2
D.B.O‘rinbayeva. Kompyuter lingvistikasidan universal qo‘llanma.
– Samarqand, 2016. – 88 bet.
Ushbu qo‘llanma kompyuter lingvistikasi kursidan bakalavr yo‘nalishida ta’lim
oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter
lingvistikasi kursining
tuzilishi va qonun-qoidalari yangi o‘quv dasturi asosida atroflicha va to‘laqonli
yoritilgan.
Qo‘llanma zamonaviy kompyuter lingvistikasi masalalari bilan qiziquvchi
barcha kitobxonlar ommasi uchun qimmatli manba bo‘ladi, degan umiddamiz.
Ma’sul muharrir: f.f.d., prof. S.Karimov
Taqrizchilar: dots. A.Bobonorov
© D.O‘rinboyeva, 2016
3
SO‘Z BOSHI
Fan va texnikaning ko‘pgina yutuqlari,
jumladan, kosmik fazoning, aqliy va
jismoniy mehnat jarayonlarining avtomatlashtirilishi, “insonsiz” ishlab chiqarishning
tashkil etilishi kompyuter bilan bog‘liq bo‘lib qoldi.
Bundan tashqari, XXI axborot
asrida ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va eng qulay
tarzda boshqalarga yetkazib
berish, bir tildan ikkinchi tilga tez va ishonchli tarjima qilish, til o‘rgatish, o‘qitishni
yengillashtirish, baholash, matnlarni tahrirlash kabi masalalar barchaning diqqatini
tortadi. Bugungu kunda ushbu masalalarni hal
etishda ham kompyuterning
imkoniyatlari ahamiyatlidir.
“Kompyuter lingvistikasi” (KL) fani amaliy tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib,
muammoli sohalarda tabiiy tilni modellashtirish, shuningdek, tilshunoslikda va unga
aloqador fanlarda tilning kompyuter modellarini yaratish uchun ma’lumotlarni qayta
ishlash va kompyuter texnologiyalarini tashkillashtirish dasturlarini qo‘llashga
mo‘ljallangandir. Xususan, tilning kompyuter yordamida modellashtirilishi
informatika yoki dasturlash nazariyasi kabi fanlarning o‘rganish ob’ekti
sifatida
qaralishi ham mumkin, ammo u to‘lasincha amaliy tilshunoslikning bir bo‘limi
hisoblanadi. Demak, KL umuman tilshunoslikning barcha sathlarini kompyuter tiliga
moslash, matnlarni avtomatlashtirish oid barcha masalalarni o‘rganadigan fandir.
KL fani qanday muhim masalalarni hal qiladi?
KLning quyidagi muammolari mavjud:
-
mukammal alifbo va yozuvni shakllantirish, taraqqiy ettirish (ushbu
masala
tilshunoslikda amalgam oshirilgan). Bu uch bosqichni qamrab oladi: yozuv;
nashriyotchilik; kompyuterlashtirish;
-
og‘zaki nutqning transkripsiya tizimi, o‘zlashma so‘zlarning transliteratsiyasi
tizimini shakllantirish;
-
avtomatik lug‘at, tezauruslarni tuzish;
-
ilmiy-texnik atamalarning standartlashtilishi;
-
avtomatik tasrjima tizimini ishlab chiqish;
-
til o‘rgatish va o‘rganish tizimini shakllantirish;
-
avtomatik nutqni sintez va qabul qilish;
-
matnni avtomatik qayta ishlash metodi;
-
axborot izlash sistemasini avtomatlashtirish;
-
avtomatik annotasiya, referatlash va tarjima qilish metodlarini ishlab chiqish;
-
avtomatik boshqaruv tizimini lingvistik ta’minoti;
-
ko‘zi ojizlar uchun avtomatik yozuv tizimini shakllantirish;
-
stenografiya tizimini shakllantirish;
-
diskurs (matn) analizi.
Sanab o‘tilgan muammolar har qancha muhim bo‘lmasin, uni ushbu qollanmada
to‘la bayon qilib bo‘lmaydi.
Bakalavr talabalar ushbu fanni o‘rganish davrida, «Kompyuter lingvistikasi»
sohasida davlat ta’lim standartlarida belgilangan asosiy bilimlarga ega bo‘ladilar.
E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu qo‘llanma bakalavr talabalarning
«Kompyuter lingvistikasi» fanini chuqurroq egallash, dastlabki ma’lumotlarning
yangi pillapoyasiga qadam qo‘yishiga mo‘ljallangan.