Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert
Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo’q
qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil
etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat,
kommunizm) o’rnatish talabi bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb
qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning vujudga
kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |