IMMUNITET (lot. immunitas – nimadandir qutulish, xalos bo’lish) – o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada feodalga taqdim etilgan muayyan hududda ayrim vazifalarni bajarish huquqi; Immunitet qaram dehqonlarni g’ayriiqtisodiy usul bilan majburlash va ularni krepostnoyga aylantirish usullaridan biri edi.
INDULGENSIYA (lot)- xudoning marhamati, shafqati, muruvvati, Cherkov ta’limotiga ko’ra, Rim papasi va katolik cherkovi nomidan olingan Iso va avliyolarning dindorlarga xizmatlari evaziga “gunohlarini” to’la va qisman kechirish haqida pul barobariga yoki cherkov oldida ko’rsatgan xizmatlari uchun bergan yorlig’i; katolik cherkovi XII-XIII asrlardan boshlab indulgensiya sotishni keng miqyosda amalga oshirgan, u katolik cherkovi va ruhoniylar uchun asosiy daromad manbayi bo’ldi. Indulgensiya sotish XVI asrda reformatsiya kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri edi. Indulgensiyani pullash katolik cherkovi hozirgi faoliyatining ham xarakterli xususiyatidir.
INKVIZITOR - Katolik cherkovining maxsus tribunali . - imkvizitsiya asosiy yoki boshligi’.Oliy Inkivizitor hudo uning o’ribosari esa Rim papasi hisoblangan. Inkivizitorlar maalliy yepiskop bilan kelishib ish olib borganlar, uning ruhsati va ishtirokida tergov olib borilib hukm chiqarilgan. Yepiskopning o’zi autobafeda raislik qilgan.
INKVIZITSIYA – ( lot. Qidiruv, tergov ) – katolik cherkovining bidiatga papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish uchun XIII asrda ta’sis etilgan tribunal. Inkivizisiya Tarixini uch davrga bo’lish mumkin: boshlang’ich davr Inkivizisiya. Si (XIII-XV asrlar ) bu davrda feodal tartibga qarshi qaratilgan xalq sektantlik harakatlari taqib etilgan. Uygonish davri ( XVI-XVII asrlar ) madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratilgan. 1480-yili dominikochi Tomas Tork Vemada boshchiligida yangi Inkivizisiya tuzilgan.1789-yil fransuz inqilobiasi fransiyadagi Inkivizisiya faoliyatiga xotima yasadi.
INTENDANT (frans. intendant – boshqaruvchi , mudir) – 1) XV-XVIII asrlarda Fransiyada davlat boshqaruvining alohida sohasini boshqargan mansabdor shaxs; XVII-XVIII asrlarda, shuningdek, sud-politsiya, moliya va bazi joylarda qisman harbiy hokimyatni boshqargan viloyat Intendantlari ham mavjud bo’lgan.2) qurolli kuchlarda qo’shin ta’minoti masalalarini hal qiluvchi shaxs.
INTERDIKT (lot. interdictum – taqiqlash) – katolik cherkovida papa yoki yepiskop tomonidan joriy etilgan toat-ibodat va diniy marosimlarni vaqtinchalik taqiqlash. Ko’pincha shahar yoki mamlakatning barcha aholisiga, kamdan-kam xollarda esa alohida shaxslarga qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |