PFALSGRAF (nem. Pfalzgraf – ayni manosi sroy grafi) – 1) Franklar davlatida qirol sudini boshqargan amaldor; 2) karolinglar davrida Sharqiy Frank qirolligida Muqaddas Rim imperiyasida qirolning gersoglikdagi noibi.XII asr davomida Pfalsgraf lavozimi merosiy bo’lgan, Pfalsgrafning o’zi mulkdor knyazga, Muqaddas Rim imperiyasi imperatorining vassaliga aylangan. 3) keyinchalik to imperiya tarqalib ketguniga qadar Vitselbaxlar urug’ining mulkdor knyazlari Pfalsgraf deb atalgan. Pfalsgraf unvon 1866-yilda tugatilgan.
POLETTA (frans. paulette) – Fransiyada XVII-XVIII asrlarda ma’muriy va sudlov lavozimlaridagi davlat amaldorlari tomonidan davlat xazinasiga o’tkazilgan yillik pulli to’lov. Poletta to’lash egallab turgan lavozimini sotish,meros qoldirish huquqini beradi.Poletta atamasi yig’imni birinchi marta to’lagan shaxs-Sh.Pole nomi bilan bog’liq. Poletta 1604 yili 6 yil muddatga joriy etilgan. 1790-yili tugatilgan.
POPOLANLAR (ital.. popolani, popolo – xalq so’zidan) – XII-XIV asrlarda Shimoliy va O’rta Italiya shaharlarida aholining sexlarga birlashgan savdo-hunarmandchilik tabaqalari. Feodallar bilan kurash natijasida Bolonya, Florensiya, Siyena va boshqa shaharlarda hokimyatni o’z qo’liga olganlar. XIV asrda popolanlarning “semiz aholi” va “oriq aholi”ga bo’linishi yuz bergan.
POSHA (turk)-ilgari sultonlar Turkiyasida, Misrda harbiy va grajdan amaldorlarning oliy unvoni (ismlari oxiriga qo’shib aytiladi); keyinroq general va ministrlarga beriladigan faxriy unvon. Turkiya respublikasida faqat generallarda saqlangan unvon; 1934-yilda tugatilgan. Misrda posha 1952-yilda, Iroqda 1958-yilda tugatilgan.
PREKARIY (lot)- G’arbiy Yevropada feudal munosabatlar vujudga kelayotgan davrda yer egaligi shakllaridan biri.Katta yer egasi kam yerli yoki yersiz dehqonlarga barshchina yoki obrok majburiyatini o’tash sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun yer bergan. VII-IX asrlarda ayniqsa,keng yoyilgan. Prekariy erkin dehqonlarni krepostnoylik girdobiga tortish usullaridan biri bo’lgan.
PRIORAT (ital. priorato) – o’rta asrlarda O’rta Italiyaning ayrim shahar-davlatlarida shahar boshqarmasi organi, boshqaruv popolanlar qo’lida bo’lgan; sinoriya deb ham atalgan. Florensiyada Priorat hukumat vazifasini o’tagan va sex vakillari – piorlar orasidan saylangan. 1293-yildagi priorat adolat gonfalonyeri deb nomlangan mansabdor tomonidan boshqarilgan. XV asrda Medichilar tiraniyasi o’rnatilishi bilan, o’z ahamiyatini yo’qotgan.
PRONIYA (yunon.pronoia – g’amxo’rlik qilish so’zidan) – Vizantiyada XI-XV asrlarda zodagonlar va monastirga umrbod malum hududdan davlat soliqlarini yig’ib olish huquqini berish; XIII asrdan yer mulki inom etishni ham qamrab olgan. Proniya sohibi harbiy xizmat o’tash majburiyatini olgan.
PURITANLAR ( ingl-lot)-tozalik; XVI-XVII asrlarda Angliya va Shotlandiyadagi kalvinizm tarafdorlari; Puritanlar burjuaziya va yangi dvoryanlar manfaatlarini ko’zlab absolyutizmga va anglikan cherkoviga qarshi chiqqanlar.Puritanlar XVII asrda ingliz burjua revolyutsiyasini tayyorlash va o’tkazishda g’oyaviy bayroqlik rolini o’ynaganlar.