Dav kad indd


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana22.11.2022
Hajmi1,15 Mb.
#870138
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
Kitob 1570 uzsmart.uz

Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1. ko‘chmas mulklarni shakllantirish protsedurasi qanday 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
2. tayyorgarlik bosqichi qanday protseduralarni o‘z ichiga 
oladi?
3. ko‘chmas mulklarni shakllantirish joyda qanday ketma-
ketlikda amalga oshiriladi?
4. yer kadastri kitobining mazmuniga nimalar kiradi?
5. yer uchastkasini ajratish qanday bosqichlarda amalga oshi-
riladi?
2.7. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
ko‘chmas mulk kadastri hujjatlarini rasmiylashtirish, ya’ni 
ko‘chmas mulk kadastrini tuzish uchun bir qator tashkiliy-hu-
quqiy va texnologik masalalarni hal qilish zarur. bular qatori-
ga ko‘chmas mulkning qonuniy asosini yaratish, ko‘chmas mulk 
asosini yaratishga doir me’yoriy hujjatlarni yaratish, hududiy ka-
dastr xizmatlarini tashkil etish kabi ishlar kiradi.
ma’lumki, ko‘chmas mulkka asosan yer, bino va inshootlar 
kiradi. ularning huquqiy holatlarini davlat ro‘yxatiga olish, dav-
lat ro‘yxatidan chiqarish, ulardan foydalanishni butunlay yoki 
qisman cheklash kabi masalalar ko‘chmas mulk kadastrida max-
sus rasmiylashtiriladi va bular to‘g‘risida guvohnomalar tuziladi 
hamda ular subyektlarga topshiriladi.
har bir yer uchastkasi, bino va inshootga bo‘lgan huquqlar 
davlat ro‘yxatiga olinadi hamda buning natijasida kadastr hujjat-
lari tuziladi va rasmiylashtiriladi. bu tadbir bundan foydala nish 
huquqini belgilash, bunday huquqni cheklash yoki bu huquq ni 


58
bekor qilish maqsadida bajariladi. Ro‘yxatga olishda ushbu huj-
jatlarning nusxalari va yer uchastkasi tarkibini tashkil etuvchi 
eksplikatsiya, kadastr planining nusxasi, yer uchastkasi chegara-
larini belgilovchi uning tavsifi, chizmasi, yer uchastkasiga che-
garadosh bo‘lgan boshqa yer egalari bilan chegaralar bo‘yicha 
kelishmovchiliklar yo‘qligi haqida hujjatlar, yer uchast kasining 
burchaklari va chegarasining boshqa asosiy nuqtalari ning koordi-
natalari, ularni hisoblash jadvali, boshqa shaxsga vaqtincha foy-
dalanish huquqini beruvchi hujjatlar va hokazolar ko‘rsatiladi.
yer uchastkasi, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni 
ro‘yxatga olish hujjatlarini rasmiylashtirishda ularning huquqiy 
holatini aks ettiruvchi quyidagi hujjatlardan biri bo‘lishi shart:
– yer uchastkasiga bo‘lgan doimiy egalik qilish huquqini 
beruv chi davlat dalolatnomasi;
– yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi 
davlat dalolatnomasi;
– yer uchastkasiga merosiy egalik huquqini beruvchi davlat 
dalolatnomasi;
– yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqini beruvchi 
davlat hujjati;
– yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnoma;
– meros huquqini beruvchi vasiyatnoma;
– yer uchastkasini berishga doir mahalliy hokimiyat organlari-
ning qarorlari;
– sudning qarorlari;
– yer uchastkasini kimoshdi savdosi orqali olinganligini tas-
diqlovchi hujjatlar;
– savdo va xizmat ko‘rsatish binolarini xususiylashtirish nati-
jasida yer uchastkasi bilan birgalikda huquqini tasdiqlovchi huj-
jatlar;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy dav-
latlarning diplomatik vakolatxonalariga va boshqa xalqaro tashki-
lotlarga sotilgan yer uchastkalari va ulardagi bino-inshootlardan 
foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
– xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 
turar joy binolari, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalik-
da foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.


59
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish hujjatlarini 
rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi ma’lumotlar va ko‘rsatkichlar 
keltiriladi:
– yerdan foydalanuvchi (ijarachi)ning nomi;
– yuridik manzili;
– yer uchastkasiga doir huquqiy hujjatning turi;
yerdan foydalanish muddati;
– yer uchastkasini berish haqidagi (hujjatning nomi, raqami, 
kim tomonidan va qachon berilganligi haqidagi ma’lumotlar);
– yer maydoni ga yoki kv.(hujjat bo‘yicha qanchaligi va joyda 
haqiqiy qanchaligi, bundan tashqari qanchaligi);
– yer uchastkasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi guvoh-
nomaning raqami va berilgan vaqti;
– yer uchastkasidan vaqtinchalik foydalanish (servitutlar) ha-
qida va boshqa cheklashlar haqida ma’lumotlar.
kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish davrida kadastr tasvirlovi-
ni bajaruvchi mutaxassis tomonidan yer uchastkasi chegaralarini 
chegaradosh yer egalari bilan birga belgilanganligi va to‘g‘ri ekan-
ligini har ikkala tomondan kelishilganligi to‘g‘risida dalolatnoma 
tuziladi (1-shakl).
1-shakl
_________________
«tasdiqlayman»
_________________
ko‘chmas mulk kadastri 
(shahar, qo‘rg‘on) xizmati boshlig‘i
(imzo)____________
(F.i.sh)___________
«__» _______20__y
yer uchastkalarining belgilanganligi va chegaradosh yer ega-
liklari bilan kelishilganligi haqida

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish