81
tuproq sifatini belgilaydigan unumdorlikning asosiy omi-
li bo‘lgan
oziqa elementlarining miqdori, ularning madaniy
ekinlar uchun samaradorlik qiymati, suv hamda issiqlik rejimi,
sug‘oriladigan mintaqalarda tuproq bonitirovkasi
ballarini aniq-
lashga asos qilib olingan. tuproq sifatini baho lashda tuproq paydo
bo‘lish jarayonidagi biogen elementlar – uglerod, azot, fosfor va
kaliyning o‘simliklar ildizi oziqlanadigan mintaqada to‘pla nishiga
ham katta ahamiyat beriladi. bu omillarning miqdor qiyma ti bir
metr qalinlikdagi tuproqda yalpi chirindi, azot, fosfor va kaliyning
harakatlanuvchi birikmalarining zaxirasini ko‘rsa tadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan mintaqalarida tuproqlar ning
chirindi va oziqa elementlarining miqdori shu tuproqlarni gene-
tik mansubligi va mexanik tarkibi, tuproq paydo bo‘lish jinslari,
tuproq qatlami, mayda donador qatlamining qalinligi, tuzili-
shi va boshqa diagnostik belgilari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
sug‘oriladigan tuproqlarda oziqa moddalarining
miqdori asosan
su g‘orish davri va madaniylashganlik darajasiga qarab aniqlanadi.
Respublikamizning dehqonchilik tumanlaridagi tuproqlarning
sifati u yoki bu qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘stirish imkoniyatini
aniqlovchi agroiqlim bilan uzviy bog‘liq qilib belgilangan. shun-
day qilib, O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlari bonitirov-
kasini aniqlash uslubiyati tuproqlarning ekologik sharoitlarini
ham hisobga olgan holda tuziladi.
unumdorlik bo‘yicha baholash ishlari muayyan yerdagi qishloq
xo‘jaligi ekinlariga bo‘lgan talablarni hisobga olingan holda o‘tkaziladi.
O‘zbe kistonning sug‘oriladigan yerlari sharoitida g‘o‘zaning talab-
lari hisobga olingani e’tiborda tutiladi. g‘o‘zaning talablari hisob-
ga olingan holda aniqlangan unum dorlik ko‘rsatkichlari paxtachi lik
majmuyiga kiruvchi boshqa hamma ekinlar (sholi, kanop va ko‘p
yillik mevali daraxtlardan tashqari) ekila digan sug‘oriladigan yer-
larni baholash uchun ham to‘g‘ri keladi.
yerlarni baholashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabi iy
sharoitlari: genetik alomatlari, sug‘orila boshlangan davr mudda-
ti, mexanik tarkibi, tuproq hosil qiladigan jinslar genezisi, tuproq
qatlami sizot suvlarining o‘tkazuvchanligi, sho‘rlanish darajasi,
eroziyaga
uchraganligi, toshloqlik va gipslashganlik darajasi va
hokazolar hisobga olinadi.
82
baholash 100 balli yopiq shkala bo‘yicha o‘tkaziladi. eng yax-
shi xususiyatlarga ega bo‘lgan va eng yuqori unum beradigan
tuproq larga 100 ball belgilab qo‘yiladi.
sug‘oriladigan tuproqlarning bonitirovka shkalasidagi sifat
bahosi ularning genetik mansubligi, sug‘orish davri va madani-
ylashganlik darajalariga nisbatan bonitet ballarida aks ettirilgan.
shkalada bundan tashqari tuproqning gumus zaxirasi va o‘simlik
oziqa elementlari bilan ta’minlanganligi, singdirish sig‘imi, fizik
xususiyatlari va biologik aktivligi in tegral
tarzda hisobga olin-
gan.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan tuproqlarning bonitirovka shka-
lasi madaniylashish bo‘yicha past, o‘rtacha va yuqori turlar-
ga bo‘lin gan. Chirindi zaxirasi va fosforning harakatlanuvchi
birikmalari ning ozligi, biologik jarayonning sustligi, tuproqn-
ing past darajada madaniylashganligidan dalolat beradi. yuqori
darajada madaniy lashgan tuproqlar
asosan yuqori agrotexnik,
tizimli tarzda yuqori darajada mineral va organik o‘g‘itlardan
foydala nish hamda shunga mos holda azot va fosforning hara-
katlanuvchi birikmalari bilan yuqori darajada ta’minlanganligi,
shu tariqa chirindiga boyitili shi sharoitida shakllangan. Quyida-
gi, 5-jadvalda sug‘oriladigan maydonlarning bonitirovka shkala-
si keltirilgan.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: