Klan Klan bir oiladan ko‘ra kattaroq bo‘lgan qarindoshlik guruhidir. Bunda klan a’zolarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlik bog‘lanishlar bo‘lmasada, ajdodlari bir bo‘lib bir-birlari bilan munosabatlari shajaraviy jadvalga qarab kо‘rib chiqishadi. Klanlarda avlodlarda ajdodlariga nisbatan afsonafiy qarashlar mavjud bo‘ladi.
Klanlarga a’zolik nasldan-naslga o‘tib boraveradi. Klanlar a’zolari odatda bir-birlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lishadi va ijtimoiy jihatdan muhtojlik holatlarida yordam berishadi.
Klan a’zolar ajdodlaridan qolgan ramzlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi. Ular bu ramz doimo ulaming amaliy hayotida yordam bermasligini bilishsada, nasldan naslga meros sifatida berib borishadi.
Klanlar kelib chiqish asosiga ko‘ra bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ota tomonlama klanlar. Klanlar a’zolari o‘zlarini shajarasini ota-tamonlama tuzib chiqishsa, ota tomonlama klanlar deb ataladi. Har bir o‘g‘iI farzand klanni nomini о‘ziga meros qilib oladi, lekin qizlar boshqa oilaga borgandan so‘ng, o‘sha joydagi klan nomini o‘zlashtirib nomini o‘zgartiradi.
2. Ona tomonlama klanlar. Bunday klanlarda ona nomi saqlanib qoladi. Bu asosan Hindiston janubiy hududlarida kuzatiladi.
3. Ajdodli klanlar. Bu klanda klan a’zolarini ayol yoki erkak ekanligi muhim rol o‘ynamaydi, faqatgina ajdodlarga tegishli ekanligi ahamiyatli hisoblanadi.
4. Ramzli klanlar. Bunda asosan ajdodlaridan meros qolgan va shu asosida o‘zaro birlashib turadigan qarindoshlar guruhiga aytiladi.
5. Hududiy klanlar. Bunda asosan klan a’zolari o‘zlarining kelib chiqqan hududlari, o‘xshashliklari yuzasidan o‘zaro mustah- kam aloqaga kirishishadi. Bunda qarindoshlik muhim rol o‘ynamasada, o‘zaro bir-birini tushunish va o‘zaro ishonchining mavjudligi muhim rol o‘ynaydi.
Klanlarning funksiyasi:
- Klanlar o‘zing a’zolariga birodarlik rishtalarini ta’minlaydi;
- Klanlardagi ayol va erkaklar bir-birlari bilan aka- singillaridek munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi;
- Klan o‘zining a’zolarini ijtimoiy me’yorlami buzgan holatlarida jazolashi ham mumkin;
- Klan hukumatdek harakatlanadi. U faqat inoqlik mavjudligini ta’minlash uchun hukm chiqirib qolmasdan, turli fail sanksiya qo‘llashi ham mumkin;
- Klanlar mulkga egalik qilish ustidan nazorat o‘rnatadi;
- Klan a’zolari o‘zlarining diniy va turli tantanalarda o‘zaro birlashishi ta’minlaydi.
Qarindoshlik Antropologiyadagi muhim tushuncha bu - “qarindoshlik” tushunchasidir. Oddiy jamiyatlarda qarindoshlik munosabalari juda keng, fundamental va ta’sirchan bo‘lib, uning natijasida “ijtimoiy tizimlar” o‘zining barqarorligi saqlaydi. Lekin mukammalroq jamiyatlarda qarindoshlik me’yoriy shaklda ijtimoiy munosabatlaming bir qismi sifatidagina qaraladi. Sotsiologlar oila sotsiologiyasini o‘rganishdan tashqari holatlarda buning muhimligini ta’kidlashmaydi, Antropologlar bu borada ko‘proq muhim bo‘lgan qarama-qarshi tushunchalami berishadi, chunki qarindoshlik va oila antropologik izlanishlarda fokusli tushunchalari keltirib chiqaradi. Har qanday jamiyatda har bir voyaga etgan shaxs ikki xil nuklear oila a’zosi hisoblanadi. Misol uchun: Kishi o‘zi tug‘ilib voyaga etgan oilasi va voyaga etib nikohdan keyin o‘zi paydo qiladigan oilasi. Qarindoshlik ijtimoiy guruhlaridek bo'lmasa ham, shaxslami о‘zaro birlashtirib turadi. Bu bir butunlikda tuzilmaviy jihatdan odamlami munosabatlar asosida birlashtirib turishga xizmat qiladi.
Qarindoshchilik asoslari asosan qondoshlik asosiga quriladi. Bu asosan an’anaviy jamiyatlarda o‘zini yaqqol namoyish etadi. Qarindoshchilik qadimda ona tomondan belgilangan bo‘Isa hozirda ota-tomon ustun hisoblanadi.
Nasl qoidasi - “Nasl” bu shaxslar o‘rtasidagi mavjud biologik munosabatlarning ijtimoiy tan olishdir. Qarindoshlik aloqalari deyarli barcha jamiyatlarda juda muhim hisoblanadi. Shubhasizki, shaxs doimo qarindosh kishisiga nisbatan o‘zini majburiyati sezadi va o‘z navbatida qarindosh kishisidan huddi shuni kutadi. Naslnig qoidasiga muofaqiyat va meros bog‘liq holda bo‘ladi.