41
2. kadastr syomkasida syomkali asos qanday ko‘rinishlarda
yaratiladi?
3. gorizontal syomkaning usullari qanday?
4. kesishmalar usulining mohiyati qanday?
5. Qutbli usulning mohiyati qanday?
6. perpendikularlar usulining mazmuni qanday?
7. taxeometrik syomka qanday bajariladi?
2.2. Kadastr syomkasini o‘tkazishda ishlarni tashkil etish
kadastr syomkasining obyektlari bo‘lib, odatda mavjud huquq-
larni o‘rnatish hujjatlari asosida haqiqiy huquqiy holati o‘rnatilgan,
yoki tuman (shahar) yer kadastr kitobida yoki bo‘lmasa boshqa
bir hisobga olishning rasmiy hujjatlarida tegishli yozuvlar asosi-
da huquqiy holati aniqlangan, mavjud hamda yangidan yaratilgan
yer uchastkasi yoki uning qismi hisoblanadi.
yer uchastkalariga qonuniy huquqlarga, jumladan mulkchilik,
egalik, foydalanish huquqlariga ega bo‘lgan, hech qanday che-
garalanishlarsiz barcha yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilot-
lar, muassasalar, jamiyatlar, kooperativlar,
birlashmalar, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari),
shuningdek, chet el inves-
titsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar, tashki-
lotlar, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar kadastr syomkasiga
buyurtmachilar hisoblanadilar.
yer uchastkasining kadastr syomkasi quyidagi maqsadlar
uchun bajariladi:
– yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari
chegaralari planini tuzish;
– kadastrli hisob obyektlarini joyda va kartografik material-
larda aniqlash (tiklash);
– yer uchastkasini joyda o‘rnatilgan, geografik bog‘langan
chegaralari hamda ko‘chmas mulkdan foydalanishning o‘zaro
muvofiqlashtirilgan yuridik huquqlari asosida ularning hujjatlash-
tirilgan, haqqoniy va qonunlashtirilgan
kadastrli modelini tuzish;
– yer turlarini, ularda alohida ajratiladigan hududiy, yer ba-
holash, injenerli va transport kommunikatsiyalarining muho-
faza mintaqalari chegaralarini o‘rnatish, shuningdek, kadastrli
42
hisoblangan obyektlarining tegishli maydonli va boshqa kadastrli
tavsifnomalarini olish;
– yer uchastkasini saqlash, cheklanishlar va servitutlarni
belgilash.
syomkani bajarishda quyidagi tamoyillar ta’minlanishi zarur:
– kadastr planini tuzishning zaruriy aniqligini ta’minlash;
– kadastrli hisob obyektlarni yoritishning zaruriy to‘laligini
ta’minlash;
– yer uchastkasi hamda undagi ko‘chmas mulk obyektlar che-
garalari izohining to‘laligi va huquqiy haqqoniyligini ta’minlash;
– iqtisodliligi.
aholi punktlaridagi yer uchastkasining kadastr syomkasi «yer-
geodezkadastr» davlat qo‘mitasining ixtisoslashgan tashkilotlari,
topografo-geodezik ishlarni bajarishga
litsenziyasi va ruxsatno-
masi bor bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan baja-
riladi.
yer kadastr planlarida quyidagi yer uchastkalari maxsus tarzda
rasmiylashtiriladi:
– ishlab chiqarish, transportga oid, qurilish obyektlarining
muhofazali mintaqalari bilan band bo‘lgan yer egaliklari, yer-
dan foydalanuvchilardan, shuningdek, degradatsiya, buzilish,
iflosla nishning turli xillari bilan bog‘liq konservatsiyalanish-
ga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan hududlarni ajratib olmagan hol-
da o‘ziga xos rejimli yer uchastkalaridan foydalanishdagi saqlash
turlari;
– yerdan foydalanishning huquqiy rejimli saqlashlar turlari
(garov, sud qarorlari va boshqa);
– o‘zga yer uchastkalaridan cheklangan
tarzda foydalanish
huquqi (servitutlar).
kadastr syomkasi yer uchastkalariga huquqlar yuzaga kelgan-
da yoki o‘zgargan taqdirda, shuningdek, ko‘chmas mulk bilan
harakatlar sodir etilganda buyurtma bo‘yicha kadastr ishlarining
majmuasiga kiritiladi.
kadastr syomkasi ham mahalliy, ham koordinatalar tizimi-
da
bajariladi, bunda albatta koordinatalarning mahalliy tizimi-
ga o‘tilishi zarur.
43
kadastr planining masshtabi uning mazmunini to‘la va
aniq izohlashini va ko‘rinishini ta’minlashi zarur. bunda kadastr
planini zaruriy obzorliligi va o‘qilishi hisobga olinadi.
yer uchastkasining kadastr plani qoidaga binoan «kartografik
asos» sifatida foydalaniladigan mavjud topografik materiallardan
foydalanilgan holda tuziladi. zaruriyatga qarab joyning topografik
elementlari joriy o‘zgarishlarining oldindan syomkasi bajariladi.
bunda ishlarning barcha majmuasi to‘la saqlanib qoladi.
aholi punktlaridagi yer uchastkalarining kadastr syomkasi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– tayyorgarlik ishlari, huquqiy va kartografik materiallarni
to‘plash va tahlil qilish;
– yer uchastkasi chegaralarini
tiklash va kelishish;
– joyda muhofaza mintaqalarini, yerdagi injenerli va trans-
portga oid kommunikatsiyalarni aniqlash va o‘rnatish;
– yer uchastkasining kadastrli elementlarini (ko‘chmas mulk
obyektlari, yer turining, hududiy, suvni muhofazalovchi, muho-
fazalash va boshqa mintaqali chegaralari) syomka qilish;
– yer uchastkasining topografik syomkasini bajarish (jo-
riy o‘zgarishlarni, zaruriy holda relyefni, mas’ulsiz konturlarni
syom ka qilish);
– materiallarni kameral qayta ishlash, ko‘rib chiqish, keli shish
va tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: