4.1. Nazoratni boshqaruv tizimidagi o’rni va vazifasi
Педагогик технологияни амалга оширишнинг шароит ва вазиятини аниқламоқ
Жорий кузатув
Оғзаки ва ёзма
Амалий
Ўз-ўзини назорат
Оммавий
4.2.Test nazorati
Bir qancha nazorat turlari bo’lgan test nazoratini ko’rib chiqamiz. Test topshiriqlarini tuzish ta’lim natijalarini ifodalash bilan o’zaro bog’liqlikda olib boriladi.Test topshiriqlar soni unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog’liq bo’ladi.
Nazorat turi
Joriy
Oraliq
Yakuniy
|
O’tkazish vaqti (daqiqa):
10-15
30-40
1- 1,5 soatgacha.
|
Topshiriqlar soni:
10-15
25-30
50 va undan ko’p
|
Mazmun bo’yicha test topshiriqlari rejalashtirilayotgan o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga mos kelishi zarur. B.L. Farberman tomonidan tavsiya etilgan bir qator misollarda tushuntiramiz.
Birinchi topshiriqni echish uchun - doira maydoni formulasini ko’rsating - taklif etilgan 4 - tadan to’g’ri javobni ko’rsatish. U bilimlarni I darajaga mos kelishini tekshirishga mo’ljallangan. Bu past daraja, lekin o’quv materialini o’zlashtirishda muhim daraja hisoblanadi. Negaki ta’lim berish ko’pgina ma’lumotlarni: vaqt, omillar, qoida va boshqalarni eslab qolish muhimligi bilan bog’liq.
Biroq bu test bo’yicha yuqori natijani, ma’lumotni tushunmasdan yod olganlar ham ko’rsatishi mumkin. Shu bois, nazorat testlari tarkibida ko’nikmalarni tekshiruvchi topshiriqlar ham bo’lishi kerak. Bu test topshiriqlari II darajadagi o’zlashtirishni tekshirishga mo’ljallangan (2 - misol). Ushbu test topshirig’ini echish 4 ishni bajarishdan iborat:
1. Doira maydoni formulasi S q R2 eslashni.
2. Son qiymati q 3,14 eslashni.
3. Radius uzunligi kvadratga 22 q 4oshirishni.
4. Doira maydoni S q 12,56 hisoblashni.
Test tarkibiga III darajadagi o’zlashtirishni tekshirish uchun topshiriq kiritish tavsiya etiladi: ta’lim oluvchilar qobiliyati o’zlashtirilgan bilimlarni odatdagidan boshqacha bo’lgan vazifalarni mustaqil tuzilgan yo’l bo’yicha mustaqil qo’llash (3 - misol). Berilgan topshiriqni turli yo’llar bilan echish mumkin, ya’ni quyidagi 6 harakatni bajarish orqali:
1. Ikki doira maydoni munosabatlari (radiuslar kvadrati) to’g’risidagi teoremani eslash.
2. Tashqi doira radiusi kvadratini hisoblash: R2 Q 42 q 16.
3. Ichki doira radiusi kvadratini hisoblash: r2 Q 22 q 4.
4. Katta doira maydoni munosabatidan kichik doira maydonini ayirish: 16-4q12.
5. Tashqi maydonni ichki maydonga munosabatini tuzish: 12:4q3:1.
6. Olgan munosabatni taklif etilgan javoblar bilan taqqoslash va to’g’ri javob (A)ni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |