SXOLASTIKA – ( lot. maktab) XI-XIV asrlarda diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga uringan o’rta asr Yevropa filosofiyasi. Ortodoksal S.ning asosiy g’oyasi diniy aqidalarni mantiqiy isbotlash yo’li b.n ratsional asoslash xisoblangan.O’rta asr feodal jamiyatida din va cherkov hukumronligini ifodalovchi
SYOEN (yapon.mulk) – VIII-XVI asrlarda Yaponiyada xususiy feodal yer-mulk. Shakllanish davrining boshlanishi 743-yil bilan belgilanadi.X asrda zodagonlarning bir qismi,ayniqsa,Fudzivara urug’i,shuningdek,Today-dzi,Kofuku-dzi va Enryaku-dzi kabi yirik monastirlar,mamlakatning turli hududlarida ko’plab syoenlarga ega bo’lganlar.Ularning yer mulki dehqonlar yeri hisobiga ortib borgan.
SYOGUN (yapon) – 1192-1867 yillarda Yaponiyada harbiy-feodallar unvoni. Ular sababli imperator sulolasi real hokimyatdan mahrum bo’lgan.Syogunlarning jami 3 ta sulolasi bo’lgan. Minamoti, Asikaga, Tokugava.
TABOR (chex )-1.Yevropadagi bir qancha xalqlar ( vengerlar,ruminlar,polyaklar va chexlar)da lager,manzil,karvon ; 2.o’tmishda kazaklarda harbiy lager ;3.lo’lilarning tug’ishganlardan tashkil topgan ko’chmanchi gruppalari.Lo’lilar Yevropada paydo bo’lgan vaqtlarda tabor yirik qabilalarning qismlari edi.
TABORLIK-janubiy Chexiyadagi Tabora shahri nimodan olingan;guschilar harakatida (1419-1434) mo’tadil revolyutsion oqim; demokratik so’l qanot tarafdorlari.Taborliklar safida dehqonlar,shahar kambag’allari va hunarmandlar bo’lgan.Taborliklar nemis ritsarlari tomonidan o’zlariga qarshi uyushtirilgan 5 ta salib yurishini daf qilib,1434-yildagi jangdagi jangda tor-mor keltirilgan bo’lsalar ham, 1437-yilgacha kurash davom ettirdilar.Taborlilr qoldiqlaridan 1457-yilda chex birodarlari mazhabi maydonga keldi.
TAMPLIYERLAR (fr.)-xramoniklar; 1119-yil salb yurishlaridan so’ng Falastin va Suriyada salbchilar davlatini mustahkamlsh maqsadida fransuz ritsarlari tomonidan tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordeni a’zolari.1312-yilda korol Flipp IV talabi papa Klement V ordenni tugatib yubordi.
TEIZIM- (yun.-xudo)-olamni yaratgan va uni o’z irodasi bilan boshqaradigan qiyofali xudo mavjudligini tan oluvchi diniy ta’limot.T.terminini dastlab ingliz faylasufi R.Kedvordt kiritgan .T.olamshumul tarixiy voqealar azaldan belgilab qo’yilgan,ular xudoning irodasiga bog’liq, mo’jizalarning bo’lishi mumkin deb tali berdi.T.panteizmdan farq qilib ,xudoni qiyofali mavjudod,uni olamning g’ayritabiiy ,azaliy ibtidosi deb biladi.
TELEOLOGIYA-(YUN.maqsad natija va ta’limot) olamda abadiy oldindan belgilangan maqsad va maqsadga muvofiqlik xukm suradi,borliq ana shularni amalga oshirish uchun mavjud bo’ladi va rivojlanadi deb xisoblovchidiniy idealistik qarash.
TENLAR (ingl.thegn,thane) – Angliyada ilk o’rta asrlarda davlat xizmatidagi ayonlar,qirol drujinachilari.Shotlandiyada tenlar atamasi XV asrgacha merosiy urug’ zodagonlari manosida ishlatilgan.
TEVTON ORDENI (nemis ordeni-XII asr oxiridagi salb yurishlari davrida Falastinda tashkil topgan katolik diniy-ritsarlik ordeni.XIII-XIV asrlarda Sharqiy Yevropaga tajovuz qilgan.XII asrning 30-yillarida Baltika bo’yidagi pruss qabilalarini bo’ysundirgan.XIII asr oxirida ularni yerlarini istilo qilib yerlik aholining ko’pgina qismini qirib tashlagan.Qilichbardorlar ordeni qoldiqlari bilan 1237-yilda birlashgan.
UNIYA (kechki lot.uniformis – bir xil) – 1) davlatlarning birlashmasi,ittifoqi: shaxsiy Uniya – yagona monarx hukmronligi ostida;real uniya – shartnoma yoki kuchliroq davlatning bir tomonlama hujjati asosida;2) cherkov Uniyasi – pravoslav va katolik cherkovlarining Rim papasi hukmronligini tan olib o’z marosim va ibodatlarini saqlagan holda birlashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |