Rangi - pichanning rangi uning yig‘ib olingan vaqtiga, saqlanish joyiga va o‘simliklar tarkibiga bog‘liq. Yaxshi pichannig rangi kuk yoki sal ko‘kish rangda bo‘ladi. Intensiv yashil rang achchiq o‘tlarga, qo‘ng‘ir yashil dukkaklilarga xos. Och yashil esa beda pichaniga, sariq oqish donli ozuqalar poyasiga xosdir. Oqimtir bo‘lsa bu pichanlarning uzoq vaqt Quyoshda turib qolganligini ko‘rsatadi. Och sariq va Och yashil bo‘lsa pichanning yog‘ingarchilik paytida yig‘ib olinganligini, kung‘ir sariq, kung‘ir qora rangda bo‘lsa pichan sifati buzilganligini ko‘rsatadi.
Namligi:Pichan va poxollarning namligi 15 % gacha bo‘lsa quruq hisoblanadi. 17 % o‘rtacha, 17 - 20 % nam va 20 %dan Yuqori bo‘lsa ho’l pichan hisoblanadi. Orgonoleptik yo‘l bilan ozuqalarning namligi quyidagicha aniqlanadi: bir tutam pichan olib sindirib ko‘riladi, charsillab sinsa quruq, to‘liq sinmasa o‘rtacha quruqlikda, buraganda qo‘lga nam urilsa ho’l pichan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |