Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Budjetlararo munosabatlar to’g’risida tushuncha



Download 2,36 Mb.
bet35/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Budjetlararo munosabatlar to’g’risida tushuncha

7.2.

Budjetlararo munosabatlarning shakllari

7.3.

Budjet tizimi bo’g’inlari daromadliligini tartibga solishda budjetlararo munosabatlarning ahamiyati

7.4.

Budjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari



Tayanch so’z va iboralar: byudjetlararo munosabatlar; respublika byudjeti; Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti; viloyatlarning viloyat byudjetlari; Toshkent shahrining shahar byudjeti; byudjetlararo transfertlar; subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi va o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar.



    1. Budjetlararo munosabatlar to’g’risida tushuncha



Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatning boshlang’ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolari farovonligining barqaror o’sishini ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida 2013 yil qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ning 132-moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo munosabatlar O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.
Byudjet jarayonida:
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar byudjetlari o’rtasida o’zaro munosabatlariga yo’l qo’yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to’laroq ta’rifi rus iqtisodchi olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan “Finansi” nomli darsligida berilgan: “Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, markaziy hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog’liq huquq va majburiyatlar, vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir”1.
Ushbu ta’rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo’lmaydi, chunki u mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko’rib chiqish va tayyorlash jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida mablag’larning bir byudjet bo’g’inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar o’rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta’rifda umuman fikr bildirilmagan.
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo munosabatlar sodir bo’layotgan byudjet tizimi darajalariga ko’ra ularni byudjet tizimi pog’onalari o’rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlarga bo’lish mumkin. Demak, “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasi, bizning fikrimizcha, quyidagilarni o’z ichiga olmog’i lozim:

  • byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to’liqroq tarkibini;

  • davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o’zaro (bir darajadagi) munosabatlarini;

  • quyi byudjet bo’g’inlarining respublika byudjeti bilan o’zaro munosabatlarini;

  • moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo.

Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta’kidlash zarur:

  • birinchidan, byudjetlararo munosabatlar - keng qamrovli byudjet siyosatini markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir;

  • ikkinchidan, byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining boshqa yo’nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi;

  • uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli darajalaridagi hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o’rtasida markaz orqali shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funktsiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag’larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;

  • to’rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika darajasi)ga mablag’lar tushib turishining ta’minlanishi o’z navbatida ularga davlat boshqaruvi bo’yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o’z hududlari manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta’minlaydi. Shu bilan birga, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag’larni ajratilishi mamlakatni markazdan boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun dastak yaratadi hamda hududlarda ma’lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga kelishining ob’ektiv asoslarini bartaraf etadi;

  • beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo’lmas edi. Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta’sirchan omil hisoblanadi.

Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: “Byudjetlararo munosabatlar - davlat byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o’rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funktsiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o’zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining ushbu sub’ektlar o’rtasida qayta taqsimlanishini o’z ichiga oluvchi munosabatlar yig’indisidir”1.




    1. Download 2,36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish