Dars turi; yangi bilim beruvchi
Dars usuli:savol-javob
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, jadvallar.
Darsning rejasi:
1. lug'at turlari va ulardan foydalanish haqida
2. Mashqlar bajarish
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
a)salomlashish b)davomatni aniqlash d) she’riy daqiqalar
Uy vazifasini so’rash va baholash.
Mustahkamlash.
1 Lug'at deb nimaga aytiladi?
2. Lug'atshunoslik deganda nimani tushunasiz.
YANGI DARSNING BAYONI
1-topshiriq. Ona, ota, aka singari so'zlarning ingliz tilida qanday nomlanishini bilmoqchisiz. Bunday vaqtda qanday lug'atdan foydalanasiz?
2-topshiriq. Bosh, qora so'zlarining qanday ma'nolarni ifodalashi haqida qayerdan ma'lumot olishingiz mumkin.
Tildagi barcha so'zlarning qanday ma'nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug'at izohli lug'at hisoblanadi.
Bir tildagi so'z ikkinchi tilda qanday so'zga teng kelishini ko'rsatuvchi lug'at tarjima lug'ati sanaladi.
So'zlarning to'g'ri yozilishini ko'rsatuvchi lug'atga imlo lug'ati deyiladi.
Lug'at oldiga qo'yilgan maqsadiga ko'ra bir necha turlarga , bo'linadi; izohli lug'at, tarjima lug'ati, imlo lug'ati va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |