IV. Yangi o’quv materiallarini mustahkamlash. (23 daqiqa)
Matn bilan ishlash.
V. Darsni yakunlash va baholash. (2 daqiqa)
O’qituvchi o’tilgan yangi dars mavzusi bo’yicha, matn so’zlarini muhokama qilish. Shu orqali o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni tushuntirib o’tish.
VI.Uyga vazifa. (2 daqiqa) O’tilganlarni takrorlash.
7-sinf
1-soat
Dars mavzusi: Milliy urf-odatlarimiz
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsadi: o’zbek tilida milliy urf-odatlarimiz haqida umumiy ma’lumot berish, ularning turlarini yozish orqali nutqdagi qo’llanishlari yuzasidan mashq va topshiriqlarni bajarishda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga milliy urf-odatlar, an’analarni o’rganib borishi, ularni e’zozlab, hayotga tadbiq qilish kerakligini uqtirish, milliy va umummadaniy, kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: og’zaki va yozma nutqiy ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatish, xotira va tasavvurlarini rivojlantirish, kommunikativ, milliy kompetensiyalarini shakllantirish.
Dars turi: ananaviy, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Dars uslubi: “Zanjir”, “Klaster” usullari, rolli o’qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |