Daryolarning to’yinish manbalari hissasini miqdoriy baholash Daryolarning iqlimiy tasnifi



Download 41,36 Kb.
bet2/6
Sana17.07.2022
Hajmi41,36 Kb.
#815083
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daryolarning to’ynish manbalari

Daryolarning to’yinish manbalari
Yer kurrasidagi barcha daryolar to’yinishining asosiy manbai atmosfera yog’inlaridir. Yomg’ir ko’rinishida tushgan yog’inlar yer yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to’yini­shining bevosita manbai bo’ladi. Agar yog’in qor ko’rinishida yog’sa, u yer sirtida yig’ilib, havo harorati ko’tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo’lgan suvlar ham daryolar to’yinishida qatnashadi.
Yer yuzasining baland tog’li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor za­hirasini boyitib, doimiy qorliklar va muzliklarni to’yintiradi. Ana shu baland tog’lardagi asriy qorliklar va muz­liklar suvi daryolar to’yinishining yana bir manbai hi­soblanadi.
Yomg’ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo’shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o’zaniga sekin astalik bilan qo’shiladi, natijada daryo­larda doimiy suv bo’lishi ta’minlanadi. Shunday qilib, daryo­lar to’yinishining to’rt manbai mavjuddir: yomg’irlar, qor qoplami, baland tog’lardagi muzliklar, yer osti suvlari.
Iqlimning daryolarning to’yinishidagi ahamiyati va ularning suv rejimiga ta’sirini iqlimshunos olim A.I.Voyey­kov o’zining 1884 yilda chop etilgan "Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari" kitobida aniq yoritib bergan. Mazkur kitobda qayd etilgan "daryolar o’z havzalari iqli­mining mahsulidir", degan ibora hozir ham o’z kuchini yo’­qotmagan.
Hozirgi paytda bu fikr birmuncha keng ma’noda, ya’ni "daryolar­havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhi­tida iqlimning mahsulidir", deb ta’riflanadi. Natijada iq­limning yetakchi hissasini ta’kidlash bilan birga, land­shaft sharoitlari­havzalarning geologik tuzilishi, tuprog’i, o’simligi va boshqa omillarning ahamiyatiga urg’u beriladi.


Daryolarning iqlimiy tasnifi
«Daryolar o’z havzalari iqlimining mahsuli», degan xu­losaga asoslangan holda A.I.Voyeykov "daryolar suv reji­mi­­ning xususiyatlaridan iqlim indikatori sifatida foy­da­­lanish mumkin", deb hisoblaydi. Shu fikrga asoslanib, u daryolarning iqlimiy tasnifini ishlab chiqdi. Ushbu tas­nifda Yer kurrasidagi barcha daryolar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi:
1. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar. Bu guruh o’z navbatida uch turga bo’linadi: 

a) tekislikdagi va balandligi 1000 m gacha bo’lgan hu­dudlardagmuzliklar suvi hisobiga to’yinadigan daryolar. Bunday daryolar shimoliy hududlarda joylashgan

b) tog’lardagi qor va muzliklar hisobiga to’yinadigan daryolar. Ushbu turga misol qilib O’rta Osiyo daryolarini ko’rsatish mumkin. Bu daryolarda to’linsuv davri yozda ku­zatiladi; 

v) bahor va yozning boshlarida qor suvlari hamda yomg’ir suvlari hisobiga to’yinadigan daryolar. Masalan, Ob, Yeni­sey, Lena, Ғarbiy Yevropa daryolari, AQSh ning shimolidagi daryolar. Bunday daryolarda suvning ko’tarilishi yil da­vomida ikki marta kuzatiladi.

Download 41,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish