Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Oligofrenopsixologiya fanida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlari o’quv rejada ajratilgan soatlar xajmida, shuningdek dasturda ko’rsatilgan mavzular buyicha o’tkaziladi.
Oligofrenopsixologiya fani amaliy mashg’ulotlari mavjud darslik va dastur va darsliklarga, metodik adabiyotlarda berilgan ma`lumotlarga, dars jarayoniga talabalarni ijodiy munosabatini tarbiyalaydi. Ularda kasbiy ko’nikma va malakalarini hosil qiladi.
Oligofrenopsixologiya fanida amaliy mashg’ulotlarining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
- aqli zaif bolalarni ta`lim-tarbiya jarayoni, aqli zaif bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, oligofrenopsixologiya fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida mustaxkamlash, chuqurlashtirish talabida kasbiy malakalarini shaklantirish; talabada kasbiy malakalarni shakllantirish; talabalarning metodik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; talabalarni maxsus ta`lim buyicha maxsus muassasalarda defektolog ish faoliyatini kuzatish; ilg’or tajribalarini o’rganish va tahlil qilishga o’rgatish; korrektsion-tarbiyaviy ish jarayonini tahlil qilish va baholash.
Amaliy mashg’ulotlar talabalarning pedogogik va metodik tayyorgarligini oshirishga, tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilish lozim.
Amaliy mashg’ulotlarning mavzulari:
Aqli zaif bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlari. Bu mavzu bo’yicha talabalar ma`ruzada olgan bilimlarini yanada kengaytiradilar. Ular maxsus adabiyotlardan ruhiy-jismoniy nuqson turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumotlarni yozib oladilar. M.S.Pevzner tavsifnomasini atroflicha o’rganadilar. Kasalliklari davom etuvchi, kasalliklari davom etmaydigan bolalarning psixologik xususiyatlari haqidagi amaliy bilimlar bilan qurollanadilar.
Aqli zaif bolalar ko’ruv, eshituv, taktil va idrokini tekshirish rejasini tuzish.
Aqli zaif bolalarning ko’ruv, eshituv, taktil, idrokni tekshirish.
Aqli zaif bolalarning diqqat va xotirasini tekshirish rejasini tuzish.
Aqli zaif bolalarning diqqat va xotirasini tekshirish.
Aqli zaif bolalarning tafakkur va nutqini tekshirish rejasini tuzish.
Aqli zaif bolalar tafakkur va nutqini tekshirish.
Aqli zaif bolalar shaxs rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini tekshirishning ma`lum usul va uslublarini o’rganish va tekshirish rejasini tuzish.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish natijalarini sifat va miqdor jihatidan tahlil qilish. Nuqsonli bolalar va o’quvchilar shaxsidagi ijobiy va salbiy xususiyatlarni o’rganish. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda o’zaro munosabatlarni o’rganish.
Maxsus maktab o’quvchilarini o’yin, o’quv, mehnat faoliyati xususiyatlarini o’rganish.
Aqli zaif bolalarning faoliyatini kuzatish, kichik maktab yoshida o’quv va mehnat faoliyatining ahamiyati va uni shakllantirish usullaridan foydalanish. O’yin, o’quv va mehnat faoliyatining bilish jarayonidagi kamchiliklarni ko’rsatishdagi roli va o’rnini aniqlash.
Aqli zaif bolalarga psixologo-pedagogik tavsifnoma tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |