E r ta k la r n in g ja n r iy ta b ia ti.
E rta k la r x alq o g ‘zak i b ad iiy
ijodiyotining epik turiga mansub b o ‘lib, o‘ziga xos g‘oyaviy-mavzuviy
yo‘nalishga, axloqiy-ta’lim iy va ijtim oiy-estetik vazifalarga ega.
Ertaklar ham og'zaki tarzda jam oa ijodi mahsuli sifatida anonim
ko‘rinishda yaratiladi. G archi uning to'qilish ibtidosi individual
ijodkorga borib taqalsa-da, og‘izdan og‘izga, urug‘dan urug‘ga,
avloddan avlodga o ‘tish jarayonida dastlabki ijrochisiga xos belgilarini,
obrazlarini, motivlari va badiiy vositalarini deyarli saqlab qoladi.
Shu bilan birga, versiya va variantlilik hosil qjlishi m um kin.
H ar bir xalqning ertagi o ‘sha xalq tarixini, m a ’naviy-madaniy
turm ush tarzini, ichki dunyosini, im on-e’tiqodini boshqa qardosh
el-u elatlar bilan ijtimoiy m unosabatlarini. urf-odatlarini, yashash
joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o ‘rganishda m uhim manba
vazifasini o'taydi.
Deyarli barcha ertaklam ing g‘oyaviy yo‘nalishi yagona maqsadga-
m e h n a t a h lin in g buyuk va y o rq in kelajak u ch u n olib borgan
kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning
uchun ertaklar ham isha yaxshilik va murodga yetishdan iborat umid-
baxsh g‘oya bilan yakun topadi.
Ertaklar o ‘z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga
ega. U lar bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro
etiladi. Kirish, boshlam a, tugun, epik sarguzasht va
tugallama
ertak
kom pozitsion qurilm asining asosini tashkil etadi.
Ertaklam ing a n ’anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha
xalqlar ertakchiligi uchun m ushtarak xususiyat hisoblanadi. An’anaviy
kirishning vazifasi tinglovchilar e'tiborini bir nuqtaga jalb etish, ertak
tinglashga hozirlashdir. A n ’anaviy kirishlar sujet tabiatiga mos
tushadigan xayoliy fon yaratishni, auditoriya, tinglovchilar qalbida
ko'tarinki ruh, xushchaqchaq kayfiyat paydo qilishni ko‘zlaydi.
Odatda, an ’anaviy kirishlar sajlangan nasriy parchalar shaklida bo‘lib,
zamon va makon haqidagi m a’lumotlami ifoda etadi. «Gulpari» ertagi
kirish qismida bu holatni kuzatish mumkin. «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan,
bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, g‘oz kamaychi ekan, o ‘rdak
sumaychi ekan, toshbaqa tarozidor ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.
Qadim zam onlarda G ulzor degan bir mamlakat b o lg an ekan. Shu
mamlakatda donishmandlikda tengi yo‘q chol-u kampir yashagan ekan».
G oho kirish qismi ertakdagi hajviy ruhga ishora xarakterida bo‘lishi
mumkin: «Taraqa —turuq, om och-u bo‘yinturuq, Shomirzoyi qoqquruq,
Boqi charaqi, baroq ko‘z darvozaboni, hayhot, og‘zingga now ot, siynani
siynaga q o ‘yib, diqqina xap yot, oftobda shayton ko‘ndalang, o ‘rikda
maymun tippa-tik, qonim joningga jippo-jip. Ammo lekin, tomga bekin,
zamonlaming zamonida bir podsho bor ekan» kabi.
Kirish qism ayrim hollardagina ertak boshlamasiga ulansa, ayrim
hollarda o ‘zicha mustaqil holda qolaveradi. Ertakda boshlama sujet
chizig‘ida doimiy element hisoblansa-da, sujet rivojiga aloqador emas,
balki harakatning tashkil topishiga turtki bermaydi. U qahram onlar
haqida m a’lum ot beradi. Sujet chizig‘ida sodir b o ‘ladigan voqea-
hodisalarning qaysi zam on va makonda kechajagidan xabar beradi.
Boshlama sujet yo'nalishida noaniqlik va umumiylik kasb etadi. «Bor
ekanda, yo‘q ekan. Och ekanda, to ‘q ekan. Qadim zam onda bir
podsho o ‘tgan ekan» kabi.
Boshlamalar har gal bir-birini inkor etuvchi m uddaoni ifoda etadi.
Ularda voqea va hodisalaming bo*lib o ‘tgan o ‘m i n om a’lum bo‘lib,
nomi aytilmaydi, ularda noaniqlik hukm ronlik qiladi: «Bir shahar,
bir mamlakat» deb ta ’kidlanadi, xolos. Sehrli ertaklar boshlamalarida
aksaran qahramonlar nomi sir saqlanadi, laqabigina izohlanadi: «Uch
og‘ayni bor ekan. T olng‘ichining oti — Yulduz sanar, o krtanchasining
oti - Daryo bog‘lar, kenjasining oti — Qilich qora ekan».
Ertak boshlamalari ko'rinishiga ko‘ra uzun yo qisqa bo‘lib, voqea-
hodisalarning kelajak o ‘rni va vaqti haqida noaniq, um um iy va
mavhum m a’lumot beradi. Ba’zan boshlam a ertak voqeligi bilan
qo‘shib yuborilishi ham kuzatiladi: « 0 ‘tgan zam onda uch aka-uka
botirlar bo'lib, ular o ‘z omadlarini sinab ko‘rish niyatida uzoq safarga
yo'lga chiqibdilar». Bunday holatdagi boshlam alar ertakdagi voqealar
riv o jin in g te zla sh ish ig a va k e sk in la sh u v ig a , z id d iy a tla rn in g
kuchayishiga zamin hozirlaydi.
Shuni alohida ta ’kidlash joizki, boshlama ekspozitsiya emas, balki
unga -ekspozitsiyaga yo‘l ochadi, o ‘rin beradi. Boshlama sujetga
d a x ld o r b o ‘lm ay, e rta k d a sujet e k sp o z itsiy a d a n b o s h la n a d i.
Ekspozitsiya esa bevosita asarning tuguni bilan aloqador; sujet
chizig‘ini tashkil etuvchi hodisalar harakati, konflikt va voqealar
rivoji ekspozitsiyadan boshlanadi: «U podshoning yolg'iz bir o ‘g‘li
bor ekan, - yillar o ‘tib, podshoning o ‘g‘li ulg‘ayibdi. Bir kuni u
tushida bir qizni ko‘rib, oshiq b o ‘Iib qolibdi». Ayonlashayotirki,
podshoning yolg‘iz o ‘g‘li borligi aytilishi sujetga harakat baxsh etsa,
tushida qizni ko‘rishi-tugunni hosil qilgan. Ayni choqda sujet rivojiga
— epik sarguzashtga asos b o ‘luvchi konfliktga ishoraga aylangan.
Ekspozitsiya, asosan, ertak bosh qahram onlarini aniqlaydi, yo‘l-
yo‘lakay ularning axloq-odobi, qiyofasi, xarakter-xususiyati haqida
m a'lum ot beradi, o 'zaro munosabatlarini oydinlashtiradi. Bu jihatdan
«To'rabekxonim » ertagi ekspozitsiyasi diqqatga sazovor: «Bir podsho
bo r ekan, davlat unga yor ekan. qo‘shnilari ko‘p ekan, yurtdan
ko‘ngli to ‘q ekan, eli ko‘p obod ekan, oti Odilshoh ekan, adl unga
ham ro h ekan. O dilshohning dunyoda birgina qizi bor ekan. U ning
otini T o ‘rabekxonim der ekanlar. Bu qiz yakka-yagona ekan, oqii-u
dono ekan. Kiyim kiysa yarashar, ham m a unga qarashar ekan, o ‘zi
ko‘p sohibjamol, har kim ko‘rsa aqli lo) ekan, ko‘p kitob o ‘qir
ekan, she’r-g‘azal to ‘qir ekan. Saroyda maslahatchi, maydonda botir
ja n g c h i, a rg ‘u m o q la r
y eto lm as, yetib o ‘tib k eto lm as ek an .
T o ‘rabekxonim o ‘n sakkiz yoshga yetgan, dovrug‘i olamga ketgan
ekan. U zoq- yaqin yurtlardan shahzoda-yu xonvachcha — bekzodalar
T o ‘rabekxonim ni xotinlikka olam an deb, umid bilan kelar ekanlar,
lekin T o ‘rabekxonim barini mot qilib qaytarar ekan. K unlardan bir
kuni M arv degan yurtning podshosi T o ‘rabekxonimning ta ’rifm i
eshitib, o ‘zini ko‘rmay oshiq bo'lib qolibdi».
Ekspozitsiya ana shu zaylda ertak kompozitsiyasining m a'lum
elem enti sifatida sujet voqealariga aniqlik va ravonlik baxsh etadi va
tugunga ishora tarzida yakun topadi.
Ertak sujetlari xilma-xil b o ‘lganidek, ulardagi tugun ham xarakter
e ’tiboriga ko‘ra xilma-xil b o ‘ladi:
Download Do'stlaringiz bilan baham: |