Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet38/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Aylanma kassa mablag’lari. O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar, shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablag’lari ularning daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash maqsadida shakllantiriladi.
Aylanma kassa mablag’larining miqdorlari:

  • O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari uchun — asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;

  • tumanlar va shaharlar byudjetlari uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.

Yil mobaynida aylanma kassa mablag’laridan jalb qilingan summalar yil oxirigacha tiklanishi lozim. Aylanma kassa mablag’larining yil oxiridagi miqdori belgilangan summaga mos kelishi kerak.
Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag’lari:

  • tegishli byudjetlarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mablag’larning yil boshidagi qoldiqlari;

  • joriy yilning birinchi — uchinchi choraklari yakunlari bo’yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi summalari hisobidan to’ldiriladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining manbalari yetarli bo’lmaganda tumanlar va shaharlar byudjetlarining aylanma kassa mablag’larini to’ldirish to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qaror qabul qilinishi mumkin.



    1. Budjet tizimi bo’g’inlari daromadliligini tartibga solishda budjetlararo munosabatlarning ahamiyati



Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga qo’llaniladigan cheklovlar. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi lozim. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:

  • mablag’lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno;

  • tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

  • tegishli byudjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo’l qo’yilmaydi.1

O’zbekiston Respublikasida faol amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarini erkinlashtirish, mamlakat byudjet tizimida ham sezilarli o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi umumjamiyat taraqqiyotining asosini davlatning faol islohotchilik roli o’rniga keladigan fuqarolik jamiyati egallashiga erishishdan iborat. Byudjetlararo munosabatlarni ma’lum darajada o’zgartirish, kuchli davlatchilikdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishning muhim omillaridan sanaladi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, bunday o’tishning universal modeli hali ishlab chiqilmagan. Byudjet tizimini rivojlantirish nuqtai-nazaridan esa, yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga mablag’ ajratishdagi o’zgarishlar mamlakatning ixtisoslashuv darajasiga va oldiga qo’ygan maqsadlariga mos ravishda amalga oshiriladi.




    1. Download 2,36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish