MAVRLAR (lot. mauri, yunon. mauros – qora so’zidan) – 1) qadimgi rimliklar mil.avv III asrga qadar Shimoliy Afrikadagi romanlashgan barcha mahalliy aholini mavrlar deb atagan. Bu nom qadimgi barbarlarning ko’chmanchi qabilasi va ularning davlat uyushmasi – Mavritaniya nomidan olingan. Mil.avv 33-yildan Mavritaniya Rim provinsiyasiga aylangan; 2) O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada Pireney yarimoroli va Shimoliy Afrikaning g’arbiy qismidagi musulmon aholi – arablar va barbarlarga berilgan nom; 3) shuningdek XVI asrda ispanlar Flippin arxipelagidagi Mindanao orollari aholisini Mavrlar deb atagan.
MAYORDOM (kechki lot. major domus – uy oqsoqoli) – Franklar davlatida merovinglar davrida (V asr oxirlari va VIII asr o’rtalari) oliy mansabdor shaxs. VII asr o’rtalaridan mayordomlar malum darajada davlat hokimyatini o’z qo’lida to’play boshladilar. Mayordom Pipin Pakana 751-yili karolinglar sulolasiga asos soldi.
MEDIYEVISTIKA (lot. medius – o’rta, aveum – asr, davr) – tarix fani bo’limi, Yevropaning o’rta asrlar davri tarixini o’rganadi. Uning yuzaga kelishini uyg’onish davri tarixchi – gumanistlari ishlari bilan bog’lashadi. Marifatchilik davrida Mediyevistika alohida fan tarmog’iga aylandi. Mediyevistika rivojiga Fransua Gizo, Mark Blok, Lyusek Fevr va boshqa olimlar katta xissa qo’shdi.
MIKADO (yapon. ayni manosi ulug’vor darvoza) – Yaponiyada qadimdan oliy hukmdorning unvoni. Hozir iste’moldan chiqqan, uning o’rniga “tenno” atamasi ishlatiladi. Istilox nafaqat monarxning o’zini, balki uning uyini, saroyini, hatto davlatini anglatishi mumkin edi. Yaponiyaning 124-imperatori Xiroxito 2-jahon urushidagi mag’lubiyatdan so’ng g’olib talabi bilan imperatorning iloxiyligini yolg’on tushuncha deb e’lon qilgan.
MINESTERIALLAR (lot. minesteriales, ministerium – xizmat, lavozim so’zidan) – o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada mayda ritsarlar tabaqasi, kichikroq lenlarni boshqarishgan va monarx yoki yirik feodalga harbiy xizmat o’tashga majbur bo’lishgan. Minesteriallar qatlami unvonga ega bo’lmagan xizmatkor kishilarni ozod qilish va imtiyozlarini kengaytirish asnosida shakllangan.
MITROPOLIT (yun.)-ayrim pravoslav cherkovlarida patriarxdan keying oliy diniy unvon. Rim imperiyasida IV asrdan, Rossiyada XI asrdan mavjud. Rus pravoslav cherkovining boshlig’i bo’lgan Mitropolit. Dastlab Vizantiya patriarxi tomonidan yuborilib turilgan so’ngra Rossiyada Mitropolit patriarxlik qilib qayta tuzilgan, (1589-yil ) rus yepiskoplari ichidan saylab qo’yiladigan bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |