birikib, bitta tezisni ifodalasa, 3- va 4- misralari ham o ‘zaro birikib
bitta sintez (xulosa)ni ifodalaydi. N atijada u T + T + S + S
shaklida namoyon bo‘ladi:
Bozordagi shoyidan
T
Sizga olib beram an.
T
Q o‘ynimdagi yorimdan
S
Ayrilganda o ‘laman.
S
Ikkinchi kompozitsion tipdagi to ‘rtlikning
birinchi satri alohida
poetik tezis holatida bo'lsa, ikkinchi satr shu tezisni q o ‘llovchi yoki
kuchaytiruvchi yordam chi tezis holatida b o ‘ladi. U chinchi misra
antitezis xarakterini olsa, to ‘rtinchi satr sintezlik vazifasini ado etadi,
natijada to ‘rtlik T + T + A + S shaklidagi qurilmaga aylanadi:
Olov yog‘sin yog1 bilan,
T
Bag‘rim kuysin dog1 bilan.
T
0 ‘ynam adim, kulmadim,
A
Ko‘nglim suygan yor bilan.
S
U chinchi kompozitsion tipdagi to ‘rtlikning birinchi satri tezis,
ikkinchi satri sintez, uchinchi satri tezis va to ‘rtinchi
satri sintez
tizim ida namoyon bo'ladi. T o ‘rtlik esa T + S + T + S shaklidagi
tuzilm a tusini oladi:
Oy em asm an, kun em asm an,
T
K unda-kunda chiqqani.
S
Chashmayi buloq em asm an,
T
Eshigingdan oqqani.
S
T o‘rtinchi kompozitsion tipdagi to ‘rtlikning birinchi satridagi tabiat
hodisasi haqidagi tezis ikkinchi va uchinchi satrlarda real voqelikka
daxldor tezislar bilan
kuchaytirilib, to ‘rtinchi misrada xulosalanadi.
ya’ni sintez qilinib, T + T + T + S shaklidagi tuzilm a hosil
qilinadi:
G ‘o ‘zadagi pechakday,
T
Qayrilm achoq gajakday,
T
Ochilgan
gul chechakday,
T
Qayn egachisiga salom.
S
Xalq q o 'sh iq larining
ik k in c h i kom pozitsion sa th i
b ir nech a
m azm unan yaqin to ‘rtlik larn ing m antiq an o 'z a ro birikib, lirik
v o q eab an dlik kasb etish i negizida hosil b o ‘lad i. U n i z a n jirli
kompozitsion sath ham deyish mumkin.
Xalq orasida keng tarqalgan
va zavq-u shavq bilan kuylanib kelinayotgan «Sunbula». «Olma
pishganda keling», «Oq ilon, oppoq ilon», «Beqasam to 'n la r kiyib»,
«D aryodan oqib kelodi» va «Q arg‘alar» singari lirik q o 'sh iq lar
voqeabandligi tufayli shu xildagi zanjirli kompozitsion sathga ega.
0 ‘zbek xalq q o ‘shiqlarini kuzatganda zanjirli kompozitsion sathda
qurilganlari ham ikki ichki tipga egaligi ko‘zga tashlanadi.
Birinchisi — handlardan keyin naqarot band yoki satming takroriy
kelishi asosidagi zanjirli kompozitsion tip.
Buning yorqin misoli sifatida
« G ‘a y ro -g ‘ayro» q o ‘shig‘ini ko‘rsatish m um kin. U nda h a r bir
to ‘rtlikdan sokng:
G ‘ayro-g‘ayro dam -badam ,
O rom i jonim sen mening,
Shirin
zabonim sen m ening, —
satrlaridan iborat uchlik (musallas) band naqarot shaklida takrorlanib,
butun qo‘shiqning ritm ik-kom pozitsion yaxlitligini ta'm inlagan.
Ikkinchisi — savol-javob yoki muloqot negizida qurilgan zanjirli
kompozitsion tip.
Bunga «Yor, nim alar devdim sizga?», «Boshginam
og‘riydi», «qoshingni qaro deydilar» kabi aytishuv xarakteridagi
laparlar yorqin misol bo‘la oladi. C hunonchi, «Boshginam og‘riydi»
q o ‘shig‘i ona va qizning savol va javoblari zamirida qurilgan:
— O najon, ona!
Boshginam og‘riydi.
— Boshginangdan onang aylansin,
N im alarga og‘riydi?
— Bozorlarda bo‘lar ekan,
Zargarlarda tu ra r ekan.
U ni (ng)
oti tillaqosh,
0 ‘shanga og‘riydi.
Xalq q o ‘shiqlarining aksariyat to ‘rtlik shakllari kom pozitsion
jih atd an parallelizm negizida qurilganligi bilan e ’tibom i tortadi.
H odisalarni bir-biriga taqqoslash zam irida kom pozitsion-estetik
vazifani bajarib, o ‘z mohiyatini ochadigan bunday tasviriy vosita
xalq q o ‘shiqlarida xilma-xil m azm unga ega. M ana, uning ayrim
nam unalari:
Download
Do'stlaringiz bilan baham: