54
5.
miqdor
m
iqdor
…foi
z
hi
sobi
da
tops
hi
ri
l
di
Jadvalda keltirilganidek, ot so‘z turkumining lug‘at sistemasi quyidagi zonalarda
tashkil topadi:
1)
semantik belgi
2)
morfologik zona
3)
sintagmatik zona: semantik relyatsiya nomi; majburiylik (natijaviylik;
mumkin bo‘lgan aloqalar); sintagmadagi asosiy so‘z; relyatsiyaning ikki komponenti
formal belgilari; misollar.
4)
paradigmatik zona: sinonimik korrelyatsiya;
ierarxik korrelyatsiya; turli
pragmatik munosabatlar.
Formal
morfologiyada
kompyuter
uchun
tegishli
bo‘lgan
zaruriy
ma’lumotlarning barchasi morfologik lug‘atdan olinadi.
Morflogik lug‘at
– so‘zlarning grammatik kategoriyalari va ularning
qo‘llanishi, ma’nosi qayd etiladigan lug‘at turi.
Grammatik kategoriya
– ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi shakllar sistemasi.
Kelishik ma’nosini kelishik kategoriyasi, zamon ma’nosini
zamon kategoriyasi
birlashtiradi.
Avtomatik lug‘atda so‘z shakllari so‘z uyalarida joylashtiriladi. So‘z uyalarining
tuzilishi quyidagicha:
Birinchi pozitsiyada so‘zning grammatik turkumi haqidagi ma’lumot beriladi.
Bu ma’lumot quyidagilardan iborat: masalan:
N
- ot so‘z turkumi;
Aj
– sifat so‘z
turkumi va hokazo.
Ikkinchi pozitsiyada va undan keyin ma’lum bir so‘z turkumiga mansub lug‘at
birligining o‘ziga xos grammatik kategoriyalar to‘g‘risida ma’lumot beriladi, agar ot
so‘z turkumi bo‘lsa, masalan,
s
– birlik;
sk
- ko‘plik;
Ш
– o‘zgarmas shakl.
Otlarda egalik kategoriyasi haqidagi ma’lumotlar so‘z uyalarida uchinchi
pozitsiyani egallab quyidagicha o‘z ifodasini topadi:
eb1
– 1-shaxs birlik;
eb2
– 2
shaxs birlik;
eb3
– 3 shaxs birlik va hokazo.
Kelishik kategoriyasi lug‘at maqolalari tarkibida to‘rtinchi pozitsiyani egallab
quyidagi simvollar bilan ifodalanadi. Masalan:
k1
– bosh kelishik;
k2
– qaratqich
kelishik;
k3
– tushum kelishigi va boshqalar.
Kompyuterda semantik ma’lumotlarni yozib olishda
informasion qidiruv tili
muhimdir. Tabiiy til bilan information qidiruv tilini solishtirish maqsadida
yaratiladigan lug‘atlar informasion qidiruv
tezaursi
deyiladi. Bunday tezaurslar
tilning jumladan, o‘zbek tilining turli xil ideografik lug‘atlarini
yaratishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Olimlar ana shunday ideografik lug‘atlar tuzish jarayonida
quyidangi operasiyalarni kompyuter yordamida bajarmoqdalar:
a) tuzilayotgan tezaursning mavzu ko‘lamini belgilab olish;
b) lug‘at uchun zarur bo‘lgan kalit so‘z diskeriptorlarni aniqlash va ularga ishlov
berish;
c) deskriptorlar orasidagi shartli ekvivalentlik hollarini belgilash;
55
d) deskriptorlar orasidagi paradigmatik munosabatlarni aniqlash va ularni ochib
berish;
e) tezaurs lug‘atni to‘la shakllantirish.
1998-2001 yillar davomida mamlakatimizda bir guruh tilshunoslar “Hozirgi
o‘zbek tili faol so‘zlarning izohli lug‘ati”ni tuzish jarayonida kompyuter
texnologiyasidan unumli foydalandilar. Ular adabiy tilimiz materiallari ko‘proq
ijtimoiy-siyosiy matnlarda ifodalanishini inobatga olib, “Yoshlik” , “Tafakkur”,
“Guliston”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallar va bir qator gazetalar sahifalarida
qo‘llangan barcha so‘zlar maxsus dastur yordamida 94
ta fayl asosida sahifalab
chiqildi. Ana shu fayllarda ajratib olingan so‘zlar jami 8168 sahifani tashkil etadi.
Har bir sahifada 200 tadan so‘z mavjud bo‘lib, ishlatilgan so‘zlar (turli grammatik
shakllar bilan qo‘shilib hisoblanganda) 1.633.600 tani tashkil etadi. Kompyuter
vositasida bu so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi birma-bir belgilab chiqildi. Maskur
lug‘atni tuzuvchilar eng kamida 4 marta qo‘llanilgan leksik birliklarni nisbatan faol
so‘z deb qaraganlar va shu tamoil asosida lug‘atga kiritish
uchun ularni tanlab
olganlar. Lug‘atga kiritilgan ana shunday faol so‘zlar 15.000 tani tashkil etadi.
Dastlab tanlab olingan ana shu so‘zlar negizida bo‘lajak faol so‘zlar lug‘atining
so‘zligi yaratildi va alifbo tartibi bilan har bir leksemaga tegishli izohlar yozishga
kirishildi. Muhimi shundaki, 2001 yilda nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek tili faol
so‘zlarning izohli lug‘ati”ni yaratish jarayonida tuzuvchilar ideografik lug‘at,
elementlardan biri bo‘lgan uyali lug‘at tamoillaridan samarali foydalanganlar. Bu
tamoilga ko‘ra, an’anaviy alifbo tartibidan chetga chiqiladi,
bitta uyaga jamlangan
barcha leksemalar ular qanday grammatik shaklda bo‘lishidan qatiy nazar bitta joyda
izohlanadi.
O‘zbek tilida tub va yasama so‘zlarni kompyuter lug‘atlarida berilishi o‘ziga xos
muammolarga olib keladi. Kompyuter lug‘atshunosligida
Do'stlaringiz bilan baham: