IYEZUITLAR ORDENI (lot)- katolik monaxlik ordeni. Iso tarafdorlari; Iso jamiyati deb atalgan diniy orden. Ordenni Ispaniyada 1534-yilda Ignadi Loyola ta’sis etgan, Rim papasi uni e’tirof etgan (1540); Ordenni kontrreformatsiyaning asosiy quroliga aylandi. XVI-XVII asrlarda yashirish o’ldirish, aldash, josuslik, ayrim davlatlarning ichki ishlariga aralashish kabi usullarni keng miqyosda qo’llanish bilan katolik reaksiyasi manfaatlariga xizmat qilgan. Papa 1763-yilda tarqatib yuborgan. 1814-yilda qayta tiklangan.Orden faoliyati faqat Yevropada emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy va Flippinda ham tarqalgan. 1610-1768-yilda Paragvayda iyezuitlar davlati ham bo’lgan.
IYEZUIT-XVI asrda umuman Rim papasi va katolik cherkovining hokimiyatini kuchaytirish uchun tuzilgan eng reaksion katolik monaxlik ordenlaridan biri-,Iso jamiyati “ning a’zosi. Ordenning boshlig’i bevosita Rim papasiga itoat etgan. Iyezuit faqat cherkov ishlari bilangina shug’ullanib qolmay, siyosiy va g’oyaviy hayotda ham aktiv qatnashgan. Uning ixtiyorida ko’p tillarda chiqadigan mingdan ortiq gazeta va jurnallar bore di.
JAHON SOBORLARI – xristianlikda oliy soborlar yig’ilishlari, bunda belgilangan nizom asosida delegat qilingan mahalliy xristian cherkovlarining vakillari ishtirok etishgan . J.S da diniy ta’limot va diniy marosim sistemasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, kanonik normalar hamda ibodat qilish qoidalari shakllantirilgan, ilohiyotdagi turli konsepsiyalarga baho berilgan, bidiatchilikka qarshi kurash usullari belgilangan. Xristian cherkovlari J. S. ni Vizantiya imperatorlarinng tashabbusi bilan o’tkaza boshlagan, imperatorlarning o’zi ko’pincha soborlarga raislik qilgan hamda qabul qilingan qarorlarni davlat qonuni darajasiga ko’targanlar. I jahon sobori – Nikeya sobori (325) , II jahon sobori – Konstantinapol sobori (381) , III jahon sobori – Efes sobori ( 431 ).
JAKERIYA, JAK ( fr )-jak-gul; O’rta asrlarda Fransiyada feodallar tomonidan dehqonlarga qo’yilgan laqab. Fransiyada 1358-yil bahorida Gilomkal boshchiligida ko’tarilgan dehqonlar qo’zg’oloni. Fransiyada yuz yillik urush (1337-1453) natijasida vujudga kelgan iqtisodiy tanglik feudal zulmning kuchayishi, yollangan askarlarning talon taroji va yangi soliqlar solinishi, 1347-yilda vabo (qora o’lim) vaqtida ma’murlarning adolatsizligi feodallar zulmiga qarshi Pikorlida ko’tarilgan, Shampanni ham qamrab olib, Parijgacha yoyilgan qo’zg’olon. 1353-yilda qo’zg’olon bostirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |