Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


bet28/108
Sana15.06.2022
Hajmi
#674106
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Bog'liq
Oxunjon Safarov [uzsmart.uz]

pazandachilik\\\
ifoda etuvchi nam unalar ham bor. C hunonchi, taom larim iz sultoni 
sanaluvchi palov ta ’rifidagi m ana bu qo‘shiq ham on el og'zidan


D am la palovni, dam esin,
Tortgin olovni, dam esin,
Bepu] 
odam\ar
g‘am esin,
Tekin desa-shalg‘am esin.
N im cha guruchdan osh bo'lur,
Q ozonga solsam -chosh b o ‘lur.
M ehm onni ko'ngli xush b o ‘lur,
Vaqosiz ko‘rsa- tush bo‘lur.
Suvni soling shildiratib,
Kapgir uring shaqirlatib.
C hindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Q o‘shiqda 
palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga 
ko‘tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugra, 
sho'rva, piyova, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan 
bog'Iiq kechinm alam i ifodalagan q o ‘shiqlarhali-hanuz uchrab turadi. 
Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha yetib kelgan. Keyingi vaqtlarda 
m eh nat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi 
natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o'zgarishlar yuz bermoqda 
yoki muayyan m ehnat turi batam om yo'qolib bonnoqda. Natijada 
o ‘tm ishda ular bilan bog‘liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo'shiqlari 
h am unutilib, yo‘qoIib bormoqda. Binobarin, mehnat qo'shiqlarini 
to'plash va ularga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta 
ilmiy-amaliy ahamiyatga molik masaladir.
L irik q o ‘shiqlar. X alq q o 'sh iq la ri xazinasining asosini lirik 
nam unalar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan yuksakligi, an ’anaviyligi, 
om m a o ‘rtasida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi. Lirik 
qo'shiqlarda lirik «men» um um iylik kasb etib, turm ushni o ‘ziga xos 
poetiklashtiradi.
Lirika so‘zi «lira» deb nomlanuvchi cholg‘u asbobining nom idan 
kelib chiqqan. Lira cholg‘u asbobining nomi esa, «semitcha k in n o r- 
cinnor» so‘zidan paydo bo‘lgan. U afsonaviy Dovud payg‘ambaming 
zam ondoshi bo'lgan semitlar shohi Kinir bilan bog‘liq. Qadimda lira 
chalib kuylash diniy marosimlaming tarkibiy qismi hisoblangan. Yunon 
mifologiyasida keltirilishicha, lirani birinchi m arta jahon daraxtining 
analogi va m arhum lar ruhini u dunyoga kuzatib boruvchi temirchilar 
ilohi G erm es yasab, sigirlari evaziga Appolonga tortiq qilgan emish. 
Lirik q o ‘shiqlar, odatda, biror-bir muzika asbobi jo ‘rligida ijro etishga


moslashgan. Bunda cholg‘u asbobi ilhom chaqiruvchi vosita sanaladi.
Ommaviy janr bo‘Igan lirik qo‘shiqlaming asosiy mazmunini ishq- 
muhabbat motivlari. insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini 
tasvirlash tashkil etadi. Jum ladan, oshiqning m a’shuqaga dil izhori 
yoki sevib sevilmagan oshiq yoki m a’shuqaning dil o ‘rtanishlari, 
muhabbatni baxtsizlik tom on olib boradigan feodal munosabatlaridan 
n o r o z ilik , tu r m u s h d a n n o lis h , x o tin la r n in g q iy in a h v o li, 
adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish, visol onlariga 
intiqlik, hijron kulfatlari, yorni sog‘inish, uning yo‘liga intizorlik 
kayfiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turm ushga intilish 
g‘oyalari lirik q o ‘shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik q o ‘shiqlarda sevgi-m uhabbat c h u q u r iztiroblarga olib 
keladigan, qiyinchiliklar tu g ‘diradigan davosiz, lekin qutlug4 dard 
sifatida ta ’riflanadi. Lirik q o ‘shiqlarda boshga ishq tushganida 
insonning qanday ruhiy vaziyatlarga tushishi, qalbidan qanaqa o‘y- 
kechinm alar kechishi. yorni kutish m anzaralari. u bilan qayerlarda, 
qanday uchrashish h o latlari, uchrashuv ch o g ‘idagi g ‘ayritabiiy 
harakatlari, ko‘z-u qoshning, yuzning bu paytdagi ko'rinishlari 
o ‘ziga xos tarzda shunday t a ’riflab va tavsiflab keltiriladiki, uni 
tinglagan har bir kishi qalbida chuqur hayajon va iliqlik paydo 
bo'lm ay iloji yolq.
Ayrim lirik qo'shiqlarda ayriliqdan, yorning bevafoligidan, shum
to le’dan shikoyat qilinadi. Ko‘pincha bunday q o ‘shiqlar yigitlar va 
qizlar tilidan kuylanadi. U larda yordan yodgor b o ‘lib qolgan uzuk, 
ro ‘m olcha kabi buyumlar tilga olinib, shu orqali yorni qo‘msash, 
o ‘tgan shukuhli onlarni xotirlab o ‘rtanish, judolik sabablaridan nolish 
motivlari ifoda etiladi.
Lirik qo‘shiqlar bir kishi yoki bir necha kishi tom onidan ijro 
etiladi. Ko‘pincha mustaqil to ‘rtliklar shaklida uchraydi. U ning eng 
muhim tomoni shundaki, real voqelikni shaxsning (lirik qahramonning) 
subyektiv kechinmalari orqali aks ettiradi va faqat kuylash uchun 
yaratiladi. Kishi qalbida tug‘i!gan his-tuyg‘ularni muayyan obrazlar 
va p red m e tla r tasviri o rq ali badiiy ifoda etish jih a tid a n epik 
poeziyadan farq qiladi.
Lirik qo‘shiqlaming asosini dardli mazmun, dono fikr va maftunkor 
musiqaviylik tashkil etadi. Og‘zaki lirik q o ‘shiqlardagi kechinm alar 
umumiylik kasb etishi, ko'pchilikning kechinm alarini ifodalab kelishi 
jihatidan yozma adabiyotdagi lirik she’rlardan farq etib turadi.


Lirik qo'shiqlar professional ijroga moslanmagan. Ularni istagan 
shaxs istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Shu xususiyatiga 
ko‘ra lirik qo‘shiqlar mustaqil ja n r sifatida tan olinadi. Lekin lirik 
qo‘shiqlami, odatda, m atnni yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli 
ovozga ega bo‘lgan kishilar xalq o ‘rtasida kuylashi odat tusiga kirgan. 
Bunday shaxslar xalq orasida qo‘shiqchi, ashulachi, hofiz yoki g'azalxon 
deb yuritiladi. Biroq bundan lirik qo‘shiqlaming ijrosi professional 
ijrochilar bilan bog‘liq degan qat'iy fikrga kelib bo‘lmaydi.
Lirik q o ‘shiqlar maishiy vaziyat, marosim yoki biror joy bilan 
bog‘liq b o lm a g a n i bois ko‘pincha vazifadoshligi jihatidan ularda 
ko‘chish hodisasi yuz beradi. Bu esa, bu janrning uzoq muddat 
davomida mavjudligini belgilaydi.
Lirik q o ‘shiqlarning badiiyati boy va rang-barangdir. U larda turli 
badiiy—tasviriy vositalar, ifoda usullari, tu rg ‘un ram zlar, go‘zal 
tashbehlar serob. U lar o ‘z badiiyatiga ko‘ra, epik yoki marosim 
poeziyasidan farqlanib turadi. Bu esa, lirik q o ‘shiqlarda shaxsiy 
kechinm alarni jo nli va aniq ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqan.
Parallelizmlar xalq lirik qo‘shiqlarining badiiy-kompozitsion asosini 
tashkil etadi. U lar q o ‘shiqni hayotga yaqinlashtirish bilan asosiy 
g‘oyani tashuvchi so‘nggi misralardagi fikrni tushunish, his etib olish 
uchun kayfiyat tu g ‘diradi. M uvoziy (parallel) obraz m azm un va 
shaklda 
uyg‘un k e la d i-d a , zid tu sh u n c h a la r, h o la tla rn i lirik 
qahram onning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari orqali tasvirlashga 
im kon beradi:
Bug‘doy soldim tegirm onning do'liga,
Ikki ko‘zim oshiq yoming yo‘lida.
Borib ayting oshiq yom ing o ‘ziga,
Kirmagay d o ‘st bilan dushm an so‘ziga.
Sirtdan qaraganda, tegirm on d o ‘liga bug‘doy solishning keyingi 
satrlardagi fikrlarga aloqasi yo‘qday. Lekin lirik qahram on shu xizmat 
bilan band b o ‘la turib, xayolan m a ’shuqasini eslarkan, nogoh uning 
«do‘st» bilan 
dushm an so‘zi»ni farqlamay, ahdidan qaytishidan 
ruhan ezilayotgani ifodalanadi. Bunda tegirm on do'liga solingan 
bug‘doyning yanchilib maydalanishi holati oshiqning m a ’shuqasini 
o ‘ylab, fikrining parokanda b o ‘lib ketishi ham da m a’naviy-ruhiy 
ezilishi holatiga m uvoziy keltirilgan:
Lirik q o ‘shiqlarda qahram onning ruhiy kechinm alari turm ush, 
tabiat va uning m anzaralari. hodisalari bilan uyg‘unlashib, qo‘shiqni


ta ’sirli, jonii va hayajonli qiladi. Tabiat obrazi nisbatan tu rg ‘un 
bo‘lgani uchun unga qiyos qilingan qahram on holatlarini yorqin 
gavdalantiradi.
Lirik qo‘shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy m azm unini ochib 
berishda o ‘ziga xos kalit vazifasini o ‘taydi. Ularda o ‘simliklar, gullar 
va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog‘liq tarzda ibtidoiy 
insonning totem istik tasaw u r—tushunchalari negizida turli ramziy 
obrazlarga duch kelish mumkin. O lm a, tol, behi, shaftoli, bodom , 
qizil va oq gul, g‘oz, o ‘rdak, kaptar, ot, chum oli va hokazolar 
m ana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
Aytaylik, shulardan birgina olma ramziy obrazining tarixiy ildiziga 
nazar solinsa, quyidagi manzarani kuzatish mumkin. Olma nafaqat 
lirik qo‘shiqlarda, balki xalq ertaklari va dostonlarida ham m uhim
badiiy unsur vazifasini bajarib keladi. C h u n o n c h i, M am ad a li 
N e’matovdan yozib olingan «G o‘ro‘g‘lining tu g ‘ilishi» dostonida 
G o ‘ro‘g‘lining onasi ariqda oqqan olm ani yeb hom ilador b o ‘lgani 
sababli gunohkor sanalib, go‘rga eltib tashlanadi. U shu yerda farzand 
ko‘radi, o ‘g‘li G o ‘ro‘g‘li nomini oladi. «Tohir va Zuhra» dostoni 
hamda «Zar kokilli yigit», «Xurshid bilan Laylo» ertaklarida sehrgar 
bergan olmalar yeyilgach, ular farzand ko‘rishsa, «Oltin olma» ertagida 
oltin olmalar farzandlar bo‘lib chiqadi. Ko‘rinayotirki, o ‘zbek xalq 
ijodida olma farzand ramzi sifatida keng tarqalgan, har gal farzandtalab 
ota-onaga biror sehrgar yoki qalandar sovg‘a qilgan olma yeilgach, 
zurriyod dunyoga keladi. Bu motiv q o ‘shiqda shunday ifodalanadi: 
Bozorga borsangiz yo‘lingiz b o ‘lg‘ay,
Bir to ‘qqiz olmaga q o ‘yningiz to ‘lg‘ay.
A wal savdongiz q o ‘lro ‘mol b o ‘lg‘ay,
Q o‘lro‘mol bo‘lmasa-savdongiz qurg‘ay.
T o‘rtlikda «bozor, olma, qo‘lro‘mol» — ramziy badiiy obrazlar 
bo'lib, «bozor»- sevgi munosabatlarini reallashtiruvchi semantik m a’no 
tashisa, «qo‘lro‘mol» — oila tim solini anglatadi. D em ak, sevib- 
sevilganda qo‘lro‘molga ega bo‘lish mumkin, shunda «to‘qqiz olmaga»
— to ‘qqiz farzandga «Qo‘yinni to ‘Idirish» im koni tug‘iladi. «Bozor»da 
shu «savdo» pishmasa, demakki, sevib-sevilish sodir bo‘lmasa, barcha 
urinishlar bekor «qurg‘ay».
Xalq qo‘shiqlarida «olma otish»detali ham ko‘p qo‘llanuvchi ramziy 
m a’noga ega. Etnograf G.P.Snesarev Xorazmda olib borgan kuzatishlari 
jarayonida «Qizil gul sayli»da yoshlar olma otish asosida yor tanlashganini,


hatto ramazonning ikkinchi kunida bo‘y yetgan yigit-qizlar o‘rtasida 
«olma otish» marosimi o‘tkazilajagi haqidagi m a’lumotlami keltiradiki, 
bunday marosimning badiiy tasviri «Masturaxon» eitagida ham uchraydi. 
Jum ladan, quyidagi to ‘rtlikda qizning otasi sevmaganiga majburan 
uzatganidan norOzilik tuyg‘usi shunday ifodalanadi:
O lm a deb otgan otam ,
Behi deb sotgan otam.
Sevmaganimga berib,
Jabrini tortgan otam.
T o ‘rtlikda m uhtojiikdan yosh qizini oltin - «behi»ga pullab, 
so‘ng pushaymon qilgan ota iztiroblari tasvirlangan.
Xalq qo‘shiqlarida 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish