishmaydi. Xuddi shunga o’xshash bir holatni alohida vazirlik yoki ko’mita misolida ham aytish mumkin. Keyingi salmog’i jihatdan katta xarajat yo’nalishi boshqa xarajatlar guruhi bo’lib, uning byudjet xarajatlaridagi ulushi 20,6 foizni tashkil etmoqda. Milliy iktisodiyotda shunday tarmoqlar ham mavjudki, zero ular o’z xarajatlari bilan o’z daromadlariini qoplay olmasa-da biroq, umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan xizmatlarni ko’rsatadi. Ularning mavjudligi nisbatan ko’p qiymat yaratiladigan boshqa tarmoqlar uchun xizmat qiladi. byudjetidan xarajatlar amalga oshiriladi. Ana shunday tarmoqlarning faoliyatini moliyaviy ta’minlash va ularga faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarni ishsiz qolib ketmasligining oldini olish maqsadida Davlat byudjetidan xarajatlar amalga oshiriladi. Shu bois, Davlat byudjtining xarajatlar qismida iqtisodiyot tarmoqlariga xarajatlar guruhida aks etgan va 2015 moliya yilida unga ketadigan xarajatlar ulushi jami byudjet xarajatlarining 10,8 foizini tashkil etmoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, bozor iqtisodiyoti erkinlashgan sari mazkur yo’nalishdagi xarajatlar ulushi mos ravishda pasayib borishi muqarrar.
Davlat markazlashgan investitsiya mablag’lari orqali kam rivojlangan hudud va tarmoqlarda yangi ish o’rinlarini tashkil etish bilan birga, dunyo bozorida raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlarini yo’lga qo’yadi. 2015 yilda jami byudjet xarajatlarining 3,2 foizi boshqaruv xarajatlari ulushiga to’g’ri kelmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, mamlakatimizda boshqaruv sohasiga zamonaviy axborot informatsion texnologiyalarini joriy etish va boshqaruv sohasida malakali kadrlar ishlashi ta’minlanayotganligi bois, Davlat byudjetida boshqaruv xarajatlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash tadbirlarida, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi. Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi»1. Shu o’rinda O’zbekistonda moliya-byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga kiritildi. Iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz iqtisodiyotining deyarli barcha jabhalarini ham qamrab oldi. Milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlashda barcha soha va jabhalar o’rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilindi. Shu o’rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a’zosining mustaqilligini oshirishdagi o’rniga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Byudjetlashtirishga yaqinroq bo’lgan o’lchovlar bular natijalardir, yoki ta’sirlar deb ataladi. Bu kabi o’lchovlar muvaffaqiyatga urg’u beradi ya’ni kerakli ta’sirlar yoki ketma-ket maqsadlar qo’lga kiritildimi yo’qmi shu baholanadi.38 Davlatning byudjet ijrosi amalga oshgandan so’ng, fuqarolar, institutlar yoki atrof-muhitga bo’lgan ta’sir paydo bo’ladi. Bandlikka keladigan bo’lsak, natija o’lchovlari o’rtacha oq tanli bo’lmagan kishilarnnig qilgan ishlari uchun olgan daromadlari bo’lishi mumkin. O’rtacha bir soatda olingan daromad oldingi davrlarda olingan daromad bilan taqqoslanadi. Bu borada judayam extiyot bo’lish kerak, chunki inflyatsiya darajasi va ishchining ish haqi oshishi yoki iqtisodiyotdagi keskin o’zgarish ta’sirini hisobga olish kerak. Natijalar hukumat xizmatlarining qiymatini baholovchi uslub sifatida ko’rilishi mumkin yoki xarajatlar qaror qabul qiluvchilar erishmoqchi bo’lgan natijarga muttanosibligini baholaydi.
Birinchi yondoshuv shuni ko’rsatadiki, natijalar “erishilmagan” qolganlari esa “moslashgan” bo’lishi mumkin. Erishilmagan natijalar ijroning har xil o’lchovlari bo’lishi mumkin, masalan, maktab bolalarining standartlashtirilgan test orqali olingan natijalari misol bo’ladi. 39 Moslashgan o’lchovlar bolalarning xulq atvorini, ularning oiladagi o’rnini va boshqalar oldidagi muhitini hisobga olishi mumkin.
Mif yoki ta’limotlar ta’sir o’lchovlarining tanlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, politsiya departamentini moliyalashtirishda, jinoyatlar boshqariladi degan taxmin yotadi. Bu taxmin esa jinoyat darajasini ta’sir o’lchovi sifatida baholashga olib keladi va shunga qaramasdan, politsiya jinoyat yuzasidan qattiq qidiruv olib bormaydi.
Natija o’lchovlari bilan solishtirganda, qayta ishlash o’lchovlari ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlarga tezda ta’sir ko’rsatadi. Bandlik misoliga qaytadigan bo’lsak, dastur mashg’ulotini yakunlaganlar soni qayta ishlash bo’ladi. Biz bunda yildan-yilga yakunlaganlar ulushini yoki darajasini aniqlashimiz mumkin. Shu kabi o’lchovlar hohlagan ta’sir o’lchovlarini hisoblashdan ko’ra ancha engilroqdir, chunki ma’lumotlar tashkilotlar bilan bir bo’g’indadir. Bu erda eng asosiy qilinadigan ish, ehtiyotkorlik bilan yakunlaganlarni hisobga olishdir. Ta’sirlar esa tashqi tarafdan bo’ladi. Bu misoldan xulosa shuki, agar biz yakunlaganlarning ish haqiga nazar solsak, yakunlaganlar uchun tizimni kuzatish natija ma’lumotlariga erishishda muhimdir.
Bezgakni oldini olish uchun har bir sepilgan uy sonini aniqlash kerak, xuddi shunga o’xshab, agentliklar qayta ishlash kuzatuvlarini sepilgan uy kabi kattiq nazorat qilishga mas’uldirlar. Lekin bu agentlikning turli bo’limlari bo’lishi mumkin yoki umuman boshqa agentliklar ham bo’lishi mumkin. Salomatlik darajasini aniqlovchi o’ylangan yoki mo’ljallangan natija xususiy sektorda ham bo’lishi mumkin. Qo’shimcha qilib, bezgaklik kasalligini kamaytiruvchi bir nechta omillar bo’lishi mumkin, lekin ularning natijalarini sepish dasturi, boshqa dasturlar yoki atrof-muhit holatlariga tegishli miqdorini aniqlash qiyindir. Bunday holatga yana chivinlarning ko’payishi uchun qurg’oqchilikni kamaytirish imkoniyatlarini oshirish ham misol bo’ladi.
Natijalar va qayta ishlashlar o’rtasidagi bog’lanish aniq bo’lganda, resurslarni taqsimlash o’rinli bo’ladi. Masalan, qizamiqdan emlash kasallikni oldini olishini bilamiz, shu sababli byudjet fondlari orqali ularni moliyalashtirish kasallikka duchor bo’lish xavfi bo’lsada, kafolatlangan. Bezgak misolida esa, vaktsinalash dasturi hozirda kasallik alohida qilingan hududlarda yangi bir vaktsinalash dasturi o’ylangan paytda tugatiladi.
Qayta ishlash dasturini yolg’iz ishlatishdan kelib chiqadigan bir kamchilik shundaki, odatiy bog’lanish haqida noto’g’ri taxmin qilinishi mumkin. Ish mashg’ulotini yakunlovchilar dasturiga qaytadigan bo’lsak, u ishchilarning ishga joylashtirish darajasini ko’taradi. Kutilgan natijalarni tekshirish uchun ma’lumotlar yig’ilmaguniga qadar, dastur o’zining maqsadini tasdiqlamaguncha qo’llab- quvatlanadi.
Qayta ishlashlar keyinchalik suboptimizatsiyani jalb qilishi mumkin yoki yirik qiymatlardan qochish ehtimolligi riski paytida, sub maqsadlarga erishish uchun qilinadigan harakatlarning rivojlanishi kutiladi. Agar mashg’ulot dasturi samarali bo’lmasa, lekin urg’ular qayta tiklanishga qaratilgan bo’lsa, shunda qaror qabul qiluvchilar kamaygan birlik xarajati uchun qayta ishlashlar miqdorining o’sishiga e’tibor berishadi, bunda ular xarajatlarni umumiy holda kerakli natijalar uchun samarasiz ekanligini bilishmaydi.
Jorsh Bursh ma’muriyati paytida, bu suboptimizatsiya mumamosini hisobga olmaslik uchun, AQSh Byudjet va Boshqaruv ofisi agentliklardan qayta ishlash o’lchovlarini va so’ralgan maxsus dalillarni ishlatishni talab qilgan. Lekin bu paytda agentliklar «Reyting orqali baholash Dasturi» (PART) da faqat natijalar o’lchovini ishlatishni maslahat berishgan. Biroq, Reyting Dasturini Baholash Instumentlari Dasturi ijrosi haqida Hukumat Mas’uliyat Ofisi (GAO) quyidagi fikrlarni aytdi, agentliklar qayta ishlash darajasi bilan amalga oshirilgan muvaffaqiyatlarga urg’u berilgan natijalarni olishdi. Byudjet qarori jarayoni bobi qayta ishlash va natijalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
Ish faoliyati, natija olish uchun amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi. Ko’rsatmalarning umumiy soati ish mashg’uloti dasturi uchun o’lchov bo’lishi mumkin yoki o’lchovlar ko’proq diqqat markazda bo’lishi mumkin. Bu kabi ko’rsatmalar soati tokarlik stanogi operatsiyalari bo’lishi mumkin. Faoliyatlar ba’zida ish yuki sifatida baholanishi mumkin. Qayta ishlangan ilovalar va dasturga kiritilganlar soni ikkalasi ish yuki o’lchovlari bo’lishi mumkin. Agar murojaatchilar soni hisobda turganlar soni (limit mavjud bo’lgani uchun) o’zgarmagan holda, ko’p bo’lsa, ish yuki baribir oshadi, chunki ko’proq murojaatchilar ko’paytirilishi kerak. Faoliyatlar va qayta ishlashlarning ikkalasi ham natijadan ko’ra o’lchashda juda muhim. Chunki, byudjetlashtirishda faoliyatlar va qayta ishlashdan foydalanish natijalarni ishlatishdan ko’ra doimiy va uzluksizdir.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish