Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Budjetlararo munosabatlarning shakllari



Download 2,36 Mb.
bet36/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Budjetlararo munosabatlarning shakllari



O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ning yigirmanchi bobi “Byudjetlararo munosabatlar” deb nomlanadi va bu bobda quyidagilar o’z akchini topgan:
Byudjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o’tkazish, daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat byudjetini ijro etish jarayonida Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi byudjetlarning daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko’paytirishga olib keladigan hollarda o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni ajratish yoki olib qo’yish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Byudjetlararo transfertlarning shakllari. Byudjetlararo transfertlar subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi va o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar shaklida amalga oshiriladi.
Byudjetlararo transfertlarning hajmlari:

  • joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’zgarishiga sabab bo’luvchi qonun hujjatlari qabul qilinganda;

  • tegishli barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq tushishidan hamda byudjetdan ajratiladigan mablag’larning o’zlashtirilishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yuqori turuvchi moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi byudjet quyi turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning bir shakli bo’yicha majburiyatlari quyi turuvchi byudjetning yuqori turuvchi byudjet oldidagi byudjetlararo transfertning boshqa shakli bo’yicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin.
Subventsiyalar. Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak.
Otkazib beriladigan daromadlar. Tegishli mamuriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga otkaziladigan daromadlar ular qaysi mamuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bolsa, osha mamuriy-hududiy birlik byudjetiga otkazib berilishi mumkin.
O’tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:

  • O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga – asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari o’tkazib beriladigan xo’jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o’tkazib beriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hamda ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari ro’yxati Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o’tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo’lgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
O’tkazib beriladigan daromadlarni o’tkazish ular bo’yicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo’lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish