D. Q. Usmanova buxgalteriya


-chizma. Mablagiar manbalari tarkibi



Download 497,37 Kb.
bet9/92
Sana23.06.2022
Hajmi497,37 Kb.
#694698
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

1.2-chizma. Mablagiar manbalari tarkibi.


42


    1. Buxgalteriya hisobining usullari

Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
- ayrim voqealami bilish, o‘rganish usuli -alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega boiib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos boigan quyidagi usullar maium; -hujjatlashtirish;
-inventarizatsiya;
-baholash;
-kalkulatsiya;
-buxgalteriya hisobi schyotlari;
-ikkiyoqlama yozuv;
-buxgalteriya balansi;
-hisobot.
Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi.
Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida qoilaniladigan usullar yigindisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi.
Uslubiyat ham, buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ulami yechish imkoniyatlari, mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullami belgilab beradi.
Eng awal shunga etibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘lami aks ettimvchi axborotlami shakllantiradi. Xar xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Bir xo‘jlik operatsiyasi mablag‘lar hamda manbalar turi ustidan zamriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.


43


Huiiatlashtirish buxgalteriya hisobining obektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ulaming bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi.


Hujjatlashtirish yordamida sodir boMayotgan xo‘jalik operatsiyalari haqida mukammal maMumotlar olinadi. Bu maMumotlar ulami keyinchalik iqtisodiy jihatdan gumhlash va umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya qilingan holda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining maMumotlariga isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi.
Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalami ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘lami qabul qilish va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘g‘irliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. Bunday hodisalami rasmiylashtirish, ular sodir boiayottanda emas, balki maium boigandagina mumkin boiadi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zamriy qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning maiumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
SHunday qilib, hujjatlashtirish va (ro‘vxatga olishl inventarizatsiva buxgalteriya hisobining obektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning madumotlari moddiy- javobgar shaxslaming xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalaming qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar turli- tumandir. Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlami berishi


44




kerak. Bu yig‘iladigan maMumotlar pul oMchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qoMlaniladi. Baholash v
ordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlari pul ko‘rsatkichlariga aylantiriladi.
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bogiiq boigan barcha chiqimlami hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq boigan, ulaming obektiga tegishli boigan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlaming tannarxini aniqlab topish lozim boiadi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qoilaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obektlaming haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obektlarini qiymatli oichash uchun xizmat qiladi. Ulaming qoilanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Maiumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalami solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi maiumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yoii bilan erishiladi.
Buxgalteriya hisobining obektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ulaming ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablagiari va hokazolami kuzatish zamrligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlaming ichida mablagiaming alohida turlari va ulaming joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak boiadi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgi, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablagiari ulaming joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, valyuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan boiishi kerak. SHu bilan birga bunday gumhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ulaming har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida maiumotlar


45




olishni talab qiladi. SHunga o‘xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablagiar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Xo‘jalik mablagiari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ulami boshqarish uchun zamr boigan maiumotlami olishda, buxgalteriya hisobi obektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda schvotlardan
fovdalaniladi.
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi maiumotlar hisob obektlariga faqat tarqoq boigan tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tugiladi. Bu maiumotlami umumlashtirgan holda guruhlash va summalashtirish lozim boiadi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi.
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkivoqlama vozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallami xarid qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklaming kelishi va mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bogianadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bogiiqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallaming kamayishi ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ulaming iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
SHunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obektlari to‘g‘risidagi madumotlami joriy gumhlash maqsadida qoilaniladi. Ular yordamida korxonani operativ boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarining but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo‘jalik faoliyatining yig‘ma ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarnr bo‘lgan ma’lumotlami asta-sekin jamg‘arish va tartibga solish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi, aniq obektlaming keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablagiarini doimiy ko‘zdan kechirish zamrligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablagiarini ikki, yaiii ulaming turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga moijallanganligiga qarab, ko‘rsatadigan


46


buxgalteriva balansi xizmat qiladi. Xo‘jaIik mablagiarini aks ettirishning bunday tartibi ulaming barcha yigindisini o‘zaro bogiangan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi.


Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida ulami tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bulaming hammasi hisob maflumotlari asosida byudjet bajarlishining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob- kitoblaming ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlaming to‘g‘riligini va ulaming o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalaming xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bofladi. Bu usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining rrmhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo‘lgan vazifalami yechishni ta’minlaydi. Korxonada operativ boshqarish hujjatlari va schyotlari maflumotlari bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo‘lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi. Xo‘jalik faoliyati natijalarini uzoq bo‘lgan vaqtlar uchun har tomonlama va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshiriish mumkin.
SHu bilan, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan usullar mohiyatini ko‘rib chiqishga yakun yasaymiz. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi quyidagi usullardan iborat ekan: hujjatlashtirish va qayta sanoqdan o‘tkazish, baholash va kalkulatsiya, schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, balans va hisobot.
Bu usullardan ba’zi birlari xo‘jalik hisobining boshqa turlarida ham keng qo‘llaniladi. Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baholash, kalkulatsiya,


47


hisobot va ma’lum darajada balansli usul qo‘llaniladi.


Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Hujjatlashtirishdan - xo‘jalik operatsiyalari haqida dastlabki ma’lumotlami olish uchun foydalaniladi. Ma’lumotlami hujjatlashtirish asosida xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etgirish amalga oshiriladi. Hujjatlardan ma’lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o‘lchovida ifodalanadi. Buning uchun natura va mehnat ko‘rsatkichlaridan pul ko‘rsatkichlariga o‘tkazish imkonini beradigan baholash xizmat qiladi.
Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar iqtisodiy jihatdan gumhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun esa schyotlar va ikkiyoqlama yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan ko‘rsatkichlar ikkiyoqlama yozuv yordamida o‘zaro bog‘lanadi. Schyotlarda keltirilgan ma’lumotlar qayta sanoqdan o‘tkazish jarayonida tekshiriladi va aniqlanadi. Tekshirilgan maTumotlar asosida u yoki boshqa obektga tegishli boTgan chiqimlar, ya’ni ularning tannarxi hisoblab chiqiladi - kalkulatsiya tuziladi.
SHunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning tarkibiy boTinmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi obektlarini joriy aks ettirish mablagTaming turlari va ulaming manbalari sinov balansida solishtirish bilan nazorat qilinadi va ichki hisobot yordamida joriy maTumotlami vaqti-vaqti bilan yig‘ib yakunlanadi.
Buxgalteriya hisobi usulini turli unsurlari bilan birga olib borish va ulardan amaliy foydalanish mana shulardan iborat. Usulning unsurlari bir-birovlari bilan chambaras bogTiq boTib, ularning har biri oldingilaridan foydalanadi yoki o‘zlari keyingilariga maTumotlar beradi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo‘jalik mablagTari va jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig‘indisidir.
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan tavsiflanadi va ulaming har biri maTum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda yagona tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obektlari unda yoppasiga va uzluksiz o‘z


48




aksini topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obektlami o‘zaro bogiangan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar o‘rtasidagi sababli bogiiqlikni yuzaga chiqaradi. Xo‘jalik hodisalari buxgalteriya hisobida real maiumotlar asosida ko‘rsatiladi va shu bilan uning obektivligi ta’minlanadi.
Buxgapteriya hisobining usuli xo‘ja!ik xayotining barcha xodisalari, xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir boiayotgan barcha ko‘p sonli operatsiyalarni kuzatish imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv echimlarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega boigan maiumotlami iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi usulidan foydalanshpning bosh maqsadi xo‘jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko‘rsatkichlami hisoblab chiqishdan iborat. YUqorida yozilganlarga asoslanib buxgalteriya hisobi usulining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi obektlarini xo‘jalik faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o‘zaro bog‘langan va obektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan iborat.

Download 497,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish