Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


I-BOB. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING PREDMETI VA O’RGANISH USULI



Download 3,72 Mb.
bet3/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

I-BOB. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING PREDMETI VA O’RGANISH USULI

    1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining ahamiyati va uning maqsadi

Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani insonlarni iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g’oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo’nalishlari, ularning asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o’ziga xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog’lab o’rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal bo’lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to’g’ri tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda odamlar iqtisodiyot to’g’risida imkoni boricha ko’proq bilishga intilmoqdalar.Xo’sh,ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o’rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug’ilishi tabiiy.
Iste’molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar (odatda er, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil variantlar (hohish istaklar) o’rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday taqsimot bir tarafdan iste’molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi kerak, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne’matlarni etkazib berishni ko’paytirish kerak.1
Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to’la hal etishda o’tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o’tgan donishmandlarning fikrmulohazalari hozirgi va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog’i velosipedni qayta kashf qilishga  hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko’p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo’lganidan so’ng, yozma manbalardan bizgacha etib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g’oyalar, avvalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o’rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo’lsa,ulardagi nodir fikrlarni hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Iqtisodiyot baynalminal hodisa bo’lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g’oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot,kontsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar,sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o’rganish manbalari turli tuman bo’lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne’matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og’zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo’lib, qo’lyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlar-ning yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o’rnini egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida qadimgi qo’lyozmalar o’ta ahamiyatlidir. Masalan,O’zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors,qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qo’l-yozma mavjud.Lekin bu qo’lyozmalarni o’rganishda ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv kamchiliklar mavjud.Xuddi sutning qaymog’ini olish oson bo’lganidek,bu qo’lyozmalardagi entsiklopedik g’oyalardan muhimlarigina o’rganilgan,iqtisodiyot tafakkuri bilan bog’liq bo’lgan materiallar hali o’z tadqiqotchilarini kutib  yotibdi.
Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g’oyalar zamonaviy iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo’shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo’lmagan boshqa g’oyalarning zamonaviy iqtisodiy ta’limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini ko’rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdir.
Kitobda iqtisodiy nazariyadagi asosiy uslubiy masalalar, iqtisodiy nazariyaning fan sifatida rivojlanishi va o’sha davrning iqtisodiy holati o’rtasidagi bog’liqlik, hamda yaratilgan nazariyaning mazmunini to’laroq tushuntirib beruvchi uning ichki bog’liqliklari va ishlash mexanizmlari ko’rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bundan tashqari, kitobda alohida olingan g’oya va fikrlarning iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidagi ahamiyati va o’z o’rnida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat shakllanishidagi ahamiyati tushuntirilgan. Tabiyiki, bu iqtisodiy ta’limotlar kishilarning dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning dunyodagi voqeliklarni o’z ongida aks ettirishidir. Iqtisodiy nazariya esa ana shu dunyoqarashni soddalashtirilgan shakli modellardan tashkil topadi. Alohida olingan iqtisodchining qarashlarini tushinish uchun uning ham dunyoqarashi, ham nazariy modeli qanday ekanligini o’rganish lozim.2
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o’rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi iqtisodchi bo’lishdir. O’tmishning va hozirning eng muhim iqtisodchilari o’z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo’lganlar. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’qish, nazariy va mantiqiy qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog’lashga imkon beradi, o’z fikridan farqli bo’lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o’rgatadi.
O’tmish g’oyalarini o’rganishning yana bir sababi yangi g’oyalarni shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o’rganish ko’pincha yangi g’oyalarni yaratishga undaydi. Ba’zan nazariyalar o’tmishda yo’qolib ketishadi va kelajakka etib bormaydi yoki ular ma’lum vaziyatlargagina bog’liq bo’lib qolishadi. 1815-yillarda renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalarining rivojlantirilishi bunga yaxshi misol bo’ladi. Yani renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tadbiq etilmaguncha faqatgina erga nisbatan ishlatilgan.
Shunday qilib zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini o’rganish orqali ortodoksal g’oyalardan farqli bo’lgan, lekin hozirgi kun iqtisodiy nazariyalarning mazmunini shakllanishiga yordam bergan g’oyalarni esdan chiqarmagan holda, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko’lami va mazmuniga qo’shimcha ravishda o’sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o’rtasidagi bog’liqlikka ham e’tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g’oyalarning rivojlanishi orqali iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi ahamiyatini ko’rsatib o’tishimiz zarur3.




    1. Download 3,72 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish