Buyuk urush yoxud barcha urushlarni to’xtatgan urush
1914 – yilning 28 – iyunida birinchi butun jahon urushi boshlandi. Avstriya – Vengriya tojining merosxo’ri Frans Ferdinandga suiqasd uyushtiriladi. Natijada, butun Evropa bo’ylab urush to’polon boshlanib ketdi. Tez suratda ko’plab mamlakatlarning shiddat bilan urushni boshlab yuborishi hanuzgacha jumboq bo’lib qolmoqda. Ba’zilar, buning boisi yer va boylik ilinji deb hisoblasalar, ba’zilar bir – birlariga yordam berishgan degan vajni bahona qilib ko’rsatishadi. Qanday sabab bo’lganidan qat’iy nazar, ko’pchilik urushning umri qisqa bo’lishiga ishonishardi. Aslida esa, bu haqaqatdan yiroq edi. Birinchi jahon urushi deb nom olgan bu balo qariyb to’rt yilga cho’zildi. Aynan shu urushda, insoniyat tarixida ilk bor kimyoviy qurollardan, bombardimon samalyotlar va jangavor tanklardan foydalanildi. Evropada kashf qilingan o’lim mashinalaridan butun dunyo dahshatga tushdi. 1917 – yilga kelib AQSH urushga qo’shildi. Nihoyat, 1918 – yilning 11 – noyabrida tinchlik to’g’risidagi deklarasiya imzolanadi. Roppa – rosa to’rt yil davom etgan urushda to’qqiz milliondan ziyod kishi jang maydonlarida qurbon bo’ldi.
Olam va Gravitatsiya
Eynshteyn nazariyasi qanchalik murakkab bo’lmasin, uning g’oyalarini oddiy bir diagrammada ifodalash mumkin edi. Tasavvur qiling koinot tekislik bo’lib, tarang tortilgan. Endi o’g’ir bir sharni tekislikka joylashtiring, shar turgan joy cho’ka boshlaydi va tekislikda teshik paydo bo’ladi. Jism og’irlashgani sayin teshik chuqurlashadi. Endi boshqa bir sharni teshik tomonga yo’naltiring. Ikkinchi shar jismning cho’kkan joyi atrofida aylana boshlaydi. Bu Eynshteynning sayyoralar quyosh atrofida, oy esa yer atrofida aylanishining isboti edi.
8
Tadqiqotlar Eynshteyn nazariyasini yuzaga chiqishiga yordam berdi
1918 – yilga kelib urush tugadi, bundan Eynshteyn juda xursand bo’ldi. Nihoyat Germaniyada urush o’chog’i o’chgan bo’lsada, Berlinda hayot murakkabligicha qolaverdi. Nemislar ko’chalarda mamlakatni boshqarish uchun g’alayonlar qilar, kundan – kunga oziq – ovqat tanqislashib borardi.
1919 – yilga kelib ham Eynshteyn hamon dardni yengish uchun kurashardi. U tez- tez skripka chalar, asta- sekinlik bilan universitetdagi o’quv mashg’ulotlarini boshlagan edi. Nihoyat, shu yilning fevral oyida Zurix sudi uning Miliviya bilan nikohini bekor qildi. Oradan bir necha oylar o’tib, ikkinchi iyunda u Elsa bilan turmish qurdi. Elsaning ham yoshi Miliviyaniki kabi Eynshteyndan katta bo’lib, u maftunkor ayol ayni paytda Eynshteynga juda g’amxo’r va mehribon edi. Biroq u ilm – fanga umuman qiziqmasdi. U har doim Eynshteynning osyishta ishashi uchun yaxshi sharoiit yaratib berishga harakat qilar, mazali taomlar pishirishdan charchamasdi. Uning Ilse va Margot ismli ikki nafar qizlari bo’lib, ular Eynshteynga ota deb murojaat qilar, o’z navbatida Eynshteyn ham ularni o’z qizlaridek ko’rardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |