D. B. O‘rinbayeva


«KOMPYUTER LINGVISTIKA» FANINING YO‘NALISHLARI



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/63
Sana17.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#811476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

«KOMPYUTER LINGVISTIKA» FANINING YO‘NALISHLARI 
KL fani yangi soha bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar turli yo‘nalishlari vujudga 
keldi. Tabiiy tillarni mashina tiliga moslashtirish, foydalanuvchining talab va 
ehtiyojlarining kengayganligi sabab «Kompyuter lingvistikasi» fanining yo‘nalishlari 
ham ko‘paydi. Ularni shartli ravishda quyidagicha bo‘lib o‘rganamiz: 



1.
Qoliplash va dasturlar ishlariga qaratilgan yo‘nalishlari: muloqotni kompyuter 
yordamida qoliplash; syujet strukturasini kompyuter vositasida qoliplash
matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida; axborot-izlanish sistemasi. 
2.
Matnni tahlillashga qaratilgan yo‘nalishlar: avtomatik tahrirlash; statistik 
tadqiqotlar; kompyuter leksikografiyasi. 
3.
Til 
o‘rgatishga 
qaratilgan 
yo‘nalishlar: 
til 
o‘rgatish 
jarayonini 
kompyuterlashtirish; mashina tarjimasi. 
 
Qoliplash va dasturlar ishlariga qaratilgan yo‘nalishlari 
Muloqotni kompyuter yordamida qoliplash –
KL muammolari «Tabiiy tillarga 
qayta ishlov berish» amaliy yo‘nalishi bilan bog‘liq

Bu yo‘nalish 1960 yillarning 
oxirida «sun’iy qobiliyat» ilmiy-texnologik soha zaminida shakllangan. Bu soha tilni 
kompyuterlashtirish, qayta ishlov berish masalalrini o‘rgangan. 1970 yillarga kelib 
«tabiiy tillarga qayta ishlov berish» sohasi taraqqiy etdi. Tilni o‘qitish va dasturlash 
texnologiyalarini hamma foydalanuvchilar ishlatolmaganidan so‘ng, ya’ni kompyuter 
dasturlari bilan munosabatni tashkillashtirish muammosi tug‘ildi. 
Kommunikatsiyaning ushbu muammosi ikki asosiy yo‘l bilan hal etildi: 1) 
dasturlash tillarini adaptatsiya qilishga va operatsion sistemani yaratishga urinish 
natijasida yuqori darajadagi tilning tipi Visual Basic - qulay operatsion sistema 
yuzaga keldi; 2) kompyuter bilan inson o‘rtasida munosabatni yaratuvchi sistema 
ishlab chiqildi. Shu asosda nutqni kompyuter yordamida qoliplash yo‘nalishi yuzaga 
keldi. 
Tabiiy tillarga qayta ishlov berish sistemasini foydalanuvchi tushunishi uchun 
nutqiy axborotni analiz qilish bloki, axborotni interpretatsiya qilish bloki, javobning 
ma’nosini yaratish bloki, keltirilgan fikrni sintez qilish strukturasi bloki tashkil qildi. 
Sistemaning asosiy qismini dialog komponenti tashkil qilib, unda dialogni olib borish 
strategiyasi qayd qilingan. Tabiiy tillarni qayta ishlashning kompyuter sistemasi 
tarkibida savol-javob, aloqador matnlarni qayta ishlash, masalani yechish dialog 
sistemasi ajralib turadi. Dastavval savol-javob sistemasi axborot-izlanish sistemasida 
axborotni izlash jarayonida talab kodirovkasining yomon sifatini qayta ishlab chiqishi 
natijasida yuzaga keldi. Tarjima algoritmlarning soddaligi, tabiiy tilning formal tilga 
o‘girish muammolari axborot-izlanish sistemasining muammoli qismi hisoblanadi. 
Ana shunday dastlabki dasturlardan biri E.V.Popov rahbarligida ishlab chiqilgan 
POET sistemasi hisoblanadi. Ushbu sistema rus tilida berilgan talabni qayta ishlab 
chiqib, javoblarni sintezlaydi. Dasturning blok-sxemasi matnni morfologik, sintaktik 
va semantik nuqtai nazardan analiz qilishga qodir. Sistema katta ma’lumotlar 
bazasiga ega bo‘lib, dialog sistemasi asosiy o‘rinni egallaydi. Foydalanuvchi talab 
qilgan savol yoki biror masalani mashina hal qilish jarayonida senariy faollashadi. 
Senariy – matniy strukturada, aynan o‘xshash vazifa yoki sharoitni aniq tasavvur 
etish imkoniyati. Senariyda biror komponent qolib ketgan yoki qaysidir resurslar 
yetishmasa sistema aloqa-aralashuvni o‘zi yuritadi. Hozirgi kunda taraqqiy etgan 
shunday sistemalardan – SNUKA, RESEARCHER va TAILOR hisoblanadi. Bu 
shakldagi sistemalar turli sohalardagi matnlarni tahlil qilib, berilgan savollarning 
barchasiga javob qaytaradi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish