Xoja Nasriddin Oqshahariy va Nasriddin Tusiylarning A m ir T em ur
bilan uchrashganlari haqida hech qanaqa m a’lumot uchram aydi.
Zero,
ular zam ondosh ham emas, qolaversa, Amir Tem ur ularning
birinchisidan taxm inan yarim asrcha keyin, ikkinchisidan esa roppa-
rosa 62-yil o ‘tgach, 1336-yilda yorug‘ dunyoga kelgan. Shunga
qaramay, bir guruh tadqiqotchilar Nasriddin afandini Amir Tem urga
zam ondosh va suhbatdosh sifatida talqin qiladilar.
Buning
b ir qancha asoslari bor, albatta. C hunonchi, D m itriy
Kontemir 1737-yilda yozgan «Turkiya tarixi» kitobida ilk b o r Amir
Tem ur va Xoja Nasriddin haqidagi latifani keltirgan edi. U bu latifalar
manbayini ko‘rsatmasa-da, har qalay Yevropa ahlini Nasriddin haqidagi
latifalar bilan ham ilk bor tanishtirishga muvaffaq bo'lgan edi. Holbuki,
XVII asrgacha mavjud bo'lgan Lomeiyning «Latoif» (XVI asr), Ali
Safiyning «Latoyif ut-tavoyif» (XVI asr),
shuningdek, «Latoyif va
zaroyif» (XVI1 asr) singari kitoblarning birortasida ham Nasriddin
afandi va Amir Tem ur munosabatiariga daxldor latifa uchramaydi.
Biroq ayrim tadqiqotchilar D. K ontem ir keltirgan latifalarga suyanib,
ulami zam ondosh hisoblaydilar. Bu esa, haqiqatga xilofdir.
Chor mustamlakachilari va ularning vorislari bo‘Igan bolsheviklar
b arqaro r etgan m ustabid tu zu m m afkurasi xalq im izn in g ezgu
qadriyatlari qatorida A m irTem um ing muborak nomini ham qatag‘on
qilib qo'ygan edi. Shu maqsadda uni bosqinchi. kallakesar, shafqatsiz,
n o d o n va g o ‘l q iy o fa d a t a r g ’ib q ilis h u c h u n h a r q a n d a y
im koniyatlardan samarali foydalandi.
H atto shu ruhda yozilgan
asarlarni katta mukofotlar bilan rag'batlantirishni ham unutm adi.
G ‘oyat om m abopligi va hozirjavobligi tufayli ijtim o iy -siy o siy
latifalaming ham shu yo‘nalishda qayta ishlanishini o ‘zini bilmaslikka
olib m a’qullab turdi. «Kiyik ham ovmi», «Afandi-mergan», «Endi
faqat orqam ni ko‘rasiz», «It ekan», «Zolim - biz», «Sadoqat»,
«Afandi bilan Tem ur», « 0 ‘lm agan bizning jonim iz», «Y erning
kindigi», «Temurning qimmati», «Ikki eshakning yuki», «Afandining
rumliklarga javobi», «H o‘l bo'lm aslik uchun-da», «Masofa», «Tanga-
manga», «Afandining sovg‘asi», «Afandi-rassom», «N im a uchun
osmonga chiqib olding?», «17999 olam podshosi», «Afandi qishlog‘iga
qochdi», «Aql ketganini qanday bilsa b o ‘ladi?», «M a’raka oshida
kelarmiz», «Pashshalarning podshosi», «Quyon qochdi», «M azhabi
Tem ur c h o ‘loq», «So‘ngan tob berolm aydi», «Amir T em u rn in g
laqabi», « 0 ‘lim d an halvo y tar afzal», « T em u rn in g say o h ati» ,
«So‘zining e ’tibori yo‘q podsho», «Amir Tem urning flli»
va boshqa
o ‘nlab latifalar ana shu xilda va shu maqsadda qayta ishlangan,
ulardagi «bir shoh», «bir qozi», «bir hokim» yoki «bir amaldor»
iboralari A m ir Tem ur nom iga almashtirilib, buyuk hukm dor sha’ni
tahqirlanishiga erishilgan. C hunonchi, «Ikki eshakning yuki», «17999
olam ning podshosi», «Afandi rassom» va boshqa o ‘nlab Nasiriddin
nom iga aloqador o ‘zbek latifalarini
Mullo Mushfiqiy nom i bilan
aytiluvchi tojik latifalari bilan solishtirilganda biror o‘rinda ham Amir
Tem ur tilga olinmaganini kuzatish mumkin. Aksincha ularda «Buxoro
amiri» yoki «podsho» M ullo Mushfiqiy bilan muloqot qiladi. Bundan
shu narsa ayonlashadiki, buxoroliklar o ‘rtasida keng ommalashgan
M ullo Mushfiqiy nom i bilan bog‘Iiq latifalar XIX asrning II yarmidan
boshlab Nasriddin afandi nom iga ko‘cha boshlagan va shu jarayonda
hukm ron m ustam lakachilik mafkurasi ta ’sirida ularda «amir» va
«podsho» iboralari h am A m ir T em ur nom i bilan alm ashtirilib
m uddaoga erishilgan.
b)
Download
Do'stlaringiz bilan baham: