«u!ug‘ ir
»ning doston
ekanligini dalillaydi. Navoiy zam onasida />» dostonni anglatgani
bois, u ertak m a ’nosida «
cho'rchak»
istilohini qo‘llaydi va og‘zaki
eposga xos bu ikki hodisani farqlaydi:
H abibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay,
Q oshinda qissai Y usuf bir uyqu keltirur ch o ‘rchak.2
Shuni ta ’kidlash joizki, Navoiy qo‘llagan «cho‘rchak» istilohi hozir
T o sh k e n t m u z o fo tid a « ch o ‘pchak» va uyg‘urlarda « c h o ‘chek»
shakllarida fonetik o‘zgarishga uchragan holda iste’moldadir.
Ertaklarning paydo bo 'lishi.
Ertak xalq og'zaki badiiy ijodining
eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik. katta-yu kichiklar uchun baravar
qiziqarli b o ‘lgan ja n rid ir. U lar ju d a uzoq o ‘tm ish d a ib tid o iy
ajdodlarim izning mifologik dunyoqarashi, qadim iy u rf-o d atlari,
marosimlari asosida paydo bo'Igan. Ertaklarda, odatda, xalqning
maishiy turm ushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-
o‘ylari xayoliy va hayotiy uydirm alar vositasida bayon etiladi.
Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanishjarayonini kechirgan.
Ular ibtidoiy odamlaming turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya
qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o ‘tishi bilan hikoya qilish
ham takomillashib borgan. So‘zga sig‘inish, ilohiy kuchlarga siginish,
animistik, totemistik, fetishistik e’tiqodlar, gallisunatsiya va tush ta ’sirida
fantastik (taxayyuliy) vositalarga to ‘lisha borsa, hayvonlami ovlash,
xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina
emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi
ertaklar paydo bo‘la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush
tajribasini om uxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va
kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik)
xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida
majoziy nam unalar yuzaga kela boshladi.
Feodal munosabatlartarkibtopib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha
borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlami ifodalash tamoyili
chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar
paydo bo‘la boshladi. Shu zaylda ertaklar ijtimoiy-estetik hodisa sifatida
xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi.
Ertaklarni ijro etish tartibi.
Ertaklar professional ijrochilikka
asoslangan. 0 ‘tm ishda ertaklar yilning m a ’lum davrida, belgilangan
paytda ijrochilik salohiyatiga ega b o lg a n yoshi ulug‘, dorio, hurm atli
va e’tiborli kishilartom onidan aytilgan. O datda, bunday professional
ijrochilar ertakchi deb yuritiladi.
Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Shu haqdagi nuqtayi nazarini
«Ertak erm ak emas, ertakchi og‘ziga kelganini demas» m aqolida
ifodalagan. Ertak ertakchi tom onidan yo b ir kishiga, yo butun bir
jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik,
ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonm oq uchun ertak m azm uniga
mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olam ini ta ’m inlash uchun
ovoz jilosiga, yuz va gavda harakatlariga (mimika va pantom im ikaga)
alohida e ’tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh
shivirlab, goh ovozini ko‘tarib, ko‘zlarini har xil holatga solib,
yum shoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni
taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo‘lishini
ta ’minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o ‘zi ijro etadi, asardagi
ruhiy oiam ni o ‘z kechinm alari bilan to ‘ldiradi va hayajonbaxshligini
ta ’minlaydi. Shu ijro xususiyatiga ko‘ra ertak ijrochiligi xalq yakka
aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va
boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi.
Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi yetakchilik qilgan davrlarda
ertak, odatda, dehqonlarning dala yumushlari tugagan paytda —
kuz va qish m avsum larida, uzun va zerikarli oqshom larda aytilgan
va bu o ‘ziga xos a n ’ana tusini olgan. Ertakchilik oqshomlari shom dan
tonggacha davom etgan. Shundandirki, xalqning o ‘zi bu hodisani
« D oston kunda aytiiadi, ertak tunda» degan m aqolida maxsus
ta ’kidlab q o ‘yishni unutm agan.
G archi ertak eng qiziqarli nuqtasiga — kulminatsiyasiga kelib
qolganiga qaram ay, to n g otgan zahoti uni aytish to ‘xtatilgan.
X ususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga q at’iy am al
qilingan. Sababi — sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina
singari qorong‘ulik olam ining mavjudotlari yorug‘lik olamiga chiqib,
in s o n la rg a , ay ni p a y td a e rta k tin g lo v ch ilarig a z iy o n -z a h m a t
yetkazishlari m um kin, degan e ’tiqod tufayli shunday yo‘l tutilgan.
Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo‘qolishidan, uning m oddiy
hayot qobig‘iga singib ketishidan q o ‘rqilgan. Shom dan boshlanuvchi
q orong‘ulik tonggacha hukm ron b o ‘lganligidan ertaklar olam iga xos
sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi
a n ’anasi aslida ana shu asosda qaror topgan.
Boshida faqat sehrli-fantastik ertaklar ijrosiga xos bu taqiq (tabu)
b o ra -b o ra m a ish iy -h ay o tiy erta k lar ijrochiligiga ham q oT lan a
boshlangan. Bu fikrni «M ing bir kecha» arab xalq ertaklarining
afsonaviy ijrochisi Shahrizoda repertuari sifatida m ashhur ertaklar
silsilasi yaqqol tasdiqlaydi. Z ero, Shahrizoda o ‘z repertuaridagi ham
s e h rli-fa n ta s tik , h a m m ajo ziy -alleg o rik , h am m a ish iy -h ay o tiy
ertaklarni, asosan, kun botgach aytishni boshlab, tong otgach —
ertakning qay o ‘rniga kelganidan q at’iy nazar, uni to ‘xtatib q o ‘ygan.
E rtaklar og‘izdan og‘izga o ‘tib, sayqal topgan holda avloddan
avlodga yetkazilar ekan, bu jarayonda ular sujetidagi ayrim m otivlar,
obrazlar tushib qolishi yoki aksincha ko‘payib borishi tabiiy. H atto
goho bir xalq ertagiga xos sujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga
ko‘chib o ‘tishi va buning oqibatida bir necha o'xshash sujetli ertak
paydo bo‘lishi mumkin. Folklorshunoslikda bunday ertaklar — sayyor
sujetli ertaklar deb yuritiladi. Sayyor sujetli ertak lar k o ‘pincha
m azm unan o ‘zaro o ‘xshasalar-da, biroq milliy ruh, milliy urf-odat,
milliy dunyoqarash, milliy tilga xos ifodaviy vositalar va geografik
m uhit tasviriga ko‘ra farqlanuvchi mustaqil adabiy —og‘zaki hodisa
sifatida yashash huquqiga ega.
Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dram atik harakat yordamida
ijro qilinadi. Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik
qim m ati pasayadi.
Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mum kin:
a) teatrlashtirilgan shaklda;
b) deklamatsion shaklda;
c) ohangga solingan shaklda.
Ertaklarda va ular ijrochiligida tayyor qolipga aylangan an'anaviy
form ulalar bisyor. U lar o 'q u v ch i va tinglovchini qiziqtirishdan
tashqari, voqealarni bir-biriga bog‘lashda, uzoqni yaqin qilishda
m uhim dir. C hunonchi, «Qirq hujra bor, hujraning qirqinchisiga
kirma», «Qilichni bir silkitdi, qilich qirq gaz c h o ‘ziIibdi». «endi
so‘zni boshqa tom ondan eshiting», «shohning qahri kelib, ilonday
zahri kelib», «oy desa og‘zi bor, kun desa-ko‘zi bor, shirindan shirin
so‘zi bor», «suv ichsa tom og‘idan, sabzi esa biqinidan ko‘rinadi»,
«kulsa — og‘zidan’gullar sochilar, yursa-oyog‘idan tilla sochilar»,
«yo‘l yurib, yo‘l yursa ham m o ‘l yurib, tog‘-u sahro, ch o ‘l yurib...»
kabi an’anaviy qolipshaklidagi ifodalarni istagancha keltirish mumkin.
Ertak ijrochiligining o ‘ziga xos tabu — taq iq va irim lari bor.
C hunonchi, ertakchi ertak aytayotganda eshikni m ahkam tambalagan,
o‘choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, shuningdek,
non, suv, tosh singari narsalarni q o ‘ygan.
0 ‘zbekistonning turli joylarida ertakchilik m aktablari b o ‘Igan.
U larda ustoz ertakchilar o ‘zlariga munosib shogirdlar tayyorlagan.
Shogirdini ertak aytish san’atining nozik qirralari bilan tanishtirgan
va unga ertak ijrochiligining sir-sinoatlaridan maxsus saboq bergan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |