16.5-jadval
Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari, rahbar muovinlari-vrachlar va bosh xamshiralari mexnat xaki buyicha razryadlar va tarif koeffitsientlari1
Muassasa tipi
|
razryad
|
Tarif koeffitsienta
|
Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari
|
IV
|
8
|
5,453
|
III
|
9
|
6,053
|
II
|
10
|
6,719
|
I
|
11
|
7,390
|
Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari muovinlari-vrachlar
|
IV
|
7
|
4,913
|
III
|
8
|
5,453
|
II
|
9
|
6,053
|
I
|
10
|
6,719
|
Sog‘liqni saqlash muassasalari bosh xamshiralari
|
IV
|
5
|
4,060
|
III
|
6
|
4,466
|
II
|
7
|
4,913
|
I
|
8
|
5,453
|
Sog‘liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo‘lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo‘linmalari (bulimlari)ning (buxgalteriya, ik;tisodiy bulimlar, kadrlar bulimi, muxdndislik inshootlari, asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, avtomobil parki va boshqalar) raxbarlari mexnatiga hak to‘lash, mexnatga haq; to‘lash buyicha yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi. Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar, ya’ni psixolog, biolog, zoolog, parazitolog, entomolog,ionlashtiruvchi va noionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazorat kilish buyicha ekspert-fizik; davolovchi jismoniy tarbiya buyicha yurikchi; davolovchi jismoniy tarbiya buyicha metodist uchun tarif setkasi buyicha 6 razryad belgilangan.Tibbiy-mexnat ekspert komissiyalari (TMEK), nogironlar va keksalar internat- uylari, nogironlar uchun pansionatlar, ukuv yurtlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari, shuningdek bolalar maktabgacha muassasalari, barcha tipdagi maktab- internatlar, "Mexribonlik uyi" bolalar uylari, sanatoriy-urmon maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari muassasalarning birinchi guruxi buyicha belgilanadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari ish xaqlarini xisoblashning uziga x,os xususiyatlari shundaki, ular asosiy ish xaqlariga qo‘shimcha mexnat xaqlari tizimi amal kiladi. Bu qo‘shimcha va ustamalar:
mexnatning Sog‘liq uchun xavfliligi va uta ogir sharoitlari uchun;
sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bulinmalariga mudirlik qilganlik uchun;
ilmiy darajaga ega bo‘lganligi uchun;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan soglikni saklash xodimi" faxriy unvoni uchun;
turg‘un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaktda ishlaganligi uchun;
aloxida muassasalar, bulinmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun;
maslaxatlar berganligi uchun va boshqa "O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mexnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizom" bilan belgilangan xolatlarda o‘rnatiladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qo‘shimcha to‘lovlar quyidagilardan iboratdir:
Sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‘linmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga:
shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda - oyiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda - oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Tuman, tumanlararo va shahar TMEKlarining raislari bo‘lgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Qishloq vrachlik punktlari filial (bo‘lim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlari - vrachlarga:
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun - eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan bosh tibbiyot hamshiralariga:
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun - eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun - eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Muassasalar rahbarlariga va ularning o‘rinbosarlari - vrachlarga, shuningdek tegishli ravishda vrachlik va provizorlik lavozimlarini egallab turgan vrachlar va provizorlarga, nomlaridan qat’i nazar, hamda ilmiy darajaga ega bo‘lgan:
tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
tibbiyot va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi uchun - eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni uchun - eng kam oylik ish haqining 1,6 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Turg‘un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Alohida muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 30 foiz;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 40 foiz;
qishloq vrachlik punktlari vrachlariga, qishloq joylardagi ambulatoriyalar va uchastka kasalxonalari vrachlariga uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 50 foiz;
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 40 foiz;
tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 30 foiz;
o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori - 80 foiz;
leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda - tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda - tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda - tarif stavkasining 20 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Maslahatlar berganligi uchun vrachlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:
professor, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganda - tarif stavkasining 3 foizi miqdorida;
dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lganda - tarif stavkasining 2 foizi miqdorida;
ilmiy darajaga ega bo‘lmagan vrachga - tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish .
Do'stlaringiz bilan baham: |