Dostonning asosiy obrazlari.
«A lpom ish» d o sto n in in g bosh
qahram oni sahroyi bahodir, q o ‘ng‘irot urug‘ining umidi va ishonchi
Hakimbek — Alpomishdir. U m ehnatkash xalqning qahram onlik
kuchlarini o ‘zida mujassamlashtirgan, yovuzlik va yom onlikning
ashaddiy dushm ani, el-yurt farovonligi yo'lida m ardliklar ko‘rsata
olgan bahodir, xalq eposining quym a obrazidir.
Qadimgi davrlar va o‘rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi
hisoblangan, chunki o ‘sha sharoitda odam larning ijtimoiy hayoti va
tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jism oniy kuch hal qiluvchi rol
o ‘ynagan. Shuning uchun ham barcha xalqlarning qahram onlik
eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda
g‘olib chiqqan bahodirlar, vahim ali ajdar va devlarni m ahv eta
oladigan botirlar, tish-tim og‘igacha qurollangan, lak-lak dushm an
qo‘shinini yolg‘iz o ‘zi yenggan alplar obrazlari yaratilgan. Alpomish
ham xuddi shunday jismoniy jih atd an b aq u w at, m a’naviy yetuk
ideal qahramondir.
D ostonda Alpomishning kuch-qudrati, bahodirlik salohiyatini
tasvirlashga alo h id a e ’tib o r b erilg an . U yetti y o sh id a bobosi
Alpinbiydan qolgan o‘n to ‘rt botm onlik sari yoydan otib, Asqar
tog‘ining ch o ‘qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi.
Yakkama-yakka olishuvda Qultoy va Q orajondan g‘olib chiqadi.
Alpomishning kuch-qudrati Barchin shartlarini g‘olibona bajarishida,
unga talabgor qalm oq alplari bilan olishuvlarida, ayniqsa, yaqqol
nam oyon bo‘ladi. Dostonda qalm oq alplari grotesk usuli yordamida
o ‘ta m ubolag‘ali tasvirlangan, grotesk usuli — obrazning tashqi
qiyofasini kuchli mubolag‘alar bilan o ‘ta xunuk, g'ayritabiiy, kulgili
qilib ko‘rsatish — qahramon qarshisida turgan yovuz kuchni bo‘rttirib,
vahimali vajohatda gavdalantirish im konini bergan. Masalan, ularning
tashqi qiyofasi quyidagicha tasvirlanadi:
Shomurti yoqalab h ar yoqqa ketgan.
Ichida sichqonlar bolalab yotgan,
Izidan tushgan pishak olti oyda yetgan.
O dam tushm as uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetm as beliga.
Bu qalm oqdir qalmoqlarning ravishi,
Oh ursa olam ni buzar tovushi,
T o ‘qson m olning terisidan kovushi.
Q ahrlansa toshni yorar qahari,
T o‘qson qo m in g go‘shti b o'lm as nahori,
H ar iziga ketar ancha bahori.
Oltmish qari olachadan qalpog‘i,
T o ‘qson q o ‘yning terisidan telpagi
T o‘rt yuz to ‘qson quloch q o id a hassasi,
Sarhovuzdan katta edi kosasi,
Shuni bilan o ‘n sakkizta nashasi,
T o ‘qson qari b o ‘zdan bo‘lgan kissasi.
D ostonda Alpomish va Qorajon ana shunday vajohatdagi kishilarga
qarshi kurashadi. D o sto n ch i alplarning beso ‘naqay, ayni holda
zabard ast qiyofalarini tasvirlash orqali, bir to m o n d an , ularning
B archinga loyiq em asliklarini t a ’kidlasa, ikkinchidan, Alpomish va
Q orajonning jism oniy kuch-qudratini yaqqol ko‘rsatadi.
Alpom ish kimga qarshi va nim a maqsadda kurashayotganligini
ju d a a n iq bilgan, g u n o h sizd an g u n o h k o rn i farq qila oladigan
qahram ondir. Uning olijanobligi ham shundadir. Bu narsa o ‘z yurtiga
tin c h ko‘chib ketayotgan q o ‘ng‘irotliklarning ustiga qalm oq shohi
T oychixon lashkar tortib kelganda, uning Qorajonga aytgan so‘zlari
tasvirida yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Xayolingga boshqa gaplar kelmasin,
Bu so‘zim sha’ningga nom ard bo‘lmasin,
Q asd qilma, bek d o ‘stim, qalm oq o ‘lmasin...
Bular em as bizga kelib gunohkor,
Q alm oqshoh am rini tutgan ko‘p askar.
S hunday olijanob, sadoqatli, zukko, m ard va bahodir yigit, o ‘ta
zabardast to ‘qson alpning qarshiligini sindira olgan pahlavon kuch-
qudratda o'zidan ju d a past, m a'naviy tuban Surxayil m astonning
nayrangi bilan yetti yillik tutqunlikda qolib ketadi. Bunda Alpomish
xarakterining yana bir qirrasi nam oyon bo‘ladi. U — g‘ururli, boladek
sodda, o ‘ta ishonuvchan va so f ko‘ngil yigit.
D ostonning ikkinchi qismi maishiy hayot detallariga boyiigi, real
epizodlarni keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Dostonchi
yetti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o ‘z yurtiga qaytishida
uni qarindoshlari. cho‘ponlar, yilqichilar. karvonlar, turli toifadagi
kishilar bilan uchrashtirish orqali yurtidagi ahvol bilan tanishtiradi,
odam larning qahramonga va uning raqibi U ltontozga munosabatini
yaqqol gavdalantiradi. Bu epizodlar Alpomishni ideal qahram on va
«tabiiy inson» sifatida h ar jih atd an xarakterlab beradi. Yo‘ldagi
uchrashuvlarda U ltontozning zo'rlik bilan Barchinni olish uchun
to ‘y qilayotganligini bilgan Alpomish tarbiyachisi Q ultoy qiyofasida
to ‘yxonaga keladi. Zolim raqib tom onidan kamsitilgan va o ‘g‘li hajrida
alam tortayotgan ota-onasiga ham dardlik qiladi, xo‘rlangan, o ‘lim
bilan q o ‘rqitilgan o ‘g‘li Y odgorning boshini silaydi, U ltontozga
xushom adgo'y bakovul va oshpazlarning ta ’zirini beradi. o ‘lan
aytishadi va o ‘zining k uch-qudratini, Barchinga ham da oilasiga
sodiqligini yana bir bor namoyish qiladi.
Alpomishning tutqunlikdan keyingi xatti-harakatlaridan shu narsa
m a’lum bo‘ladiki, uning U ltontozga qarshi kurashi qahram onning
uzoq muddatli tutqunlik davrida o ‘z vatanida hokim iyatini zo‘rlik
bilan tortib olib, xotini Barchinni olm oqchi b o ‘lgan zo ‘ravon —
uzurpator shohga qarshi o ‘z hokim iyati, o ‘z oilasi uchun olib borgan
qahram onlik kurashidir.
Alpomishning yori Barchin, singlisi Qaldirg‘o ch, d o ‘sti Qorajon.
ota-onasi va qaynatasiga nisbatan iliq m unosabatlarida, m ashhur
yilqichi, qadrdoni va tarbiyachisi Qultoy bilan ota-bola, cho‘pon
Qayqubod bilan d o ‘st tutinishi tasvirida uning chin insoniy sifatlari
yaqqol nam oyon bo‘lgan.
D ostonning yetakchi obrazlaridan yana biri Barchindir. Barchin
o ‘zbek eposida har tom onlam a mukam m al ishlangan ayol obrazi
hisoblanadi. Vatan va oilani sevish, xalqqa va qarindoshlariga hurmat,
mustaqillik va jasorat bu obrazning ichki m azm unini tashkil qiladi.
U oqila, tadbirli ayol sifatida ijtimoiy hayotda erkak bilan ayolni
teng deb biladi. Shuning uchun ham qalmoq eliga ko‘chishga ahd
qilgan otasi Boysariga nasihat qilmaganligi uchun onasidan o'pkalaydi:
Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri.
Xotin bo‘lm asmikan erning vaziri?!
Er deganning aqlin olmas b o ‘lurmi,
Aldab-suldab yo‘lga solmas b o ‘lurmi?!
Boy otam m an biy bobomga ne b o ‘ldi?!
D ushm anlam ing «Qirq m ingini bir deb sanab qirishga» tayyor
turgan jasur Barchin obrazida qahram onlik eposlariga xos botir qiz
(«alp qiz») haqidagi a n ’anaviy tushuncha ham o ‘z ifodasini topgan.
Undagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o‘z kuch-qudratiga ishonish
Toychixon alplari zo'rlik bilan olib ketmoqchi bo‘lgan epizodlarda
yaqqol gavdalanadi. «M unglug‘ dem a, men kesarman boshingni»
tezisi b u tu n epik biografiyasini belgilagan B archinning quyidagi
so‘zlarini to ‘lqinlanm asdan eshitish mum kin emas:
Xabar yetsa, er Alpomish kelmasmi,
Qalm oqlarga qiyom at kun solmasmi,
A rm on bilan senday alplar o ‘lmasmi.
Holing bilib to ‘g ‘ri yursang boMmasmi?!
So‘z aytuvchi senga menday m ushtipar,
Bilsang m en ham , qalmoq, senga barobar.
Bu m isralarda B archinning o ‘z kuchiga naqadar ishonganligi
yorqin ifodalangan. U ning jism oniy salohiyati qalm oq pahlavoni
K.o‘kam an bilan yakkam a-yakka olishuv lavhasida m ahorat bilan
kuylanadi.
Barchin faqat jasur va dovyurak bo‘lib qolmay, q o llini tutmoqchi
bo‘lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan
uning Alpomish va to ‘qson alp oldiga to ‘rt shart (yoy tortishish, ming
qadam dan tanga pulni urish, poyga, kurashda to ‘qson alpni yiqish)
qo‘yishi xarakterlidir. Q ahram onlik va mardlikni tarannum etuvchi
Barchinning shartlari dostonda nihoyatda badiiy tasvirlangan.
Bu shartlaming bajarilishida Barchin bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita
ishtirok etadi. U kurashda Ko‘kaldoshni yiqitishga qiynalgan Alpomishni
mardliklarga undaydi. U ning qur, hayt deb qichqirishini eshitgan
Boychibor poygada o ‘zib, birinchi bo‘lib marraga yetib keladi.
lliq lirizm , chuqur ichki hayajon, Alpomishga va uning jangovar
yo‘ldoshi B oychiborga sam im iyat bilan to ‘lib -to sh g an Barchin
m onologi dostonda yuksak badiiy kuch bilan jaranglaydi.
B archin obrazi uzoq o ‘tm ish da o ‘zining real ildizlariga ega.
Patriarxal-urug‘chilikjam iyatida, chorvador-ko‘chm anchilik hayotida
xotin-qizlaming oila va turm ushda nisbatan mustaqil o ‘rinda bo‘lishlari,
ularning dastlab erkaklar bilan barobar urushlar va jang-u jadallarda
ishtirok etishlari bahodir qizlarning epik obrazi yaratilishidagi real
shart-sharoitlar hisoblanadi. Bunda «Alpomish» dostonidagi Barchinning
jangovarligi tasvirlangan lavhalar, bahodirlik tortishuvlari (Barchin
shartlari) shu asar yaratilgan va kuylanib kelgan davrlarda ham real
n ik o h urf-odatlari, turm ush hodisasi ekan, degan xulosa kelib
chiqmasligi kerak. Bu — uzoq kechmishda o ‘zining real ildizlariga,
tarixiy zaminiga ega bo‘lgan, keyinchalik an'anaga aylangan eposdagi
poetik motiv bo‘lib, u xalq qahramonini ideallashtirish va uning jismoniy
kuch-qudratini sinash vositasi sifatida xizmat qiladi.
B archin jangovar, alp qiz, Alpomishga sadoqatli yor, oila va
urug‘ nomusi uchun faol kurashuvchi ona obrazidir. Bu obrazda
m ehnatkash xalqning xotin-qizlarga nisbatan samimiy m unosabati,
ju d a katta e’zoz va hurmati mujassamlashgan, ayollar yuksak insoniy
q u drat va shon-sharafga ega ekanligi baralla kuylangan.
D ostonda Barchin obrazini yanada to ‘ldirib keluvchi obrazlardan
b iri Q a ld irg ‘o c h d ir. Q a ld irg 'o c h B o y b o ‘ri y ash irib q o ‘ygan
Barchinning xatini topib, akasiga ma'lum qilish epizodi bilan dostonga
kirib keladi. Shu epizoddayoq uzoq safarga otlanishga uncha bo‘yni
yor berm agan Alpomishni qahramonliklarga undagan Qaldirg‘och
obrazida uning Barchinga nisbatan hurmati, chuqur m a’naviy dunyosi,
oqko‘ngil va sof dilligi, akasiga, qarindosh-urug‘lariga m ehr-u shafqati
yorqin ifodalangan. Dostonda qalmoqlam ing qo‘lida talashda qolgan
Barchinni qutqazish uchun safarga otlangan Alpomishga nasihat ham
Q aldirg‘och tilidan berilishi bejiz emas:
Bir nechuk nomardga ko‘ngil bermagin,
N odon ko‘ngling har xayolga bo'lm agin,
Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o ‘lmagin,
Yo‘lda nom ardlarni ham roh qilmagin.
Qaldirg‘ochning ichki olami, uning yangasi Barchin, jiyani Yodgor,
akasi Alpomishga mehribonchiligi dostonning ikkinchi qismida yanada
yorqin jaranglaydi. U ltontoz tom onidan tuyaboqar qilib qo‘yilgan
Qaldirg'och tutqunlikdagi akasini katta umid bilan kutadi, haqsizlikka,
o ‘z urug ‘doshlarining kamsitilishiga qarshi keskin norozilik bildiradi.
U n in g alami, kamsitilishi tasvirida o ‘tm ish zam ondan, falakdan
shikoyat ohanglari jaranglaydi:
«Hala» deyman, manglayimdan kun o ‘tdi,
M en i taqdir shunday kulfatga eltdi,
Badbaxt qullar meni ch o ‘lda xor etdi,
«Hala» deyman, tovonim dan yer o ‘tdi,
F alak jabri mening bag'rim nn yirtdi.
B archin va q ald irg ‘o ch obrazlari «Alpomish» d o sto n id a har
jihatdan mukammal ishlangan. Bu S.P.Tolstovning xotin-qizlar o ‘zbek
xalq eposida asosiy o ‘rin tutadi, degan fikrini yana bir bor tasdiqlaydi.
D ostonda o ‘zbek Alpomish bilan qalm oq Qorajonning d o ‘stligini
tasvirlash m uhim o ‘rin tutadi. Bu do'stlik qahram onona d o ‘stlik
darajasiga ko‘tarilgan. Alpomish qalmoq yerida paydo b o ‘lar ekan,
Qorajon «bilan birinchi marta uchrashuvida ular o ‘rtasida achchiq
aytishuvlar — xiyla qadimiy, shu bilan birga chorvador-ko‘chm anchilik
hayoti uchun g‘oyatda xarakterli b o ‘lgan, xalq poeziyasida ijobiy
m a’noda ko‘p q o ‘llaniladigan ramziy m a’nodagi topishm oqli savol-
javoblar bo‘lib o ‘tadi. Bu dialoglarda pahlavonlar uchrashuviga xos
b o ‘lgan d o ‘q -p o ‘pisa, bir-biriga dahshat solish, bir-birini q o ‘rqitishga
urinish kabi holatlar yorqin tasvirlangan:
— K o‘kqam nsh ko'lidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin b o ‘laman.
Bog‘larim zum ratdan, changalim po‘lat,
Boysindan quyilgan shunqor b o ‘laman.
Boyligidan bedov otni boylagan,
Tangqa taylab O latog'ni yoylagan,
K am bag‘ali qirq ming gala haydagan,
Shul galada bizning bir moya kelgan,
M oyaning yo‘qchisi, nori b o ‘laman.
— U chirgan suqsuring Oyko‘l q o ‘nibdi,
T o ‘qson g‘ajir o ‘rtaga olib turibdi.
Yosh o ‘g‘lonsan, bekor halak b o ‘lasan,
G ‘ajirlar ilojin qanday qilasan?!
L of urib sen ham menga qarading,
M oyacham deb so‘ngra m endan so‘rading,
S o‘rading, m oyangdan darak berayin,
M ing besh yuz tillali ovsar boshida,
K o‘rdim to ‘qson alpning toy-taloshida...
Xalqimizning qadimiy tushunchalariga borib taqaladigan bunday
ko‘chm a m a’nodagi iboralaming ishlatilishi dostonchining o ‘zi yashab
turgan m uhitni atroflicha ochishiga imkon beigan. Bu poetik obrazlar
bevosita hayotdan, ko‘chmanchi-chorvador xalqning turmush sharoitidan
olingan. Zotan, qahramonlik eposida bahodirni norga, lochinga; bahodir
qizni suqsur, moyaga; qahramonning raqibini esa g‘ajirga o ‘xshatish
xarakterli bir hoi bo'lib, muhim poetik belgi sifatida xizmat qiladi.
A lp o m ish va Q o rajo n d o ‘stlig i b u tu n d o s to n d a v o m id a
chuqurlashib boradi. Dostondagi turli-tum an yorqin va takrorlanm as
epizodlarda Q orajon obrazi har tom onlam a ochiladi. Alpomishdagi
chinakam insoniy fazilatlar, zulm va razolatga qarshi kurash Qorajonni
tobora unga yaqinlashtiradi. U adolatsiz va zolim Toychixonga xizmat
qilishdan voz kechadi, qalmoq pahlavonlari bilan bo‘lgan kurashda
Alpomish tom onida turadi, Barchinni olm oqchi boMgan alplarga,
jum ladan, o ‘z akalariga qarshi kurashadi. Qorajon har qanday balo
va ofatlarga qaram ay, qo‘ng‘irotliklarni, bahodir do‘sti A lpom ishni
himoya qiladi. Adolat va haqiqat, ozodlik va tenglik, inson huquqi
va nomusi uchun kurashadi.
Z ulm va adolatsizlikka qarshi kurash A lpom ish va Q orajon
d o ‘stligini yanada mustahkamlaydi. Epik a n ’ana bo‘yicha Qorajon
q o ‘ng‘irotliklar bilan birga qahram onning yurtiga keladi. U yerda
qizg‘in va samimiy kutib olinadn.
Alpomishning ota-onasi Qorajonni o ‘g‘lim, deya m eh r-u shafqat
bilan qarshilaydi.
M a’lumki, qadimgi zam onlarda aka-uka, d o ‘st tu tin ish o ‘sha
oilaga a’zo bo‘lishni bildirar va oila orqali urug‘ga qabul qilinar edi.
D ostonda Alpomish va Qorajon do‘stligi orqali uzoq kechmishdagi
an a shu turm u sh haqiqatining poetiklashgan holatini k o ‘ram iz.
C hindan ham dostonda Alpomish bilan Qorajon o ‘rtasidagi d o ‘stlik
h aq q o n iy va hayajonln epizodlarda s a n ’atk o ro n a
kuch bilan
tasvirlangan, katta insoniy do‘stlik darajasiga ko‘tarilgan. Shunday
qilib. Qorajon obrazida turli el-elatlar orasidagi do‘stlik va qardoshlik
kuylangan, olijanob insoniy fazilatlar — d o ‘stga sadoqat, va’daga
vafo va q at’iylik ulug‘langan.
Alpomishning sodiq yordamchilari va m aslahatgo‘ylari Qultoy,
K ayqubodlar dostonda m uhim o ‘rin tutgan. Bu obrazlar orqali
dostonning dem okratik va realistik asoslari yanada kengaytirilgan.
Q ultoy Boybo‘ri xonadonining teng huquqli a ’zosi, m ashhur
otboqar. Alpomishning tarbiyachisi va qadrdonidir. Shuning uchun
ham Alpomish unga «bobo», «ota» deb murojaat etadi.
Alpomish yetti yillik tutqunlikdan keyin «farzandimdan ayrildim»
deb yigllab turgan Qultoyga duch keladi va o ‘zini tanitmay, yig‘isining
sa b a b in i s o 'ra g a n d a , Q ultoy sh u n d a y ja v o b b eradi: «M en in g
yig‘laganim — o ‘g ‘lim emas edi, Boybo‘rining o ‘g‘!i edi. Ikkovimiz
q ad rd o n edik, bilm aganlar Alpom ish Q ultoyning o ‘g‘li d er edi,
bilganlar Qultoy A lpom ishning quli der edi... Shu esimga tushib
yig‘lab turib edim». D ostonda butun qo‘ng‘irot urug‘i kutayotgan
xushxabar — A lpom ishning eliga qaytish xursandchiligi xuddi shu
Q ultoy tilidan bayon etiladi:
Bu kun qad r kechalari,
Bog‘da ochilar g‘unchalari,
Q o ‘ng‘irot elning bachchalari,
C huvulla, Alpomish keldi...
Bulaming barchasi qultoyning Boybo‘ri xonadonida katta mavqega
eg a b o ‘lgan o q s o q o l, d o n o m a s la h a tg o ‘y, q iy in p a y tla r d a
qahram onning munosib yordam chisi ekanligini ko‘rsatadi.
K ayqubod q ah ram o n n in g o q k o‘ngil, sodda, shu bilan birga,
q o ‘lidan har ish kela oladigan, o ‘ta topqir yordamchisidir. Barchin
uchu n qalmoq yurtiga borayotgan Alpomish birinchi marta u bilan
uchrashadi. C ho‘pon Kayqubod o ‘zini Boysari oilasining teng huquqli
a ’zosi va uning eng yaqin kishisi, deb hisoblaydi. Shuning uchun
h am A lpom ishni «yeznam » deb yaxshi kutib oladi. D o sto n d a
K ayqubod bilan bog‘liq epizodlar o ‘ta hayotiy, samimiy yum or bilan
sug‘orilgan. Kayqubod Toychixonning qizi Tovkaning «Qalini» sifatida
o ‘zi boqib yurgan q o ‘ylardan Alpomishga ovqat uchun tashlab turadi,
chunki qahram on zin d on d an chiqqach, shoh qizini olib berishga
v a ’d a q iladi. Bu e p iz o d la r shu d arajad a k o m ik v aziy atlard a
k o ‘rsatiladiki, bunda K ayqubod ustidan kulish emas, balki uning
soddaligi, olijanobligi, vijdonliligi xayrixohlik bilan ta ’kidlanadi. Bu
jihatdan Kayqubodning o ‘g‘irlikka borish epizodi xarakterlidir. Bunda
um rida hech m ahal o ‘g‘irlik qilmagan sofdil Kayqubodga samimiyat,
uning holiga achinish tuyg‘ulari ifodalanadi;
K o‘zidan to ‘ktirib selob nurini,
U kasini yiqay Jaltang pirini!
O h urganda xasta ko‘nglin xushladi,
G ‘anim ga duch bo‘lmay, sirim foshladi,
Jaltang dedim , bu quduqqa tashladi.
M u nd an b o ‘lak o ‘g‘irlikka kelmayman,
Jaltang pirni sira pirim dem ayman.
K ayqubod qiyin p ay td a A lpom ishga yordam ga kelib, uning
asirlikdan qutulishida m uhim rol o'ynaydi. 0 ‘z navbatida A lpom ish
zindondan chiqqach. zolim va adolatsiz Toychixon h am d a uning
q o ‘shinini to r-m or keltirib, d o ‘sti cho‘pon Kayqubodni qalm oq yurtiga
xon qilib ko‘taradi, ilgari sevgani - Toychixonning qizi Tovkaga
uylantiradi. Qayqubod obrazida xalqimizning adolatli shoh haqidagi
orzulari, dem okratik va gumanistik o ‘y-fikrlari mujassamlashgan.
«Alpomish» dostonidaToychixon, Surxayil, U ltontoz, Ko‘kaldosh,
to ‘qson alp kabi yomonlik olam ini o ‘zida mujassamlashtirgan salbiy
obrazlar ham mavjud.
Toychixon ~ qalmoq shohi, o ‘taketgan zolim va zo'ravon, shu
bilan birga, Surxayil va to ‘qson alp qo‘lida q o ‘g‘irchoq. U to ‘qson
alpga Barchinni tortib olish uchun izn beradi, ochiq maydondagi
teng kurashda yengilgach, tin c h lik bilan o ‘z yurtlarig a qaytib
ketayotgan qo‘ng‘irotliklar ustiga lashkar tortadi. U ning aybi bilan
ikki mart a qonli urush bo‘ladi va har gal A lpom ishdan yengiladi.
Toychixonning mahv etilishi yomonlik olam ining m ahv etilishidir.
Shuning uchun ham dostonda uning xatti-harakati keskin qoralanadi.
Dostondagi salbiy tiplardan yana biri Surxayildir. U — tinchlik va
osoyishtalikni buzuvchn, kishilarga doim yomonlik istovchi shaxs.
Qalmoqlar bilan qo‘ng‘irotlikJar o ‘rtasidagi qonli urushlarga shu kampir
sababchidir. Uning hiylasi bilan asir tushgan Alpomishning qirq bir yigiti
o‘lib ketadi. Alpomish esa yetti yillik tutqunlik azobini tortadi. Surxayil
obrazida hukmron tabaqannng manfaati uchun xizmat qiluvchi ayyor,
hiylagar, yaramas xulqli kishilar fosh etiladi. «Alpomish» dostonida muhim
o‘rinni zolim Ultontoz va uning qahramonga bo‘lgan munosabati egallaydi.
Ultontoz Alpomishning o‘gay ukasi, Boybo'rining Bodom cho‘ridan
bo'lgan o‘g‘lidir. Shu nuqtayi nazardan u Boybo‘ri mol-mulkida muayyan
huquqlarga ham ega. Shuning uchu n ham A lpom ish uni ilgari
tahqirlamagan, Boybo‘ri oilasining a’zosi sifatida hurmat qilgan. Qahramon
zindondaligida Ultontozni Boysinni idora qilishga, urug1 boshlig‘i bo‘lishga
haqli, deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham Alpomish g‘oz orqali Ultontozga
ham salom yo‘llaydi, Kashalga izlab borgan Qorajondan u haqda so‘raydi.
Ammo Ultontoz qahramon o‘ylagancha bo‘lib chiqmaydi. U zo‘ravon
bo‘lib, qonuniy hukmdor —Alpomishning hokimiyatini tortib oluvchi,
o‘zini o‘zi biy saylagan zolim. Alpomish yo‘qligida Boysin — qo‘ng‘irotga
o‘zini xon e ’lon qilib, iflos ishlami amalga oshiradi, qahramonning
qarindoshlarini, urug‘ini xo‘rlaydi, xotini Barchinni tortib olmoqchi
boiadi. Ultontoz hukmronligi davrida mamlakatning qonuniy asoslariga
putur yetadi, urug‘ning hayotiy manfaatlariga zarar yetkaziladi, kishilar
o‘rtasidagi axloq normalari buziladi.
D ostonda patriarxai-urug‘chilik jam iyati sharoitida urug‘ boshlig‘i
keksa B oybo‘ri va uning qarindoshlarining U ltontoz to m o n id an
xo‘rlanishi, kamsitilishi butun q o ‘ng‘irot urug‘iga qarshi qaratilgan
haqorat, urug‘chilnk urf-odatlariga xilof ravishda qilingan zo ‘ravonlik
tarzida talqin qilinadi.
U ltontoz — um um m anfaati uchun qayg‘urmaydigan, q o ‘ng‘irot
urug‘i haqida g‘am xo‘rlik qilm aydigan zolim shaxs. U h ar qanday
yaram as va iflos ishlarni qilishga tayyor. Shuning u ch u n ham
Q aldirg‘o ch o ‘zini tanitm ay kelgan akasi Alpomishga:
N or o ‘lgan so‘ng to ‘kar ko‘zdan yoshimni,
U lton kesar zulm bilan boshimni,
YigMatadi qavm -u qarindoshimni,
Quzg‘unlarga yem ish qilar go‘shimni, —
deya oh chekadi. Yilqichilar, ch o ‘ponlar notanish kishi — Alpomishga
U ltontoz zulm idan bezganliklarini, elga bekning qadri ju d a ham
o ‘tgan]igini alam bilan hikoya qiladilar. Qo‘ng‘irotliklaming bir qismi
turli joylarga ko‘chib ketishga m ajburboladilar, natijada Alpomishning
harakati bilan birlashgan q o ‘ng‘irot urug‘i yana tarqab ketadi.
D ostonda U ltontoz va uning atrofidagi kishilar nojo‘ya va yaramas
ishlari, m a’naviy tubanliklari uch u n qattiq qoralanadi. Alpomishning
bahodirlik nom usi urug‘ini, qarindoshlari, ota-onasi, singlisi, xotini
va o ‘g‘lini azoblagan, xo'rlagan, xalq bilan hisoblashmagan zolimga
jazo berishni talab qilar edi. U ltontoz shunday jazoga m ahkum etiladi.
U m a'naviy tuban shaxs sifatida xalq nafratiga duchor b o kladi.
«Alpomish» dostoni — badiiy barkam ol asar. U nda o ‘zbek xalqi
she’riy dahosining buyuk q u d rati nam oyon b o ‘lgan. «Alpomish»
dostonida boshqa dostonlarga nisbatan mubolaglaviy uslub ustunlik
qiladi. Bu asar xarakteridan, unda kuyiangan voqealar k o ‘lamidan
kelib chiqqandir. D ostonda A lpom ish tilidan shunday bir chiroyli
m ubolag‘a beriladi:
Tikilsam quriydi daryoning gumi,
N a ’ra tortsam qular q o ‘rg‘onning timi.
Bunday mubolag‘aviy tasvir changallasa tog‘ni talqon qila oladigan,
k u ch -qudratda «kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalm oq alplaridan
ustun turgan A lpom ishning azam atligini sifatlab bera oladi.
T og‘ tepasida turgan A lpom ishning ko‘rinishi ajoyib o ‘xshatishlar
yordam ida Q orajon tilidan shunday ta ’riflanadi:
O stingda bedoving halloslar qushday,
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday,
Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday.
Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?..
D o sto n d a a sa r ru h ig a m os, fav q u lo d d a y aratilg a n ajo y ib
k o 'c h im la rn i, asarga g o ‘zal bir bezak b o ‘lib tushgan ch iro y li
parallelizmlarni («Kechani munavvar qilar to ‘lgan oy, Savashli kun
tortiladi parli yoy...»), misralami jilvalantiruvchi quyma badiiy vazifa
bajarib keluvchi tovushlarni («Suvda bo‘lar suluv o ‘tning suyrug‘i»)
istagancha topish mumkin. Asarda she’riy satrlar badiiy jihatdan shu
darajada mukammal ishlanganki, ularning ko‘plari asrlar tajribasini
o ‘zida mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko‘tarilgan. Masalan:
Davlat q o ‘nsa bir chivinning boshiga,
Semurg* qushlar salom berar qoshiga.
G ul ketar bo‘lsa, guliston em ranar,
Shahar vayron bo‘lsa, sulton tebranar,
Mol borida ham ma odam d o ‘st edi,
Boshdan davlat qaytsa. tuqqan emranar.
«Alpomish» «ozod, erkin, m ag'rur va go‘zal odam lar haqida
to ‘qilgan, shulami maqtab ko‘klarga ko‘targan, shu bilan odam lam ing
yuragiga yaqinlashgan» (H am id O lim jon) dostondir. U o ‘zbek
xalqining ko‘p asrlik badiiy yodgorligi sifatida jah o n m adaniyati
tarixida muhim o ‘rin tutadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |