UO‘K: 347-235.11
KBK: 65.32-5
R-16
Rahimov V.R.
R-16 Davlat kadastri asoslari:
kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma
/ v.R. Rahimov, a.R. babajanov; O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
markazi. – toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. – 144 bet.
UO‘K: 347-235.11
KBK: 65.32-5ya722
O‘quv qo‘llanma fanning o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga mos ravish-
da tayyorlangan bo‘lib, unda fan bo‘yicha asosiy tushunchalar, kadastr
syomkasi, davlat yer kadastrini yuritish, davlat kadastrlarining yagona
tizimi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, shuningdek, avtomatlashtirilgan
kadastr tizimlari yoritiladi.
kitob o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘l-
jallangan.
Taqrizchilar:
T.M. Abdullayev
– «yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisining bi-
rinchi o‘rinbosari, sh.f.n.
O.V. Gurova
– toshkent geodeziya
va kartografiya kasb-hunar
kolleji «geodeziya kartografiya va kadastr» kafedrasi mudiri.
isbn: 978-9943-4132-8-3 © «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.
3
KIRISh
Respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, xalq xo‘jaligi
tarmoqlarida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish uning asosiy
boyliklari hisoblangan tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurslardan foy-
dalanishga bo‘lgan munosabatlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. in-
sonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tabiiy
resurslardan, yer, suv, o‘rmonlar, yer osti qazilma boyliklari, ijtimoiy
resurslardan bino va inshootlar, avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, gid-
rotexnik inshootlar va hokazolardan oqilona foydalanishni tashkil
etish, ularning huquqiy holatlarini tartibga solib turish, miqdoriy va
sifat hisobini doimiy ravishda yagona tizimda yuritib borish ham-
da qiymat baholarini aniqlash mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim
ahamiyatga egadir, negaki, respublikamizda ushbu resurslar miq-
dorlari cheklangandir xususan, olingan rasmiy ma’lumotlarga qara-
ganda, eng asosiy tabiiy resurslardan hisoblangan yer resurslarining
umumiy maydoni respublikamiz bo‘yicha 44410,3 ming gektarini
tashkil etadi. ushbu maydonning bor-yo‘g‘i 9,2 foizi, ya’ni 4042,0
ming gektari sug‘oriladigan
ekin yerlarini tashkil etadi, xolos.
mamlakatimizda yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulot-
larining 94,0–95,0 foizi aynan ushbu maydonlardan olinadi. xalq
xo‘jaligining turli sohalari, o‘simliklar, qishloq xo‘jalik ekinlari va
umuman insoniyat uchun zarur bo‘lgan chuchuk suvning miqdori
ham cheklangan bo‘lib, olimlarning bergan ma’lumotlariga qara-
ganda, dunyo bo‘yicha 84 mln. 827,3 ming kub. km ni tashkil eta-
di. bu butun gidrosferadagi umumiy suv miqdorining bor-yo‘g‘i 6,0
foizini tashkil etadi xolos. ushbu chuchuk suvning 60,0 mln. kub.
km yer osti suvlariga, 24,0 mln. kub. km muzlik va qorlarga, 750,0
ming kub km ko‘llarga, 75,0 ming kub. km tuproqdagi suvlarga,
faqatgina 1,2 ming kub. km daryo suvlariga to‘g‘ri keladi. Respub-
likamiz hududining 2370,0 ming ga si tog‘oldi va tog‘ mintaqala-
rida joylashgan.
e’tirof etish zarurki, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar davlat
mulki O‘zbekiston Respublikasining umummilliy boyligidir. ushbu
tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, birinchi navbat-
da, ularning eng muhim xossalari, xususiyatlari, turli hududlarda
taqsimlanishi qanchalik chuqur va har tomonlama o‘rganganligiga
bog‘liqdir. bundan tashqari ushbu tabiiy resurslardan foydalanish
4
darajasi ularda inson mehnati evaziga
bunyod qilingan bino-in-
shootlar, avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, gidrotexnik inshootlar va
boshqalardan foydalanish bilan uzviy bog‘liqdir. yuqoridagilar ning
barchasi mamlakatimizning boyligi hisoblanadi. ushbu boyliklarni
huquqiy jihatdan ro‘yxatga olib borish, hisobini doimiy yuritib bo-
rish, ulardan foydalanish nuqtayi nazardan bahosini aniqlab borish
hamda ushbu ma’lumotlarni mamlakat bo‘yicha yagona uslubiyat
asosida bir tizimga keltirish, saqlash, yangilab turish maqsadlarida
ham bugungi kunda respublikamizda Davlat kadastrlarining yago-
na tizimi (Dkyt) yaratilgan va yuritilmoqda.
ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining
1996-yil 17-iyuldagi 255-sonli «O‘zbekiston Respublikasida Dav-
lat kadastrlarining yagona tizimini yaratish bo‘yicha nizomni tas-
diqlash to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2000-
yil dekabr oyida qabul qilingan «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi
qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan mamlakatda Dav-
lat kadastrlarining yagona tizimi yaratildi va bugunda muvaffaqi-
yat bilan yuritilmoqda. Dkyt asosida respublikamiz hududi-
dagi
mavjud tabiiy resurslar, inshootlar va hududlarni majmuali
tarzda o‘rganish, yagona uslubiyat asosida
ularning huquqiy holat-
lari, miqdorlari, qiymatlari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar to‘plash,
ular ni yagona tizimga keltirish davlatimiz uchun muhim siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. shu bilan birga bu mam-
lakatimiz mavjud salohiyatini aniqlashga imkon beradi. shu sabab-
dan ham davlat kadastlarining yagona tizimi to‘g‘risida ma’lum
darajada bilimga ega bo‘lish muhimdir.
ushbu o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u mualliflarni uzoq yil-
lardan beri ushbu fandan to‘plagan tajribalari, respublikamiz oliy
o‘quv yurtlarida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalari hamda musta-
qillik yillarida mamlakatda davlat kadastrlarining yagona tizimini
yaratish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlardan foydalanil-
gan holda tayyorlandi.
Qo‘llanmani tayyorlashda ko‘rsatgan
texnik yordami uchun
mu al liflar toshkent arxitektura qurilish institutining talabasi
b. uspankulovga o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini bildiradilar.