1.3. BAHOLASH FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY
ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal
qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi
har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning
rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mulkchilik
munosabatlari va mulk bilan bo‘ladigan jarayonlar quyidacha bayon
etilgan.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
22
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk
shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik
muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart.
Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir
1
.
O‘zbekistonda baholash institutining rivojlanishi yagona tizimni
yaratish yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bunday tizimning
asosi yagona uslubiy kenglik bo‘lishi mumkin, uning tamoyiliga
O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini rivojlantirish
konsepsiyasida asos solingan.
Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan
holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan
muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat
tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-
oqibatda o‘zini to‘la oqladi.
Huquqiy davlatni yaratish va rivojlantirish masalalari jamiyat-
ning barcha a’zolari uchun teng huquqlarni, shu jumladan
mulkiy huquqlarni ta’minlashga doir chora-tadbirlarning butun
bir kompleksini o‘z ichiga oladi. Shu bois, ana shu huquqlarni
1
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr,
53–55-moddalar.
23
himoyalash va ular adolatli tarzda iqtisodiy baholanishi uchun shart-
sharoit yaratish har qanday huquqiy davlatning eng muhim vazifasi
hisoblanadi. Shu ma’noda BMTning ming yillik deklaratsiyasida
(Birlashgan Millatlar Tashkilotining ming yillik deklaratsiyasi. Bosh
Assambleyaning 2000-yil 8-sentabrdagi 55/2-sonli rezolutsiyasi
bilan tasdiqlangan, 25-band) belgilangan barqaror rivojlanish
borasidagi talablariga javob beradi.
Shunday qilib, mulk qiymatini baholash faoliyatini rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni isloh etish va huquqiy
demokratik davlat barpo qilish jarayonining ajralmas qismidir.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublika-
sida mulkchilik to‘g‘risidagi qonunga asosan O‘zbekiston
Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza
etiladi.
Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan
har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun
hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa
faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga
berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida
ko‘zda tutilgan hollarda, mulkchilikning zimmasiga boshqa
shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l
qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin
1
.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda baholash
1
O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6,
118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda.
24
faoliyatini takomillashtirish, mavjud vaziyatlarni tartibga solish
uchun yo‘l ochdi va Qonun hujjatlarini tuzishga asos bo‘ldi.
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonuniga muvofiq va mustaqil baholash tizimini yanada
rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional saviyasi
hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga
solishning samarali usullarini tatbiq etish, baholash ishlarining
natijalari va xolisligi bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil
24-apreldagi PQ-843-sonli «Baholovchi tashkilotlar faoliyatini
yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun
ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-sonli qarori
«Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan
o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilinishi
baholash hisobotiga bo‘lgan mavjud talablarni va baholash
faoliyatidagi xolisligini oshirdi. Ushbu qaror baholash to‘g‘risidagi
hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishga oid ishlarni
tashkil etish tartibini belgilaydi. Unga muvofiq baholash obyekt-
lari bahosi bo‘yicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari
so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komis-
siyasining tarkibi va ularning vakolatlari belgilab berildi.
Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya
a’zolarini tasdiqlash Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan
amalga oshiriladi. Komissiyaning doimiy a’zolari boshqa ishga
o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayin-
langan shaxslar kiritiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi
«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda baholash
faoliyatini takomillashtirish, mavjud vaziyatlarni tartibga solish
uchun yo‘l ochdi va qonun hujjatlari tuzishga asos bo‘ldi.
25
Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga soladi. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida
O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunga
muvofiq Baholash faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan
tasdiqlangan «Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi
Nizom tomonidan belgilanadi.
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish
huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Buyurtmachi yoki
boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga
aralashishi taqiqlangan. Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi
va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati
bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi
kerak:
– baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;
– baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega
bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun
hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
– baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
miqdordagi ustav fondining mavjudligi;
– baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqa-
rolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi
sug‘urta polisining mavjudligi.
26
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ
tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan
jismoniy shaxsdir. Baholovchi faqat bitta baholovchi tashkilotning
ishtirokchisi bo‘lishi va baholovchi tashkilot tomonidan jalb
etilishi mumkin. Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni
muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa
tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi
mumkin. Baholovchi malaka sertifikati olish uchun baholovchining
yordamchisi lavozimida malaka oshirish lozim. Baholovchining
yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan
va baholovchininig baholash obyektini baholashdan o‘tkazish
bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini
baholash to‘g‘risidagi hisobotni hamda baholashni o‘tkazish bilan
bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan
jismoniy shaxsdir. Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan
tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining
malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga
qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |