Bog'liq УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)
Yillar
2009yil
2010yil
2011yil
2012yil
2013yil
2014yil
Jami
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Budjet mablag‘lari
93,2
93,7
94,3
93,8
94,0
93,6
Budjetdan tashqari mablag‘lar
6,8
6,3
5,7
6,2
6,0
6,4
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va xizmat sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-640-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy asoslar, iqtisodiy shart-sharoitlar natijasida keyingi yillarda pullik xizmatlar bozori sekin-astalik bilan kengayib bormoqda. Davlat budjeti mablag‘lari bilan ta’minlanuvchi sog‘liqni saqlash muassasalaridagi jami xarajatlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ulushini quyidagi 2.7-jadvalda keltirilgan.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘larning ulushi salmoqli qismni tashkil etmoqda.
Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish lozim deb hisoblanadi. Sanab o‘tilgan xorijiy mamlakatlarda budjetdan tashqari mablag‘lar hajmi ancha yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Sog‘liqni saqlash muassasalarini o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda tashkil etilgan shart-sharoitlar natijasida tizimda budjetdan tashqari mablag‘lar jalb etish vazifasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Sohada budjetdan tashqari mablag‘lar izlab topish, ularning manbalari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bir muncha sezilarsiz bo‘lib qolmoqda. Budjetdan mablag‘ oluvchi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bilan nodavlat tibbiyot muassasalari sektorining bir turdagi tibbiy xizmatlari sifati va narxi o‘rtasida mavjud bo‘lgan sezilarli farqning vujudga kelishi natijasida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini ma’lum tendensiyasi bilan oshib borishi sezilarli emas.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi qanchalik ortib borsa, aholining pullik tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabi ham shunga proporsionallik o‘zgarib boradi. Aholi sog‘lig‘ini saqlashda hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish uchun nafaqat budjet mablag‘larini tasarruf etishda balki budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishda ham tibbiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish lozim.
Ma’lumotlarni tahlil qilib, o‘z-o‘zini moliyalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda tashkil etilgan shart-sharoitlar budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish va ular dinamikasini bir maromda olib borish ishlarini yanada jadallashtirishni talab etadi.
Yana shuni ta’kidlash joizki, yurtboshimiz aytib o‘tgan “...aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda bu sohani yanada kengaytirish uchun hali-beri foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8 iyundagi “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qaroriga ko‘ra respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar manbaini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi. Ushbu qarordan keilb chiqqan holda tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar manbaini shakllantirish yo‘nalishlari belgilab berilgandir, albatta tibbiyot muassasalarini budjetdan tashqari mablag‘lari ularning ish faoliyatini ko‘rsatishda samaradorligini oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tibbiyot muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish yo‘llarini ko‘lamini kengaytirish, ushbu muassasalar kelajakdagi ish unumdorligini va ko‘ratilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda o‘rni kattadir. Shulardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bu oVazirlar Mahkamasining 2004-yil 8 iyundagi “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qaroririndagi islohotlarning naqadar o‘rinli ekanligidan dalolat beradi.
Jahon mamlakatlarida bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llanilayotgan moliyalashtirish mexanizmlaridan biri bu tibbiy sug‘urta tizimidir. Bizga ma’lumki tibbiy sug‘urta tizimining ikki asosiy turi mavjud,ya’ni ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‘urtadir. Bizning mamlakatimizda bugungi kunda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta amal qilmoqda va shu bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda istiqbolda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar va izlanishlar olib borilmoqda.Cheklangan davlat budjeti xarajatlari sharoitida tibbiy sug‘urtaning o‘rni katta bo‘lib, avvalo davlat xarajatlarining bir qism yuki kamayishiga, shuningdek, tarmoqda raqobat muhitini shakllanishiga yordam beradi. Mamlakatimizda tibbiy sug‘urtani joriy etishda kutilayotgan samarani olishda tibbiyot muassasalarini boshqarish va ularni moliyalashtirishni markazlashtirish, tibbiyot muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bozori o‘ziga xos xususiyatga egadir, ya’ni:
korporativ sug‘urta yuqori salmoqga egadir, chunki individual tibbiy sug‘urta kamroq uchraydi;
asosan surunkali kasalliklarni davolash sug‘urtalanmasdan shoshilinch tibbiy xizmat sug‘urtalanadi;
mamlakatimizda sug‘urta tashkilotlarini ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan ko‘ra kam foydali bo‘lsa ham, lekin sug‘urta tashkilotlari ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini ko‘paytirish maqsadida ushbu turdagi sug‘urta xizmatlarini joriy qiladi va rivojlantirib boradi.
Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bozorini rivojlanishida bir necha muammolar mavjud, ya’ni:
ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimini boshqarib turuvchi yagona me’yoriy-huquqiy bazaning mavjud emasligi;
tibbiy sug‘urta to‘lovini soliqqa tortiluvchi bazaga kiritilishi, bu esa sug‘urtaning rag‘batlantiruvchanligi pasaytiradi;
bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimida sog‘liqni saqlash tizimidagi budjet tashkilotlarida norasmiy to‘lovlar tizimining mavjudligi. Binobarin, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning ko‘rsatish doirasi aynan rasmiy ravishda pullik xizmat ko‘rsatish doirasidagi tibbiy xizmatlarga mo‘ljallangan;
aholining ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga bo‘lgan talabining pastligi;
sug‘urta tashkilotlari tomonidan shartnomalar rasmiylashtirishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lmoqda, ya’ni, tibbiyot muassasalari qo‘shimcha nazoratni xoxlamasligi yoki ular naqd to‘lov usulini ko‘proq lozim topishadi, budjet tashkilotlari esa tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatishi asosiy vazifasi hisoblanadi;
tibbiy xizmatlarni ko‘rsatilishining umumiy standartlarining yo‘qligi tufayli sug‘urta tashkilotlari shifokorlar tashxisining asosliligi, tibbiy xizmatlarning sifati hamda xizmatlar uchun to‘lovlar ustidan nazorat qilishi murakkablashadi.
Bizning mamlakatimizda bugungi kunda faqat ixtiyoriy tibbiy sug‘urta amal qilmoqda va shu bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda istiqbolda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar va izlanishlar olib borilmoqda.Cheklangan davlat budjeti xarajatlari sharoitida tibbiy sug‘urtaning o‘rni katta bo‘lib, avvalo davlat xarajatlarining bir qism yuki kamayishiga, shuningdek, tarmoqda raqobat muhitini shakllanishiga yordam beradi. Mamlakatimizda tibbiy sug‘urtani joriy etishda kutilayotgan samarani olishda tibbiyot muassasalarini boshqarish va ularni moliyalashtirishni markazlashtirish, tibbiyot muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish lozim.
Mamlakatimizda tibbiy sug‘urta tizimini barqaror rivojlanishida bir qancha muammolar mavjudki, ularni hal etish tibbiy sug‘urta tizimini rivojlanishiga va uni faol amal qilishiga ko‘mak beradi. Ushbu muammolar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimida surunkali kechadigan kasalliklarni o‘rniga asosan tez shoshilinch tibbiy yordamning sug‘urtalanishi;
aholining ixtiyoriy sug‘urtalashdagi faolligining sustligi;
tibbiy sug‘urta tizimini tartibga soluvchi yagona qonuniy-huquqiy asosning mavjud emasligi;
tibbiy xizmatlar tizimida norasmiy to‘lovlarning mavjudligi;
tibbiyot muassasalari va sug‘urtalovchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma-kelishuvlarining rasmiylashtirishdagi qiynchiliklar;
kasalliklarni davolash va tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda aniq standartlarning mavjud emasligi;
tibbiyot muassasalari va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida samarali raqobat muhitini etishmasligi;
mamlakatimizda norasmiy bandlikning mavjudligi, rasmiy ravishda ishsizlik maqomini olmaganlarga nisbatan tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish masalalaridagi mavjud qiyinchiliklar;
bemor va davolovchi shifokor o‘rtasida axborot assimetriyasining mavjudligi.