Yer hisobining turlari.
yer hisobi ishlari o‘z vazifasiga, maz-
muniga va o‘tkazish xususiyatiga qarab davlat yer kadastri kabi
asosiy birlamchi va joriy (kundalik) turlarga bo‘linadi. bu hisob
turlari o‘zaro bog‘liqdir hamda yagona yer hisobi ja rayonining
ma’lum bosqichlarini o‘zlarida namoyon qiladi.
asosiy yer hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– hisob qilinadigan hudud uchun barcha mavjud plan-xarita
materiallarini olish, bir tizimga keltirish va tahlil qilish;
– zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar va plan-xarita mate-
riallarini olish maqsadida tasvirga olish hamda kuzatuv bo‘yicha
dala qidiruv ishlarini o‘tkazish;
– hisob qilinadigan barcha yerlar o‘lchamlarini, sifat hola tini,
taqsimlanish va foydalanish holatini aniqlash;
– maxsus yer hisobi xaritalarini tayyorlash va matn hujjatla-
riga birlamchi yozuvlarni kiritish;
– yer fondi tarkibini yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar,
mulkdorlar va yer turlari bo‘yicha aniqlash, yerlarni ma’muriy
birliklar (tuman, shahar, viloyat, respublika) bo‘yicha sifat jihati-
dan tavsiflash.
yer kadastri hujjatlariga tushirilgan boshlang‘ich ma’lumotlar
vaqt o‘tgan sayin eskiradi, shuning uchun ularni tizimli tarzda
yangilab turish zarur bo‘ladi. bu ishlar joriy yer hisobi sifatida
amalga oshiriladi.
Joriy hisobning vazifasiga quyidagilar kiradi: birinchi-
dan, yerlarning miqdori, sifati va taqsimlanishida yuz beradi-
gan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash va yer hiso-
bi hujjatlarida qayd qilish; ikkinchidan, birlamchi hisobda yo‘l
qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda yer hisobi huj-
jatlariga aniqliklar kiritishdir.
77
hujjatlarda faqatgina qonuniy o‘zgarishlar qayd qilina di. shu-
ning uchun hisobda faqatgina haqiqiy yuz bergan o‘zgarishlar ni
aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan birga ushbu o‘zga-
rishlarning qonuniyligini ham aniqlash zarur. Joriy hisob ishlari
mazmunining farqi shundan iboratki, uni o‘tkazishda asosiy hisob
ma teriallaridan foydalaniladi va faqatgina yerning holati ham-
da foydalanishdagi o‘zgarishlargina qayd qilinadi. bunda joyni
qaytadan tasvirga olish ishlari bajarilmaydi va plan-xari ta materi-
allari tayyorlanmaydi. shunday qilib, joriy hisob asosiy hisobdan
ish hajmi va mazmuni bo‘yicha farq qiladi. O‘z xarakteri bo‘yicha
yuz beradigan o‘zgarishlar quyidagi turlarda bo‘lishi mum kin: yer
turlarining, jumladan qishloq xo‘jalik yer turlarining transformat-
siyasi (bir turdan ikkinchisiga o‘tishi) natijasida yer turlari ning
maydonlarida; tuproqlarning sifat holatlarida; yer uchastkasini
ajratib olish va berish natijasida yer dan foydalanuvchilarning alo-
hida toifalarining yer maydonlari da; asosiy yer toifalari maydon-
larida; ma’muriy birliklar hududi ning maydonlarida.
asosiy va joriy yer hisoblari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud.
birinchisi ikkinchisini o‘tkazishga zamin yaratadi, uning ta’sir
doirasini aniqlaydi; ikkinchisi esa birinchisining ma’lumot larini
talab darajasida ushlab turadi. asosiy va joriy yer hisobi da miqdor
ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifat ko‘rsatkichlari ham yoritiladi.
O‘tkazilish mohiyatiga qarab ham yer hisobi ikki turga
bo‘linadi: yerlarning miqdoriy hisobi va sifat hisobi.
yerlarning miqdoriy hisobi deganda, ma’lum bir hududda-
gi yer maydonlarining miqdorlarida yuz beradigan o‘zgarishlar
hisobini yuritib borish tushuniladi. bunday hudud yaxlit respub-
lika, tuman, shahar, shahar tumani yoki alohida olingan korxona,
muassasa, tashkilotlarning yer maydoni bo‘lishi mumkin. xusu-
san, yerlarning miqdoriy hisobi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni
keltirish mumkin. «O‘zgeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomo-
nidan olib borilgan yerlarning miqdoriy hisobining natijalari
bo‘yicha 2011-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublikamiz yagona
yer fondi 4410,3 ming gektarni tashkil etgani holda bu maydon
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, 160 ma’muriy tuman,
120 shahar, 113 shahar tipidagi posyolkalar hamda 1453 qishloq
fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan 10,0 mingdan ortiq qishloqlar
78
bo‘yicha hisobga olinadi va tavsiflanadi. yerdan foydalanuvchilar
soni bugunga kelib 6,0 mln.dan jumladan, ijara asosidagi fermer
xo‘jaliklarining soni 120 mingdan oshadi.
yerlar miqdoriy hisobining obyekti yagona davlat yer fondi
bo‘lganligi sababli ushbu hisobning asosiy negizlaridan biri ham-
ma yerlarni to‘liq hisobga olishdan iboratdir.
yer hisobining asoslaridan biri shundaki, u ko‘rgazmali va
aniq bo‘lishi kerak ya’ni berilgan ma’lumot chizma hujjatlarda
aks ettirilishi, bu hujjatlar esa yuqori sifatli bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
amaliyotda yerlarning miqdoriy hisobini yuritishda yerlarni
inventarizatsiya (yo‘qlama) qilish hamda nazoratli o‘lchov ishlari
muhim ahamiyatga egadir.
yerlarni yo‘qlama qilish asosan 1:10000 va 1:5000 masshtabda-
gi plan-xaritalar asosida amalga oshiriladi. sug‘oriladigan yerlar-
ni yo‘qlama qilish ishlari quyidagi bosqichlarda bajariladi:
– tayyorgarlik va tashkiliy ishlar;
– dala ishlari;
– maydonlarni aniqlash va maydonlarni tuzish;
– ishni rasmiylashtirish va hujjatlarni ko‘paytirish;
– yo‘qlama qilish ishlarini ko‘rib chiqish.
tayyorgarlik va tashkiliy ishlar davrida har bir xo‘jalik bo‘yicha
yerdan foydalanish plani, yer balansi va boshqa yer hisobi hujjat-
lari tanlab olinadi. Dala ishlari davomida sug‘oriladigan maydon-
larning to‘g‘riligi aniqlanadi va barcha o‘zgarishlar planga kiri-
tiladi. sug‘oriladigan yerlarni yo‘qlama qilish qaydnomasi ushbu
maydonlarni har bir xo‘jalik bo‘yicha tarqalganligiga asosan,
yer turlarining konturlariga ko‘ra maydonni hisoblash orqali
oli nadi. agarda oldin hisoblab chiqilgan maydon o‘zgarmagan
bo‘lsa, uning qaydnomasidan foydalanib yo‘qlama qilish shakl-
lari to‘ldiriladi. agar xo‘jalik maydonining bir qismi yoki ayrim
bo‘lagida tegishli o‘zgarishlar bo‘lsa, bu o‘zgarishlar yo‘qlama
shakllarini to‘lg‘izishda ko‘rsatib o‘tiladi.
yo‘qlama qilish natijalari har bir xo‘jalik bo‘yicha 3 nusxa-
da dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. yo‘qlama qilish
yakuni tuman bo‘yicha tuman hokimiyati va viloyat hokimiyati
tomonidan ko‘rib chiqilib maxsus qarorlar bilan tasdiqlanadi.
79
yerlarning sifat hisobi deganda, ushbu maydonlarda tarqal-
gan tuproqlarning turli diagnostik belgilari xususiyatlarini kuza-
tish asosida sifati hisobini yuritib borish tushuniladi. tuproqlarni
kuzatish ishlari maxsus-tuproq, agrokimyoviy, meliorativ va geo-
botanik kuzatuvlar natijasida amalga oshiriladi.
tuproq kuzatuvlari ma’lumotlarining aniqligi tuproq turlari
chegaralarini tasvirga olish usuliga hamda xaritaning masshta-
biga bog‘liq. yirik masshtabli planlar joyni aniq va ravshan tas-
virini beradi. bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayot-
gan fermer xo‘jaliklarining planlari, odatdagi aerofototasvirlar
yordamida 1:5000 masshtabda tayyorlanmoqda.
tuproq kuzatuvlari tuproq qatlamining xarakteri bo‘yicha
yerlarning bir tomonlama tavsifini beradi. yerdan to‘g‘ri foydala-
nishni tashkil etish hamda yer baholash ishlarini o‘tkazish uchun
bunday tavsif yetarli emas. shuning uchun tuproq kuzatuvlari bi-
lan bir vaqtda agrokimyoviy va meliorativ, tabiiy yem-xashak yer
turlari maydonlarida esa, geobotanik kuzatuvlar o‘tkazish zarur.
agrokimyoviy kuzatuvlar – tuproqlarning oziqa moddalari bi-
lan ta’minlanganlik holatiga tavsif beradi. bunda azot, fosfor va
kaliy bilan kam, o‘rtacha va yuqori ta’minlangan yerlar alohida-
alohida ajratiladi.
meliorativ kuzatuvlar yer osti suvlarining chuqurligi hamda
yerlarning sho‘rlanganlik darajasi bo‘yicha maydonlarga tavsif be-
ri shni o‘z ichiga oladi. bunda gidrotexnik, agrotexnik, madaniy-
texnik va o‘rmon meliorativ tadbirlar o‘tkazilishi zarur bo‘lgan
yerlar alohida-alohida ajratiladi.
geobotanik kuzatuvlar tabiiy o‘t-o‘lanlarning tarkibi bo‘yicha
tabiiy yem-xashak yer turlarining tavsifini o‘z ichiga oladi.
yerlarni kuzatuv natijalari bo‘yicha tuproq xaritasi tuziladi. xari-
taga tuproq xillarining chegaralari, ularning shifrlari, tuproq lar ning
mexanik tarkibi, shuningdek, tuproq kesimlari tushiriladi.
sug‘oriladigan mintaqalarda o‘tkaziladigan kuzatuvlar natijasi-
da tuproqlar yuqoridagi belgilari bilan bir qatorda sug‘orish dav-
ri hamda madaniylashganlik darajasi bo‘yicha ham alohida-alohi-
da ajratiladi.
sug‘oriladigan davriga qarab sug‘oriladigan yerlar odatda
qadimdan sug‘oriladigan, yangidan sug‘oriladigan hamda yangi-
80
dan o‘zlashtirilgan yerlarga bo‘linadi. shularga mos ravishda
madaniylashganlik darajalari bo‘yicha ham yerlar kuchli madaniy-
lashgan, o‘rtacha va kam madaniylashgan turlarga bo‘linadilar.
asosiy qishloq xo‘jalik yer turlarining sifatiga tavsif berishda
tup roqlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |