Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi
Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning
vazifalari
Jamiyatda moddiy nematlami ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnatni ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining istemolini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qoilab-quwatlash va xodimlami himoya qilish sohasidagi davlatning ko‘plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq toiashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o‘z ichiga oladi.
216
Bozor munosabatlariga o‘tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlaming minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toMashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalaming jamoat shartnomalari va boshqa muayyan meyoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlami indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bogiiq boigan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik boiib hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qoilab - quwatlashda ijtimoiy sug‘urta, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o‘rin egallaydi. Ulaming tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatadi va muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalami moliyalashtirishda foydalaniladi.
Mehnat va unga haq toiash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, istemolga yo‘naltiriladigan mablagiardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq toiash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq toiashga doir hisob-kitoblami o‘z vaqtida olib borish;
hisoblangan ish haqi va sug‘urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri oikazib borishni ta’minlash;
boshqarish va zaruriy hisobotlami tuzish uchun mehnat va ish haqi bo‘yicha ko‘rsatkichlami operativ yig‘ish va guruhlash;
217
ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.
Mehnatga haq to‘lashning shakllari va tizimlari hamda ularni
hujjatlashtirish
Mehnatga haq to‘lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to‘lashni tashkil etish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to‘lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqini hisoblash tartibi esa mehnatga haq to‘lash shakllari bilan aniqlanadi.
Ishchilar mehnatiga haq to‘lashda tarif setkasi asos bo‘lib hisoblanadi. Tarif setkasi ishlovchilaming malakasi, mehnatga haq toTash shakli va mazkur sohaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
bir soat yoki bir kunlik mehnatiga toTanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
haq toTashda ish va ishchilaming (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko‘rsatuvchi tarif setkasi;
tarif-malakaviy maTumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan toTanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsentiga, qarab qolgan razradlaming tarif stavkalari bu razraddan ortiq boTadi. Tarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq toTash shakli, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, rag‘batlantirish toTovlari, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish bemvchi
218
Do'stlaringiz bilan baham: |