D. B. O‘rinbayeva



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/63
Sana17.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#811476
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

 
 
2-mashq. Tanlanma matndan o‘xshatish badiiy vositasiga misollar toping. 
Tahlil natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiring: 
Trop 
turlari 
Qo‘llanish 
maqsadi 
Matndagi 
ma’nosi 
O‘z 
ma’nosi 
O‘xshatish 
keltirilgan 
matn 
Olingan 
manba, 
sahifasi 
Izoh 
 
3-mashq. So‘l ustundagi har bir atamaga o‘ng ustundan mos ta’rif tanlang: 
 


35 
Tabiiy modellar
– 
 
prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi 
bilan farq qiladigan, lekin prototip bilan bir 
xil matematik tasvirga ega bo‘lgan modellar.
Matematik modellar 

o‘rganilayotgan ob’yekt bilan bir turda 
bo‘ladigan va undan faqat o‘lchamlari, 
jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda 
yasalgan materiali bilan farq qiladigan 
modellar.
Mantiqiy-matematik 
modellar –
 
matematik, 
mantiqiy 
modellashtirish 
metodlariga asoslanib kompyuterda algoritm 
va dasturlardan foydalangan holda yaratilgan 
modellar.
Kompyuter modellar –
belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini 
o‘rganishda qo‘llanadigan mavhum modellar.
Adabiyotlar: 
1.
Йўлдошев Б. Математик ва компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2007. 
2.
Йўлдошев Б. Компьютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2009. 
3.
Po‘latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 
B.23. 
8-MAVZU:
FORMALLASHTIRISH. 
SO‘Z TURKUMLARINI FORMALLASHTIRISH 
Reja: 
1.
Formallashtirish haqida tushuncha 
2.
So‘z turkumlarini formallashtirish haqida 
3.
O‘zbek tilida mustaqil so‘zlar va ularni formallashtirish 
4.
Ozbek tilida yordamchi so‘zlarni formallashtirish tamoyillari 
Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar 
tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborot belgilari 
tizimidan iborat. Tabiiy tilning alohida olingan har qanday belgisi o‘z holicha hyech 
narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining 
negizida vujudga kelgan til tizimiga kirgandan ma’lum bir ma’no va mazmun kasb 
etuvchi belgilarga anglatadi. Tabiiy til obyektiv olamning va bilishning turli xil 
sohalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, hodisalar hamda ularning xossalari va 
munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik 
jihatdan yopiq tizim hisoblanadi. Boshqacha aytganda tabiiy til boshqa tillarga 
murojaat qilmagan holda, mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin. 
Shuning bilan bir qatorda tabiiy til bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Ular quyidagilardan iborat: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt 
o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda 
qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi 
(sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr 
aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini unchalik yaxshi 


36 
bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga 
nisbatan yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). 
Tabiiy tildagi mana shu hodisalardan holi bo‘lish uchun ilmiy bilishda 
atamalardan foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z 
bo‘lib, bu ma’no definisiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda 
aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi. Sun’iy til tabiiy til 
negizida yaratilgan yordamchi informasion belgilar tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud 
axborotlar, xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat 
qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar - 
ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi aniq mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda 
ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning aniq 
mazmunidan chetlashgan holda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi. 
Sun’iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning 
ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash texnikasi va shu kabi 
sohalar rivojlanishida hissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib 
matematikadagi 
to‘g‘ri 
burchakli 
uchburchak 
tomonlarini 
ifoda 
qiluvchi 
Cos
2
+Sin
2
= 1 formulani, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N
2
0 formulani, 
mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish