MONARXLIK ORDENLARI- katolizmda markazlashgan monarxlik uyushmalari. Ilk Monarxlik ordenlari benedikchilar uyushmasi bo`lib, VI-arsda Italiyada asos solingan. XI -arsga qadar Monarxlik ordenlari cherkov ierarxiyasidan xoli bo`lgan. XI-XIII asrlarda salib yurishlari munosabati b.n ritsarlik, harbiy-monarxlik ordenlari vujudga kelgan. Papalik bu ordendan G`arbiy Yevropa ritsarlari o`rtasida ``Iso qabrini xolos etish uchun g`ayriddinlarga qarshi kurash`` e`lon qilish maqsadida foydalanishgan.
MONASTIRLAR (yunon.monasterion – monaxlar maskani) – cherkovning muayyan yo’l – yo’riqlari asosida birgalikda yashovchi monaxlar jamoasi; monaxlar jamoasi foydalaniladigan ibodatxona, turarjoy va xo’jalik binolar majmui.
MONAXLAR (yunon.monachos – yolg’iz), ROXIBLAR – ijtimoiy – diniy guruh. Ular tarkidunyo qilishi,mol-mulkdan voz kechishi,nafsini tiyishi(oila qurmasligi), qarindoshlik va ijtimoiy aloqalardan xoli bo’lishi,qat’iy intizomga rioya qilishi kerak va hokazo. Monaxlar monastirda yashashi va uning qoidalarini bajarishi shart hisoblanadi.
MONAXLIK ORDENLARI ( monax va lot. ordo – qator, guruh) – katolitsionizmda markazlashgan monaxlik uyushmalari. Ular o’z faoliyatlarida Rim papasi tasdiqlagan nizomlarga amal qiladilar. Ilk Monaxlik ordenlari benediktchilar uyushmasi bo’lib, unga VI asrda Italiyada asos solingan.
MUSHKET (frans.mousquet) – piltali o’qotar qurol. XVI asr boshlarida Ispaniyada paydo bo’lgan, kalibri 20-23 millimetr. Mushket qo’ndog’i uzunligi 1400 millimetrni, o’qning tezligi 400-500 metr/sekundni tashkil qilgan. XVasrda arkebuzani siqib chiqargan. XVII asr oxirlarida chaqmoq miltiqlariga almashtirilgan.
NESTORIYCHILIK- Vizantiyada V-asrning boshlarida xristianlikda vujudga kelgan oqim. Asoschisi- Konstantinapollik patriarx Nestoriy. U Isoni inson zaifligini yenggan va messiya (Messianizm) bo`lib qolgan inson deb ta`rif etilgan. Shunga asoslanib u Bibi Maryamni xudoning onasi emas, insonning onasi deb hisoblagan. Ortodogsal ta`limotdan farqli o`laroq, Nestoriy Isoda insoniy va ilohiy asoslar hech vaqt to`liq qo`shilib ketmagan, faqat nisbiy birlikda zohir bo`ladi deb ko`rsatdi. Nestirianlik Efesdagi jaxon soborida bid`at sifatida qoralangan (431). Quvg`in qilingan nestoriylar Vizantiyaning sharqiy tomoniga kelib joylashadilar. Hozirgi vaqtda nestoriylar Eron, Iroq, Suriya va Hindistonda bor.
O’RTA ASRLAR (lot. medium aevum) – tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig’idagi davrni ifodalash uchun qabul qilgan atama.O’rta asrlar tushunchasi XV-XVI asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan. Ilk bor italyan gumanisti Flavio Bondo (1453) tomonidan qo’llanilgan. XVII asrda O’rta asrlar atamasi Galliya universiteti professori Xristofor Sellarius tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Dastlab G’arbiy Yevropa mamlakatlari tarixiga nisbatan ishlatilgan.
OBROK (rus) – o’rta asrlarda Rossiyada pomeshchiklar tomonidan dehqonlardan pul va oziq-ovqat ko’rinishida olinadigan yillik yig’im. Oziq-ovqat obroki 1861-yil 19-fevraldagi Nizomga ko’ra bekor qilingan, pul obroki vaqtincha majburiyat asosida ishlovchi dehqonlar uchun 1883-yilgacha saqlanib qolgan.
PAPA VILOYATI, cherkov oblasti ,cherkov davlati- Rim papasining dunyoviy yer-mulki. 756-yilda vujudga kelgan, o`sha vaqtda franklar davlatining qiroli Pakana Pipin papa StefanII ga Rim oblastini, Ravenna ekzarxatini va Pentopoliyasini hadya qilgan. P.o. italyan qo`shinlari rimga kirib, uni Italiyani poytaxti poytaxti deb e`lon qilingan vaqt-1870-yilgacha mavjud bo`lgan. XIX-asrda P.o. Italiya territoriyasining bir qismi bo`lib, bularga temir yo`llar qurish taqiqlangan, maktab va kasalxonalar bo`lmagan, aholi inkvizitsiya va papa jandarmalari tomonidan qattiq ta`qib qilingan. P.o.ni tugatilishi rim pontifklarining dunyoviy hokimyariga chek qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |