Kurs loyihasini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Kurs loyhasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikma hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik echimlar qabul qilish va zamonaviy texnik va texnologiyalarni qo’llash ko’nikmalarini hosil qilishdir. Kurs ishi talaba faoliyatining muhim va murakkab shakllaridan biri bo’lib, maxsus psixologiya (oligofrenopsixologiya, surdopsixologiya, tiflopsixologiya, logopsixologiya) kursiga oid bilimlar sistemasini mustaqil o’zlashtirishni ta`minlovchi samarador ish turlaridan hisoblanadi. Kurs ishi yordamida talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik tayyorgarligi, ilmiy-metodik fikrlashi, amalda ko’rgan va bilganlarini umumlashtirish ko’nikmalari sinab ko’riladi.
Kurs ishini bajarish jarayonida talaba:
Tanlangan kurs ishi mavzusi bilan bog’liq nazariy bilimlarini mustaqil ravishda puxta o’zlashtirib oladi.
Tilshunoslik, psixologiya, pedagogikaga oid, xususan, psixologiyaga oid adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy tahlil qiladi va ularga munosabat bildiradi, adabiyot ro’yxatini tuzishga o’rganadi.
O’zining shaxsiy pedagogik tajribalariga asoslanadi. Ilg’or o’qituvchilar, psixologlar, tajribalarini o’rganadi, ularni tajriba-sinovdan o’tkazadi.
Mavzuni yoritishga, reja tuzishga, kichik tajriba o’tkazishga, zarur didaktik materiallar va ko’rgazmali qurollar tanlash va tayyorlashga, tajriba natijalarini tizimiga solishga va shu asosda kerakli xulosalar chiqarishga o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya fanidan kurs ishi loyhasining tahminiy mavzulari:
Aqli zaiflik muammosi, aqli zaif bolalar ruhiyatining rivojlanish xususiyatlari.
Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari.
Aqli zaif bolalarning ijtimoiy moslashuvi.
Aqli zaif bolalarning nutq faoliyati.
Aqli zaif bolalarning faoliyat xususiyatlari.
Aqli zaif bolalarning shaxs xususiyatlari.
Aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari.
Aqli zaif bolalarning xarakter xususiyatlari.
Aqli zaif bolalarning o’z-o’zlariga baho berish xususiyatlari.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotira xususiyatlari.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkur va xotira xususiyatlari.
Aqli zaif bolalar ruhiyatini o’rganishning psixologik xususiyatlari.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning idrok xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning xotira xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning diqqat xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning fazoviy tasavvurlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tafakkur xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar hissiyotining o’ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |