Masalan, sporchining sonida joylashgan to‘rt boshli mus-
kulidan maxsus shpris orqali kichik bo‘lakcha olinadi, osmiy
fiksatorida fiksatsiyalanib, ultramikrotomda undan yupqa
kesmalar tayyorlanadi va so‘ng elektron mikroskop ostida
ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qima tarkibidagi oq, qizil va
oraliq tolalar aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari
aniqlanadi. Muskul tarkibidagi tolalarning miqdoriy ko‘rsat-
kichlariga qarab, o‘spirin va bolalarga qaysi sport turi bilan
shug‘ullanishini oldindan aytib borish imkoniyati tug‘iladi
va ular asosida tavsiyanomalar berish mumkin. Masalan,
agar muskul tarkibida oq tolalarning (katta tezlik bilan
qisqaradi, lekin tez charchaydi) soni 75-80% , qizil tolalarniki
Do'stlaringiz bilan baham: |