KATOLITSIONIZM (yunon. katholikos – umumiy, asosiy) – xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsionizm diniy talimot va cherkov tashkiloti sifatida, 1054- yili cherkovlarning bo’linishidan keyin yuzaga keldi. Katolik cherkovi qat’iy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan – bir boshlig’i – Rim papasi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsionizm hukmron diniy ta’limot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining ko’pchiligini tashkil etadi.
KAVALER (frans. cavalier, ital..cavaliere – chavandoz, ritsar, lot. caballus – ot so’zidan) – o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ritsar, diniy-ritsarlik ordeni a’zosi; XVIII asrdan zodagonlar unvoniga aylangan.
KAVALERIYA (frans. cavaleria) – otliq askarlar, suvoriylar. Quruqlikdagi qo’shin turi. Qadimda va o’rta asrlarda qo’shinning asosiy turi hisoblangan. XIX asr o’rtalarida harbiy texnikaning rivojlanishi natijasida Kavaleriyaning ahamiyati pasaygan. XX asrning 50-yillarida tugatilgan.
KERLLAR (qad. ingl. ceorl – ayni ma’nosi odam) – ilk o’rta asrlarda Angliyada erkin jamoa a’zolari. Kerllarning shaxsiy huquqlarga egaligi va ozodligi ancha katta vergelddan ham ko’rinadi. Kerllar xo’jaligining asosini gayda deb nomlangan chek yer tashkil qilgan. Kerllarda gaydani meros qoldirish huquqi mavjud edi.
KLERIKALIZM (lot.clericalis – cherkovga oid) – jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayotida cherkov hamda dinning yetakchilik rolini ta’minlashga intilish. Klerikalizm tarafdorlari o’z tasirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga, turli milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar.
KNYAZ (slav) – 1) qabila boshlig’i, davlat yoki alohida mulk hukmdori. Knyaz o’rta asrlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega bo’lgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida so’zlashuvchi mamlakatlarda knyaz unvoni prince (lot. princeps – birinchi so’zidan) so’zi bilan ifodalanadi. 2) avloddan – avlodga o’tgan faxriy zodagonlar unvoni; podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan amaldorlarga ham inom qilingan.
KOMMENDANTSIYA (lot. commendo – ishonib topshiraman, beraman so’zidan) – G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlarda o’zini kuchliroq, boyroq, qudratliroq kishi homiyligiga topshirish hujjati. Feodallar o’rtasidagi vassallik munosabatlarini ham, dehqonning feodalg shaxsiy qaramligi munosabatlarini ham rasmiylashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |