Dav kad indd


gorizontal (konturli), vertikal



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana22.11.2022
Hajmi1,15 Mb.
#870138
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
Kitob 1570 uzsmart.uz

gorizontal (konturli), vertikal 
va
 topografik 
turlarga bo‘linadi. gorizontal syomka natijasida joyning konturli 
xaritasi hosil qilinadi. vertikal syomkada joy nuqtalarining planli 
o‘rinlari va balandligi topiladi, ular bo‘yicha uchastkaning tafsi-
loti yoiziladi, joylarning relyefi esa gorizontallar bilan tasvirlana-
di. gorizontal va vertikal syomkalar majmuyi topografik syom-
kani tashkil etadi. gorizontal, vertikal va topografik syomkalar 
maydonlarda yagona planli hamda balandlik koordinatalar siste-
masi asosida amalga oshiriladi.
geodezik o‘lchamlar asosida yaratiladigan joyning plani ayniq-
sa muhim ahamiyat kasb etadi. Joyning plani deb, uning proek-
siyasini gorizontal tekislikdagi o‘ziga o‘xshash va kichraytirilgan 
ko‘rinishdagi tasviriga aytiladi. Joy elementlari (haydalma yer-
lar), bog‘lar, daryolar, binolar va h.k.)ning chegaralari ko‘rsatilgan 
planlar konturli, ulardan tashqari yana relyef ham ko‘rsatilsa 
topografik planlar
deyiladi. katta maydonlar uchun odatda, xari-
talar tayyorlanadi. butun yer sirtini yoki uning katta qismlarini 
sathiy sirt egriligini hisobga olib, tekislikda umumlashtirib kich-
raytirilgan tasviri 
xarita
deyiladi. Joyning plani va xaritasi bilan 
bir qatorda ba’zan joyning profilini ham aniqlash zarur bo‘ladi. 
berilgan yo‘nalish bo‘yicha joy vertikal kesimining qog‘ozda kich-
raytirilgan tasviri 
profil
deyiladi. 


100
xarita va planlarni yaratish uchun ko‘pincha aerofotosurat-
lardan foydalaniladi. ushbu fotosuratlar asosida tuzilgan plan va 
xaritalar ma’lum bir masshtabga ega bo‘ladi. masshtab deb, xari-
tadagi chiziq uzunligini joyning tegishli chiziq uzunligiga gori-
zontal proeksiyasi nisbatiga aytiladi. sug‘oriladigan mintaqalarda 
joylashgan yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining planlari odatda 
1:10000, fermer xo‘jaliklarining planlari esa 1:5000 masshtablarda 
tuziladi. 
xarita va planlardagi joy tafsilotini (aholi punktlari, o‘simliklar, 
yo‘llar, daryolar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va h.k.) hamda rang-
barang obyektlarni belgilash uchun shartli belgilardan foydalani-
ladi. barcha masshtablar uchun shartli belgilar mutasaddi tashki-
lotlar tomonidan belgilanadi hamda ular barcha xaritashunoslar 
qo‘llashlari uchun majburiy bo‘ladilar. shartli belgilar xaritani 
o‘qish, ya’ni tasvirlangan joyni tushunish imkonini beradi. bar-
cha shartli belgilar to‘rtta guruhga bo‘linadi: maydon (masshtab)
li, masshtabsiz, chiziqli va izohlovchi.
Joyda katta maydonni egallagan va xaritaning masshtabida ifo-
dalanadigan obyektlar masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlana-
di. agarda joydagi obyektni xaritaning masshtabida, o‘zining may-
daligi sababli ifodalash imkoni bo‘lmasa, unda masshtabsiz shartli 
belgilar qo‘llash zarur bo‘ladi. Chiziqli shartli belgilar yo‘llar, che-
garalar, aloqa va elektr uzatish liniyalari va hokazolarni ifodalay-
di. izohlovchi belgilarda obyektlarning tavsiflari, har xil yozuvlar va 
obyektlarning nomlari ko‘rsatiladi. topografik xaritalar ko‘p rang-
li qilib nashr qilinadi, jumladan, gidrografiya (daryo, ko‘llar) havo 
rangda, o‘simliklar – yashil, shosseli yo‘llar – qizil, yaxshilangan 
yo‘llar – sariq, relyef elementlari – jigar rangda tasvirlanadi. xari-
tani bunday bo‘yash obyektlarni o‘qishni osonlashtiradi.
umuman olganda, plan-kartografik materiallar yer ustida tas-
virga olish, aerofototasvirga olish hamda fazodan tasvirga olish 
ishlari natijasida olinadi. plan-kartografik materiallar yer ka-
dastrining asosiy talabini – yer kadastri ma’lumotlarining zaru-
riy aniq ligini ta’minlash zarur. bu esa, o‘z navbatida, xarita-
ning masshtabiga bog‘liqdir. masshtabni tanlash konturlarning 
o‘lchamlariga, yerdan foydalanish xarakteriga hamda xo‘jalik yuri-
tishning jadallashganlik darajasiga qarab amalga oshiriladi. may-


101
da konturlik sharoitida 1:10000 va 1:5000 masshtablarda tayyor-
langan plan-kartografik materiallar yer kadastri uchun maqsadga 
muvofiq. Cho‘l hududlarida, ya’ni yer massivlari yirik kontur-
lardan iborat bo‘lgan joylar uchun 1:25000 masshtabli plan-kar-
tografik materiallardan foydalanish mumkin. shaharlarda, shahar 
tipidagi po s yolkalarda va qishloq aholi punktlarida yer kadastrini 
yuritish, odatda, 1:2000 masshtabli plan-kartografik materiallar 
zarur.
aerofototasvirga olish ishlari yordamida olingan plan-kar-
tografik materiallar yer kadastri ma’lumotlarining, ayniqsa, yu-
qori aniqligini ta’minlaydi. aerofototasvirlarning afzallik tomon-
lari shundan iboratki, ular yer egaligi yoki yerdan foydalanishni 
miqdoriy va sifat tasvirini tuzish imkonini beradi. aerofototasvir-
lar yordamida tuzilgan planlar joyning shunday xarakterli holat-
larini, ko‘rinishlarini aks ettirish imkoniyatiga egaki, yer ustidan 
tasvirga olish asosida bunga erishib bo‘lmaydi. Fotoplanlar yor-
damida yer maydonlarining o‘lchamlarini, shu bilan birga, tup-
roq xillarini bir-birlariga almashish chegaralarini, turli xil me-
liorativ, madaniy-texnik tadbirlar talab qilinadigan uchastkalar, 
shuningdek, turli tabiiy o‘tlar tarqalgan uchastkalar chegaralarini 
ham ajratish mumkin. 
yerning sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kemalar uchirilishining 
rivojlanishi, kosmik laboratoriyalarning vujudga kelishi munosa-
bati bilan yer yuzasini aerokosmik usullar yordamida o‘rganish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. bu usul 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish