Farg'ona davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix yõnalishi



Download 50,5 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi50,5 Kb.
#561228
Bog'liq
Mustaqil ish


Farg'ona davlat universiteti


Tarix fakulteti Tarix yõnalishi
19-76 A guruh talabasi
Ortiqov Ortiqboyning
Õzbekiston tarixidan fanidan
tayorlagan mustaqil ishi.

Mavzu: Qõqon xonligida Diniy unvonlar va mansablar

Reja
1. Qõqon xonligi haqida va unvonlari haqida.
2. Saroy unvonlari va mansablari
3.Diniy mansablar va unvonlar

1.Qo’qon xonligi XVIII asrning boshlarida bo’linib ketgan ashtarxoniylar saltanatining bir parchasida tashkil topib, 1876 yilning fevral oyigacha mavjud edi. Bu davlat XVI-XIX asrlarda Turkistonning tarixiy-siyosiy, xo’jakik va madaniy hayotida katta o’rin tutganQo’qon xonligining asoschisi Ming qabilasining boshlig’i Shohruhbiy (vafoti 1721 yil) hisoblanadi. Xonlikda, Buxoro amorati(amirligi)ga o’xshab, Amir Temur davrida shakllangan davlat boshqaruv tartibi va tuzumi mavjud edi. Qo’qon xonligida joriy qilingan har xil unvon va mansablar, vazifa va martabalar hamda amallarni o’rganish O’zbekiston mustaqil davlat bo’lgan bugungi kunda katta ahamiyat kasb etadi.Ma’lumki, Turkistondagi davlat boshqaruv tartibining tarixi qadimiy zamonlarga borib taqaladi. Sharq davlatchilik tuzumi Ahomaniylar davridan (eramizdan oldin 6-5 asrlar) boshlab to sohibqiron Amir Temur davrigacha muayyan bir tartibda bo’lib kelib, Amir Temur davrida aniq bir nizom asosiga o’rnatilgan edi Keyinchalik bu nizom davr va eamona taqozosiga ko’ra ba’zi o’zgarishlarga uchrab, XX asrning boshlarigacha yashadi.Turkiston davlatlarida joriy bo’lgan vazifa va unvonlar, mansablar, ularning sohiblari haqidagi ba’zi ma’lumotlar olimlardan A. Kun, CH. Valixonov, V. V. Bartold, A. Semyonov, B. Ahmedov, A. Vildanova, A. L. Troitskaya, R. Nabiev asarlarida uchraydi. Bular ichida B. Ahmedovning «Muloqot» majallasida e’lon qilingan «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» (1994 y., 3-4 va 5-b-sonlar) maqolasi juda qiymatlidir.Markaziy Osiyo davlatlarining «tarixini o’rganish tarixchi va huquqshunos olimlar oldida turgan muhim va aslo kechiktirib bo’lmaydigan vazifadir, chunki bunday ilmiy izlanishlarning ilmiy va nazariy ahamiyati benihoya kattadir» («Muloqot», 1994, 3-4 son, 37-bet), deb yozadi Bo’riboy Ahmedov.Shu kabi mulohazalarga tayanib va o’nlab mahalliy tarixchilarning XIX asrda bitilgan tarixiy asarlarining ma’lumotlari asosida bizni qiziqtirayotgan masalalarni yoritish yo’li bugunga kelib ochildi. Qo’qon tarixiga oid asarlarning soni o’ttizdan oshadi, ammo ulardagi muhim ma’lumotlar ilmiy izlanishlar doirasiga to’liq jalb etilmagan. Afsuslar bo’lsinki, bu ma’lumotlar tarqoq va parishon holatda haligacha qolib ketmoqda.Qo’qon xonligidagi unvon, mansablar va amallarga mahalliy mualliflardan «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri Mullo Olim Mahdum Xo’ja «Tarixi Turkiston» nomli asarida (Toshkent, 1915 y., 164-165-betlar) to’xtalib o’tgan. Mullo Olim xonlikdagi amaldorlarni 24 darajaga bo’lib, quyidagi ma’lumotlarni beradi:


«Xo’qand xonliklari asrida joriy bo’lub turgan har xil mansablar, chunonchi: Mingboshi va Amiri lashkarlik mansabi. Bu mansab voennuy ministirlik qatorida bo’lub, ondin boshqa hukumatning hamma ishiga mudoxalasi, chunonchi, xorijiya, doxiliya ishlariga tamom daxli bo’ladur.
Ikkinchi Qushbegilik mansabi. Bu mansabdagi odamlar doimo xon huzurida maslahatchi qatorida turub va yoki biror katta shaharga hokimi bil-istiqbol nasib qiladur.
Uchinchi Parvonachi. Bu mansabdagi ot ham qushbegi lavozimini ado qiladur.
To’rtinchi Shig’ovul. Bu odam vaziri ilmiyadek bo’lub, qozi, mudarris, a’lam, shayx ul-mashoixlar oning ko’rsatgani bo’yicha tayin qilinib, bularning taftishlari ham anga
oiddir.

Beshinchi Xudaychi. Bu zot xonga adyutant (ad’yutant) hukmida bo’lub, xonga maxsus beriladurgon arizaga va bo’lak ishlarga vosita bo’ladur.


Oltinchi Tunqator. Bu mansabdagi odam xonning maxsus yotadurgon joyiga posbondek, kechasi doimo uxlamay, xonning amriga muntazir bo’lib turadur.
Yettinchi Noib. Tamomi sarbozlar aning ixtiyorida bo’ladur.
Sakkizinchi Otaliq, to’qqizinchi Dodxoh, o’ninchi Mehtarboshi, o’n birinchi Sharbatdor, o’n ikkinchi Dasturxonchi, o’n uchinchi Xazinachi, o’n to’rtinchi Mahramboshi, o’n beshinchi Eshikog’aboshi, o’n oltinchi Ponsadboshi, o’n yettinchi To’qsabo, o’n sakkizinchi Devonbegi, o’n to’qqizinchi Mirzoboshi, yigirmanchi Sarkor, yigirma birinchi Miroxurboshi, yigirma ikkinchi Yuzboshi, yigirma uchinchi Bakovulboshi yigirma to’rtinchi Dahboshi.Ushbu mansabdorlarning hech qayularida muqarrar vazifa bo’lmay, Qushbegi (parvonachi)larga biror katta shahar va andin kichiklarga qishloq va yo biror arig’ berib, boshqa mansabdorlarga podshohlikdin ot, libos, aslaha, bir yilda ikki-uch marotaba g’alla, sarupo berar edilar. Mundin boshqa bir necha mayda mansablar ham bo’lur edi. Ilmiya va huquq mansablaridan qozi ul-quzzot, qo- ziykalon, qoziyi askar, qoziyi maxsus, a’lam, muftiy, mudarris. Bularning har qayularining o’zlariga maxsus lavozimlari bo’ladur. Yana shayx ul-islom, shayx ul-mashoix mansablari ham bor edi».Mullo Olimning bu qaydlarida ma’lum ziddiyatlar uchrashidan qat’i nazar, bu masalaga bag’ishlangan birinchi izlanishlardan bo’ldi. U mavjud mansab va unvonlarini tasnif qilib, ularni darajabandlik qilgan.Qo’qon xonligida unvon va mansablar ularning ijrochilarining vaeifalari va martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroyning unvon va mansablari, saroy ma’muriyati vazifalariga hamda diniy va diniy-qozixona amallarga taqsim bo’lardi.Xonlikda eng oliy va markaziy unvon «Xon» unvoni bo’lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish sapohiyatlari uning qo’lida edi. Ming qabilasidan bo’lmish hokimlar Shahrisabz, Urgut, Mog’iyon, Urmetan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798 y.) Ming’ qabilasi rahbarlarining unvoni «biy» edi. Olimxon 1805 yili birinchi bo’lib o’zini «xon» deb e’lon qildi. Umarxon (1810-1822 y.) o’zini 1818 yili «amir al-mo’minin» deb e’lon qilib, diniy boshliq ham bo’lib oldi. Uning vorisi Muhammad Alixon esa yana «xon» taxtiga ko’tarildi. Xon avlodlarini xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to’ra deb aytardilar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakkahokimlik bo’lib, faqat ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati va qudrati cheklab qo’yilgan edi. Bunday hol Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo’lgan davrida (Xudoyorxon zamonida 1844-1852 yillar), Alimqulining amirlashkarlik va vazirlik davrida (Sulton Saidxon xon bo’lgan vaqti 1863-1865 yillar) ro’y bergan. Xonning kuchi va qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy guruhlarga tayanardi. Xon eng katta mulkdor sifatida xonlikdagi hamma yer, suv, quruqliklar, ko’lu anhorlarga egalik qilib, ulardan zakot va xiroj shaklida daromad olib, xazinasini to’ldirardi. Shuning hisobidan hamda boshqa soliqlardan u o’zining saroyi, qo’shini va ma’muriyat amaldorlarini tutardi.

Qo’qon xonligi asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon davrlarida (1798-1842 yillari) ancha barqaror va tinch rivojlangan. Lekin XIX asr o’rtalariga kelib bu davlat tanazzulga duch kela boshladi. Bu tanazzulning asosiy sabablari sifatida o’troq xalq (raoyo) va ko’chmanchi aholi (baroyo) o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni, o’zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan janglarni, Buxoro amirligi bilan o’rtadagi nizo va dushmanliklar, muhoribalarni ko’rsatsa bo’ladi. Bular natijasida xo’jalik hayoti pasayib, ijtimoiy tarqoqlik boshlandi, davlat to’la ma’noda inqirozga duch kelib, zaif bo’ldi va oxir-oqibat Rusiya qo’shinlariga yem bo’ldi.


Xon mutlaq hokim sifatida o’zining saroy-o’rdasiga sohib bo’lib, quyidagi unvon va mansablar joriy etilgan .
II. SAROY UNVON VA MANSABLARI
077Oliy darajali unvon va mansablar: otaliq, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inoq, eshikog’asi, parvonachi, dodxoh, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, qorovulbegi (saroyda), tunqator, qushbegi
.O’rta darajali unvonlar va amallar: kitobdor, risolachi, bakovul, mirzoboshi, sarmunshi, mehtari zakotxona, miroxo’r, shig’ovul.
Past darajali mansablar: salomog’asi, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, dafchi, chopquchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor.
OTALIQ — xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular tarbiyat bergan xonzoda taxtga sohib bo’lganidan so’ng o’zlari ham yuqori mansab va amallarga sohib bo’lar edilar. (Buxoro amoratida ham eng oliy unvon hisoblanardi.) Xonning rikob (o’zangi) ahliga kirardi. Otaliqlardan Musulmonquli (taxminan 1792 yili tug’ilgan bo’lib, 1852 yili noyabr oyida qatl etilgan), Alimquli (1830/31 — 1865 yillari), Qanoatshoh otapiq (1862 yili amir Muzaffar tomonidan qatl etilgan) Qo’qon xonligi tarixida katta o’rin egallaganlar. Xususan, Musulmonquli va Alimquli otaliqlar davrida xon nomidan oliy hukumat sohibi bo’lib qolib, davlat boshqaruv ishlari to’liq shu zotlarning qo’llarida edi.
BEKLARBEGI — ya’ni, beklarning beki. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi viloyatning hokimiga berilgan..Beklarbegilardan Isfara ve Chorko’h hokimi Sotiboldi va Toshkand vakili Lashkar beklarbegilar mashhur bo’lgan. Bulardan Lashkar (qushbegi) beklarbegi Toshkent va Dashti qipchoq mulkida 1810 yildan 1841 yilgacha hokim bo’lib, juda oqil va odil sanalgan. Mirzoligini uning davrida boshlagan «Xulosat ul-ahvol» asarining muallifi Abu Ubaydullo Muhammad binni Sultonxo’ja (Eshonxo’ja Qori Toshkandiy) Lashkar beklarbegini samimiyat bilan eslaydi.
BIY — turkiy qabilalarning peshvolari (Buxoro amoratida IX darajali mansabdor).
DEVONBEGI — xon devonining sardori. (Buxoroda XIII darajali amaldor) Qo’qon xonligi viloyatlaridan Toshkent va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi amali bo’lgan. Lashkar beklarbegi davrida bu o’lkada hatto ikki nafar — Hakim devonbegi va Xudoyberdi devonbegilar bu vazifani bajarganlar. Ular xiroj va zakot ishlari, viloyatning hisob-kitob ishlarini olib borganlar. Hakim devonbegi Toshkent, Turkiston, Chimkent va Sayram yerlarida, Xudoyberdi esa Pishpekkacha bo’lgan hududlarda devonbegi edi.
XAZINACHI — davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Viloyat markazida ham xazinachi bo’lgan.
INOQ — xonning xos va sirdosh mulozimi.
ESHIKOG’ASI (chehraog’asi) — eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlarining va soqchi-mulozimlarining sardori. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz qo’ymaslikka javob beradi.
PARVONACHI — bu unvon boshqa unvonlarning egalariga ham berilardi. Uning egasi o’zining xonga yaqinligidan foydalanib, xat va arizalarni saroyga olib kirib, u yerdan ketma-ket javobini olib chiqarardi. (Buxoroda XII darajali mansabdor.)
DODXOH— saroy unvonlaridan. Xon oldiga boshqalarning iotak va maqsadlarini bayon etish huquqiga ega mansab.
DASTURXONCHI — xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar mansab.
SAROY QAROVULBEGISI — xon o’rdasining soqchilariga boshliq.

TUNQATOR — ya’ni, tungacha uyg’oq soqchi. Xonning istirohati va yurishlari vaqtida muhofazat qilardi. Xonga yaqin kishilardan tayinlanardi.


OFTOBACHI — xonning xos mulozimlaridan. Uning yuvinishi va tahorati vaqtida xizmat qilardi. Qo’qon xonligida Abdurahmon oftobachi ibni Musulmonquli 1873 yili Ma’mur munduz (1879 yili 25 yanvar dorga osilgan) ko’targan qo’zg’olonni bostirish uchun yuborilgan lashkarga boshchilik qilgan edi.
SHARBATDOR — eng oliy va faxriy unvonlardan. Xonga xos majlislarda va safarlarida xizmat qilardi.
HIDOYATCHI— tortiq va sovg’alarni qabul qilib, xon nazaridan o’tkazardi.
SHIG’OVUL — elchilar va choparlarni xon huzuriga boshlab kirardi. Manba’lar ma’lumotiga qaraganda, shig’ovul mansabida bo’lgan zotning vazifalari juda keng bo’lgan. Muhammad Yunus mirzoboshi shig’ovullik mansabini Alimquli amirlashkar tomonidan olishi voqeasini quyidagicha bayon qiladi: «Bir kuni salomga yig’ilgan vaqtida (Yoqubbek) Badavlat (o’sha mashhur Yoqubbek Piskentiy — Qoshg’ar hokimi. — SH. V.) qo’lida bir kimxob to’n va Mirzo Ahmad qushbegi qo’lida ham bir kimxob to’n olib chiqib, Badavlat kaminaga kimxob to’nni kiydurub, tosh o’qqog’an tillo asoni «siz shig’ovul» deb qo’limga topshurdi. Mirzo Ahmad qushbegi to’nni Ahrorxon to’raga kiydurub, yana bir tillo asoni «siz udaychi» deb ani qo’liga topshurdi» (3). Bu mansabga o’tmasdan oldin Muhammad Yunus dodxohlik unvonida bo’lib, mirzoboshi vazifasida bo’lgan edi. Mirzoboshi bo’lganida unga Alimqul amirlashkar «bir katta tillo kimxob to’n kiydurub «Farg’onaning xirojini va tanoboni va zakot pullari (hisob-kitobini), askariyaning qishloq va g’alloti, qishloqlar xarojoti, sarkoru amloklar tahqiqi va hisobi, askariya yarog’u aslaha daftari»ni taalluq qilgan ekan.
SARKOR — xon amloklarining boshlig’i; xonga tegishli ishxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga boshchilik qilardi.
QUSHBEGI(mirishkor) — xonga ov vaqtlarida qo’shilardi. Uning ovchi itlari, lochinlari va ov vaqtida istirohat ishlariga javobgar edi.
SALOMOG’ASI— xon nomidan xalqqa salom beruvchi.
KITOBDOR — saroy kutubxonasining mudiri.
RISOLACHI— devondagi vazifalardan bo’lib, elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berardi.
MIRZABOSHI— mirzolarning boshlig’i Muhammad Yunus shig’ovul mirzoboshi etib tayinlanganida, quyidagi salohiyatlarni ham qo’lga kiritgan edi: «(Alimquli) Do’satga mehtarlik, ya’ni, zakotchilik sarposi, Muhammad Ibrohimga (u mirzoboshi edi. — SH. V.) inoqlik sarposi, Tursun Muhammadga sarkorlik, ya’ni, nikohona, tarakona va kema ijaralarini oluvchining sarposi, Mirzo G’afurga sarrofona, ya’ni, zarb urg’uchilar boshlig’ining sarposini berib, alarni mushofihat (og’eaki. — SH. V.) kaminaga tobe’ bo’lunglar, deb amr qildilar» (4).

Bu ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, ba’zan amaldorning vazifalari sohibining salohiyati, aqlu zakovati va sadoqatiga qarab o’zgarar ekan.


SARMUNSHI — munshilarning sardori (boshlig’i).
FAYZI — bu unvonning (?) amali va vazifasini hozircha aniqlay olmadik. Qo’qon manbalaridan «Muntahab ut-tavorix» asarida hamda Tojirning «G’aroyibi sipoh» asarida bu istiloh uchraydi. Masalan, Muhammad Hakimxon quyidagi ma’lumotni keltirgan: «Jahongirxojaro ba amali fayzigi sarafrozi baxshid va Sayid G’ozixojaro niz ba amali fayzi sarafroz kard» (Jahongirxo’jani va Sayid G’ozixo’jani fayziliq amali bilan sarafroz etdi).
JAM’OG’A — xonning suhbati, qabuli va bazmlariga ishtirok etadigan kishilarni chaqirib (jam’ qilib) kelardi.
JARCHI (boshi) — xalq yig’iladigan joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar solib e’lon qilardi.
JIBACHI — jiba yasovchi (Buxoroda IV darajali mansabdor).
CHOPQUCHI— pichoq yasovchi; xon va saroydagilar uchun qurollar yasab, qo’rchi vazifasini ham ijro etardi.
SHOTIR — xonning rikobi oldidan yurib, odamlarni xon kelishidan xabardor etib, ularni ta’zimga chorlovchi.
UDAYCHI — xon rikobi oldidan yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan maqtovli so’zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi.
MEHTAR — xon otxonasining boshlig’i hamda zakotchi. Zakotxona mehtari zakot uchun aholidan eng yaxshi otlarni olardi. Miroxur vazifasi ham shunga yaqin, lekin u
faqat otxonaga va otlarga javobgar edi.
MIROB— ariq va suv oqsoqoli. Xonlikda bu amal harbiylarga «tanho» sifatida berilardi. Bunday harbiylar hujjatlarda «javoni jo’ydor» (arig’i bor askar), «yovari jo’ydor» (arig’i bor yovar) sifatida qayd etilgan.
FARROSHBOSHI — saroy xizmatchilarining sardori.
DORUG’ABOSHI — bu amaldor hosilni yig’ib olishdan oldin xiroj miqdorini aniqlardi. Zakotchilarning boshlig’i.
XIX asrning 70-yillarida Qo’qonda bo’lgan Aleksandr Kun ma’lumotiga qaraganda, qushbegidan quyida bo’lgan mansabdorlar xon qabuliga kira olmay, uning ahli rikob (uzangi ahli) qatoriga kirmaganlar.

Bu mansabdorlardan ba’zilarining yillik daromadi quyidagicha bo’lgan:


Inoq — xonlikda uch kishi bu mansabga sohib bo’lib, har birlari 1000 tangadan; zakotxona mehtari — 500 tanga; jarchiboshi — 300 tanga; mirzoboshi, munshi, miroxur 200 tangadan olardilar. Otaliq — 2000 tanga; parvonachi — 1500 tanga; dodxoh 1000 tanga; eshikog’asi — 500 tanga; jibachi esa 70 tanga olardilar.

III. DINIY MANSAB VA UNVONLAR


SHAYX UL-ISLOM — dindorlarning eng oliy unvonlaridan bo’lib, Umarxon tomonidan 1818 yili joriy etildi. Birinchi shayx ul- islom Ma’sumxon to’ra bo’lgan. Keyinchalik Zokirxo’ja eshon, Sulaymonxo’ja eshonlarning bu unvonga sohib bo’lganliklari ma’lumdir.
XOJAI KALON — fiqh olimining faxriy unvoni.
XALIFA — o’rinbosar. Qo’qonda naqshbandiya, qalandariya, jahriya tariqatlarining rahbarlari. Mashhur xalifalardan Muhammad Karim, Domullo Safo, Hazrati Sohibzoda (Miyon Xalil Sohib), Hazrati Eshonxo’jani tilga olish mumkindir.
A’LAM— faqih olim va shariat qoidalarining bilimdoni.
OXUND — bilimli va madrasada ta’lim olgan kishi.
SUDUR — vaqf mulklarining daromadlariga va hisob-kitobiga javobgar kishi.
O’ROQ— vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul kishi.
NAQIB — oqsoqol, olim faqihlarning yordamchilari.
MUDARRIS — madrasa ustozi. Xon tomonidan tayinlanib, yillik maosh olardi. Ba’zan xon farmoni bilan mudarrisga «tarxon» ham berilardi.
IMOM va imom-xatib — masjid imomi va jum’a namozlarda xutba o’qib, amri ma’ruf qiladigan alloma.
IMOMI JILAV — safar va yurishlar paytida xon va rikob ahliga xizmat qiladigan imom.
MUAZZIN — musulmonlarni besh marotaba namozga chaqiruvchi; azon aytuvchi.
SO’FI JILAV— yurish va safarlarda xizmat qiladigay shaxs.
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish