Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


bet67/108
Sana15.06.2022
Hajmi
#674106
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Bog'liq
Oxunjon Safarov [uzsmart.uz]

M aishiy-hayotiy ertaklar.
Bu ertaklarning m azm uni bevosita real 
hayotga bog‘liqdir. U larda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma 
asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahram on bo‘lib keladi. 
M aishiy-hayotiy ertaklar ortiqcha uydirm alardan deyarli xoli bo'Iib, 
ularda ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
M aishiy-hayotiy ertaklarda voqelik m akoni aniq shahar yoki 
qishloqda kechadi, aniq qahram on ishtirokida yuz beradi. U lar 
m azm un-m undarijasi va g ‘oyaviy yo‘nalishi, obrazlariga ko‘ra sehrli- 
fantastik va hayvonlar haqidagi ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq 
shaxsning o ‘z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam va m atonati, yuksak 
insoniy fazilatlari tufayli murod-maqsadiga yetishuvi ko‘rsatib beriladi. 
Shu sababli m a ish iy -h ay o tiy ertak lar sujetini ijtim oiy-m aishiy 
m azm undagi voqelik tashkil etadi. Ularning aksariyatida jamiyatdagi 
ijtimoiy kam chiliklar, nosozliklar, m ehnat ahHning hukm ron tabaqa 
vakillaridan noroziligi umum lashm a obrazlarda ochib beriladi. Bunday 
ertaklarning aksariyati tanqid qilishga asoslanganligi tufayli shartli 
ravishda hajviy ertaklar deb yuritiladi. Biroq aytish joizki, maishiy 
ertaklarning barchasi ham tanqidga asoslanmagan, shu vajdan bunday 
ertaklar o ‘zbek folklorshunosligida shartli ravishda tanqidga asoslangan 
ertaklar tarzida yuritiladi.
Hajviy-m aishiy ertaklar asosida o ‘tkir satira yoki zavqbaxsh kulgi 
(yum or) — yotadi. B unday ertaklar hajm an ixcham , m azm unan 
lo ‘nda b o ‘ladi.
Satirik ertaklar yum oristik namunalarga nisbatan ko‘proqdir. U lar 
sinfiy m unosabatlar keskinlashuvi sharoitida yaratilgan. Bu xildagi 
ertaklarning o ‘z qahram onlari bor. Bular - Kal, kam bag'al sodda 
d e h q o n va d o n o qiz, K o ‘sa va boshqalar, u lar k o ‘p hollarda 
kam sitilganlam ing um um lashm a siymolari. Bu safda N o ‘xatpolvon 
h am bor. Bu perso najlar hajviy-m aishiy ertaklar tarkibida k o ‘p 
holatlarda xasis boy, o ch k o ‘z, savodsiz qozi, zolim podsho, berahm 
qaroqchi singari hu k m ro n tabaqa vakillariga zid q o ‘yilib tasvirlanadi.


Hajviy-maishiy ertaklarda ko‘chma m a’noli savol-javoblar, topishmoq 
aytishuvlari, so‘z o ‘yinlari shaklida qurilgan dialoglar asosida raqib 
tarafning kamchiliklari ochib tashlanadi. U larda personajlarning 
portretini tasvirlashga alohida e ’tibor qilingan, aniqrog‘i, sajiyasining 
ijobiymi yoki salbiyligiga qarab uning portreti chizilgan.
Satirik ertaklarda ko‘p hollarda sinfiy ziddiyatlar ifodasi kengroq 
mavqeda turadi.
Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy 
tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtim oiy ongida, estetik 
d id id a . a x lo q iy q a r a s h la r id a , e ’tiq o d id a k e c h g a n o ‘s is h - 
o ‘zgarishlaming badiiy tarixi sifatida ayricha aham iyat kasb etgan. 
Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o ‘qiladi, eng muhimi, 
navqiron avlodning ma'naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta ’sir 
ko‘rsatib kelmoqda.
M avzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. M if xalq og‘zaki ijodining qaysi taraqqiyot bosqichida paydo 
bo‘lgan?
2. Mifning afsonadan farqi nimada?
3. M if ta b ia ti haqida du n y o fo lk lo rsh u n o sla ri q an d ay fikr 
bildirishgan?
4. 0 ‘zbek mifologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti haqida 
nim alar bilasiz?
5. Qanday mifologik obrazlar yaratilgan va ular qanday badiiy 
talqin etiladi?
6. Afsonada hayot voqeligi qanday aks ettiriladi?
7. Afsona ertak va rivoyatdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib 
turadi?
8. Mifologik afsonalaming o ‘ziga xosligi nim ada?
9. Tarixiy afsonaning alohida belgisi nim ada ko‘rinadi?
10. Rivoyatlarda voqelik qanday bayon etiladi? Retrospektivlik 
nima?
11. Rivoyat bilan afsonaning 
0
‘xshashligi va farqi nim ada?
12. N aqlning asosiy belgilarini nim alar tashkil etadi?
13. N aqllar shakl va mazmuniga ko‘ra qanday turlarga b o ‘linadi?
14. Qaysi m ashhur o ‘zbek naqllarini bilasiz?
15. «Afandi» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday tarixga ega?


16. Latifa janri qachon paydo b o ‘lgan?
17. Latifaning janriy belgilari nim alardan iborat?
18. Latifalarning lokal ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega?
19. E rtaklar qay tartibda ijro etiladi?
20. E rtaklam ing janriy belgilari nim alardan iborat?
21. Ertaklarda a n ’anaviy kirish va boshlama m unosabati qanday?
22. Sehrli-fantastik ertaklar qanday xususiyatlarga ega?
23. H ayvonlar haqidagi ertaklar-chi?
24. M aishiy-hayotiy ertaklar-chi?
25. E rtaklam ing axloqiy-tarbiyaviy aham iyati nim ada?
26. Tubandagi 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish